AXBOROT RESURS MARKAZI

Axborot-resurs markazi mudirasi

Abdullayeva Mazifat Saidumarovna

Qabul kunlari: Chorshanba, Shanba  soat 1300– 1500

Telefon: (+99899) 825-55-16

E-mail:abdullayeva-ms@mail.ru

Umumiy ma’lumotlar

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti  Olmaliq filiali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning  2017 yilda 27 iyulda PQ 3153 qaroriga asosan tashkil topdi. Olmaliq filiali Axborot-resurs markazi “Konchilik ishi va metallurgiya”,“Energetika va mashinasozlik” fakultetlariga quyidagi bo‘limlar asosida faoliyat ko‘rsatadi.

  • Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot (davriy nashrlar) bo‘limi
  • Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi
  • Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi
  • Elektron axborot resurslari bo‘limi

Hozirgi kunda ARMda 8 nafar xodim xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Shulardan:

  • 4 nafar oliy ma’lumotli mutaxassis
  • 2 nafar o‘rta ma’lumotli mutaxassis
  • 2 nafar o‘rta ma’lumotli nomutaxassis xodimlar xizmat ko‘rsatadi.

Hozirgi kunda ARM ning jami fondi  17806 donani tashkil etadi.

             Shundan:

  • Darsliklar -5563 dona
  • O‘quv qo‘llanmalar -7632 dona.
  • Badiiy adabiyotlar -496 dona
  • Boshqa turdagi adabiyotlar -4115 dona
  • Lotin grafikasida3571 dona
  • O‘zbek kiril grafikasida -5665 dona
  • Rus tilida -8570 donani tashkil etadi.
  • Kitobxonlarga o‘quv yili davomida 75650 dona kitob tarqatilgan

Axborot–resurs markazi  2017-2018 o‘quv yillarda 820 dona yangi adabiyotlar bilan to‘ldirildi.

Shundan:

  • Darsliklar -40 dona.
  • O‘quv qo‘llanmalar -300 dona .
  • Badiiy adabiyotlar-334 dona.
  • Ijtimoiy va siyosiy adabiyotlar -146 donani tashkil etadi.
  • ARMda 3666 dona elektron shakldagi adabiyotlar mavjud.

Axborot resurs markazi  faoliyatida  yangi  axborot texnologiyalaridan   foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. Hozirgi kunda axborot resurslari orasida Elektron  kutubxona xizmatiga talab ortib bormoqda.Elektron adabiyotlar zaxirasi filial professor- o‘qituvchilari tomonidan ma’ruza matnlari, tajriba ishlari,uslubiy qo‘llanmalar,internetdan yuklab olingan  adabiyotlar  hamda boshqa turdosh oliy o‘quv yurtlaridan  olib kelingan elektron darslik va multimediyalar hisobiga boyitib boriladi.