Axborot texnologiyalari markazi boshlig’i

 

Manshurov Sherzod To’ychiboyevich

 Qabul kunlari: Seshanba, Chorshanba, Payshanba    soat 1400 – 1600

 Telefon: (+99894) 630-35-81

 E-mail: manshurov_sh@umail.uz

Markazning maqsadi

  •  ToshDTU Olmaliq filiali o‘quv, ilmiy, ma’muriy va xo‘jalik xizmati jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish.
  •  ToshDTU Olmaliq filialining ma’muriy boshqaruvi, ilmiy tadqiqot faoliyati va o‘quv jarayonini axborotlashtirish jarayonlardagi muammolarni hal etish.
  •  ToshDTU Olmaliq filiali axborot-kommunikatsiya infra tuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.
  •  ToshDTU Olmaliq filialiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalarini sotib olish bo’yicha takliflar kiritish, joriy etish, foydalanish, loyihalashtirish hamda rivojlantirish bo’yicha ishlarni tashkil etish.

Markazning vazifalari

Quyidagilar markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • ToshDTU Olmaliq filialida tarmoq administratorligi va tarmoqqa kirishni nazorat qilish, universitet rasmiy veb-sayti, serverlari, axborot resurslari xavfsizligini va doimiy ish faoliyatida bo’lishligini ta’minlash.
  • ToshDTU Olmaliq filiali ko‘p darajali telekommunikatsion tarmoqlari hamda texnik vositalari xavfsizligini va sifatli ishlashini ta’minlash, shuningdek monitoringini yuritib borish.
  • O’quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha Moodle-masofaviy o’qitish tizimi va multimediali ta’lim resurslarini texnik jihatdan qo’llab-quvvatlash.
  • ToshDTU Olmaliq filiali tarkibiy bo’linmalarini multimedia vositalari va texnika vositalari bilan jihozlash, sotib olish bo’yicha takliflar kiritish.
  • ToshDTU Olmaliq filiali texnik vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va sozlash, markazlashgan dasturiy ta’minot bilan ta’minlanishini tashkil etish.
  • ToshDTU Olmaliq filialida foydalaniladigan texnik vositalari modernizatsiya qilish ishlarini tashkil etish.
  • ToshDTU Olmaliq filialida axborot tizimlari va tarmoq foydalanuvchilariga kirish huquqini belgilash.
  • ToshDTU Olmaliq filialida axborotlashtirish va texnik vositalar bilan bog‘liq tovar va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxona, tashkilotlar bilan shartnomalarni o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirish va shartnomalar tuzishda ekspert sifatida ishtirok etish.
  • ToshDTU Olmaliq filialida yagona axborot xavfsizligi siyosatini yuritish.
  • ToshDTU Olmaliq filialida boshqarishni avtomatlashtirish bo’yicha mahalliy va chet el tajribalarini o’rganib borish.
  • ToshDTU Olmaliq filialida tarmoq va tarmoq qurilmalari xavfsizligini va doimiy ishchi holatda bo‘lishini nazorat qilish.
  • ToshDTU Olmaliq filialida apparat va dasturiy ta’minot tizimlarini o’rnatish, sozlash va boshqarish ishlarini yuritish.
  • ToshDTU Olmaliq filialida tashkil etiladigan tadbirlarni kompyuter texnikasi vositalari yordamida qo’llab-quvvatlash ishlarini tashkil qilish.