Aytsam, bahor yashar ekan kuz uchun, YAshayapsiz boldek shirin so‘z uchun,  Navoiy ham otdan tushgan siz uchun, Millatimiz qarog‘isiz, ustozlar, Ma’rifatning chirog‘isiz, ustozlar.   Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filialida 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan “Nurli yo‘limsiz, aziz ustozim” deb nomlangan tadbir o‘tkazildi.  Ustozlik maqomi – oliy saodatga ega insonlar mehnati bugun jamiyatimizda ulug‘lanmoqda. Tadbir davomida ustozlar sha’niga aytilgan tabriklarga jajji qizaloqlarimiz Fotima va Zuxraning raqslari, 1-bosqich talabasi SHaharibova Dildoraning ko‘ngillarga jo bo‘lgan dilbar qo‘shig‘i, 3-bosqich talabasi Tursunali Ermatovning go‘zal taronasi va O‘rozova Nozimaning raqslari, xalqaro maqom tanlovlari ishtirokchisi Ozodbek Abdumutalibovning betakror ovozi bayramona ohang bag‘ishladi. Milliy mazmunga yo‘g‘rilgan tadbir barchaga go‘zal kayfiyat bag‘ishladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan