Abduraxmonov Soyibjon Abduraxmonovich 1945 yil 8 aprelda Andijon viloyati SHaxrixon tumaniga qarashli “Axmadbek” qishlog‘ida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma’lumoti oliy.

Umumiy mehnat staji 58 yil.

       1961-1966 yy. Toshkent politexnika institutining Kon-metallurgiya fakulteti “Rangli metallar metallurgiyasi” mutaxassisligi talabasi, 1967- 1970 yy. Toshkent politexnika institutining aspiranti bo‘lgan. 1971-1973 yy ToshPIning “Rangli metallar metallurgiyasi” kafedrasida assistenti bo‘lib ishlagan. 1972 yilda “Oqava suvlar tarkibidagi simobni ionli flotatsiya usulida ajratib olish” mavzusida fan nomzodligi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli ximoya qildi. Toshkent politexnika institutida 1973-1976 yy. katta o‘qituvchi, 1976-1977 yy. dotsenit bo‘lib ishlagan. SHu yillar orasida sobiq ittifoq respublikalarida mavjud bo‘lgan turdosh kafedralar (jami 30 ga yaqin) bilan ijodiy aloqa o‘rnatgan. 1977-1987 yy.Toshkent politexnika instituti “Rangli metallar metallurgiyasi” kafedrasi mudiri, 1987-1994 yy.-   ToshPI “Rangli metallar metallurgiyasi” kafedrasi dotsenti, 1994-1995 yy.   Toshkent davlat texnika universiteti Tog‘-geologiya markazi “Foydali qazilmalarni boyitish” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan. 1995-2000 yy.  Navoiy Davlat konchilik instituti “Metallurgiya va foydali qazilmalarni boyitish” kafedrasi dotsenti, kon-metallurgiya fakulteti dekani, 2000-2002 yy.Toshkent davlat texnika universiteti, kon-geologiya fakulteti dekani, 2002-2004 yy. Navoiy davlat konchilik instituti  kimyo-metallurgiya fakulteti dekani, 2004 – 2010 yy. NavDKI Olmaliq KMF “Metallurgiya” kafedrasi mudiri, 2010 – 2014 yy  NavDKI Olmaliq

KMF “Metallurgiya va kimyo texnologiya” kafedrasi professori, 2014 – 2017 yy      NavDKI Olmaliq KMF “Metallurgiya va kimyoviy texnologiya” kafedrasi mudiri, 2017 – 2018 yy. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali “Energetika va mashinasozlik” fakulteti “Metallurgiya” kafedrasi mudiri bo‘lib ishlagan. Hozirgi kunda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali “Metallurgiya” kafedrasi professori bo‘lib ishlab kelmoqda.

       Institut raxbariyati va shaxsan S.Abduraxmonovning sa’yi harakati bilan 1996-1997 yillarda NKMKga qarashli tashkilotlardan o‘nlab yangi zamonaviy yarim sanoat miqyosida ilmiy tajribalar olib borishni ta’minlay oluvchi jihozlar institutga keltirildi va o‘rnatilib ishga tushirildi. “O‘zbekiston konchilik xabarnomasi” ilmiy-texnik jurnalini tashkil qilishda va shakllanishida ma’lum darajada o‘z xissasini qo‘shdi. 1997 yildan buyon jurnalning tahririyat a’zosi. Filial kutubxonasini darsliklar bilan to‘ldirishda jonbozlik ko‘rsatdi.

U raxbarlik, tashkiliy ishlar va o‘quv jarayonlarini yaxshilash bilan bir qatorda, ilmiy ishlarini rivojlantirib 1997 yilning 19-dekabrida NDKIning doktorlik dissertatsiyalarini ximoya qilish bo‘yicha ixtisoslashgan kengashida ilmiy ishini muvaffaqiyatli ximoya qildi. SHuni aytish kerakki, bu O‘zbekistonda, metallurgiya soxasi bo‘yicha bajarilgan birinchi doktorlik ximoyasi edi. SHuningdek  2000 yilda S.A. Abduraxmonov professorlik ilmiy unvonini oldi.

S.A. Abduraxmonov ish faoliyati davomida mingdan ortiq injener, bakalavr va magistrlar tayyorlashda faol qatnashdi. Uning raxbarligida 7 ta nomzodlik, 1 ta doktorlik dissertatsiyalari ximoya qilindi, o‘nlab dissertatsiyalarga opponentlik qildi.

Professor Soyibjon Abduraxmonovich oliy o‘quv yurti talabalari uchun “Gidrometallurgiya jarayonlari nazariyasi va dastgoxlari” nomli darslik, 20 dan ortiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar, Ruscha-inglizcha metallurgiya terminlarining o‘zbekcha izohli lug‘ati, 250 ga yaqin ilmiy maqolalar jumladan, 3 ta monografiya, 22 ta mualliflik guvohnomasi va patentlar muallifidir.

Navoiy davlat konchilik instituti, Toshkent kimyo texnologiya instituti va Olmaota shahridagi “Metallurgiya va boyitish” ilmiy tekshirish institutlari qoshidagi dissertatsiyalarni himoya qilish ihtisoslashgan ilmiy kengashlari a’zosi hamda O‘zbekiston Oliy attestatsiya qo‘mitasining ekspertlar kengashi a’zosi bo‘lgan.

S.A.Abduraxmonov ish faoliyati davomida xalol, fidokorona, tashabbuskorlik bilan qilgan mehnatlari uchun 1997 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra “SHuxrat” medali, ikkinchi va uchinchi darajali “Konchilik shuxrati” ko‘krak nishoni, hamda viloyat, tuman, shaxar va institutning bir necha bor faxriy yorliqlari bilan mukofotlangan.

Abduraxmonovning ilmiy-tadqiqotlarini quyidagi yo‘nalishlarga ajratish mumkin:

  1. 1967-1970 y. ruda xomashyolari tarkibidagi oltinni amalgamatsiya usulida ajratib olish.
  2. 1970-1973 y. Xaydarkon simob zavodi oqava suvlari tarkibidagi simobni ionli flotatsiya usuli bilan ajratib olish.
  3. 1974-1976 y. Qavurdoq selistin rudasini qayta ishlash texnologiyasini tadqiqot etish.
  4. 1977-1981 y. Qadamjoy ruda va boyitmalardan surma, hamda uning tuzlarini ajratib olish texnologiyasini takomillashtirish.
  5. 1982-1986 y. Ikkilamchi xomashyolardan nodir metallarni ajratib olish muammolari.
  6. 1987-1992 y. Qizilqum yonuvchi slanetslaridan foydali moddalarni to‘liq ajratib olish texnologiyasini yaratish.

 

SHakarov Berkin SHakarovich

Berkin SHakarov 1937 yil 7 fevralda Samarqand viloyati G‘alla-orol tumani Qo‘ytosh qishlog‘ida tug‘ilgan. 1954 yil shu qishloqdagi 4-sonli o‘rta maktabni tamomlaganva O‘rta Osiyo politexnika instituti, “Konchilik” fakulteti talabalar safiga qabul qilingan. 1959 yil iyul oyida mazkur institutni tamomlab, “Foydali qazilma konlarini qazib olish” mutaxassisligi bo‘yicha kon injeneri diplomini olgan. 1959  yil 23 sentyabrdan boshlab Buxoro viloyati, Navoiy shaxridagi №3 pochta qutisi korxonasida yo‘llanma asosida,avvalo ochiq kon ishlarida burg‘ulovchibo‘lib ish faoliyatini boshlagan, keyinchalik ishlab chiqarish-texnik bo‘limida injener lavozimida ishladi.1960 yil avgust oyidan  Buxoro viloyati Tomdi tumani Uchquduq shaxarchasi №11pochta qutisi korxonasi, 7-kon (rudnik) kon ustasi lavozimiga tayinlandi.1963  yil yanvar oyida Buxoro viloyati, Navoiy shaxar komsomol komitetining 1-kotibi qilib saylandi.1965 yil iyun oyida Buxoro viloyati Zarafshon shaxri №20 pochta qutisi korxonasining Muruntov tajriba kareri boshlig‘i lavozimiga  tayinlanadi.1965 yil oktyabr oyidan boshlab №20 pochta qutisi korxonasida “Texnika xavfsizligi” bo‘limi boshlig‘i, keyinchalik ishlab chiqarish texnik bo‘limi etakchi injeneri bo‘lib ishladi.1967 yil yanvaridan boshlab   Muruntov karerida kon ishlarini boshlashga tayyorgarlik ishlari bilan shug‘ullandi. SHunday qilib,1-portlatish ishlari Muruntov karerida  Berkin  SHakarov rahbarligida 1967 yil 5 martda amalga oshirildi.1968 yil 30yanvarda  Buxoro viloyati Navoiy shaxar  partiya komitetining 2-kotibi qilib saylandi va 1973 yil aprel oyigacha  ishladi.1973 yil aprel oyidan  1975 yil sentyabr oyigacha Buxoro viloyati Navoiy shaxar xalq deputatlari Kengashi ijroya komiteti raisi  lavozimida  ishladi.1975 yil 1 sentyabrdan Moskvada  bo‘lib ish faoliyatini boshlagan partiya markaziy komiteti qoshidagi ijtimoiy fanlar akademiyasi, “Partiya qurilish” kafedrasi aspiranturasida o‘qidi va 1978 yil iyun oyida nomzodlik dissertatsiyasini  yoqladi. 1978 yil avgust oyidan 1981 yil iyun oyigacha Buxoro viloyati Buxoro shaxar xalq deputatlari kengashi ijroi komiteti raisi  lavozimida  ishladi.

1981 yil iyul oyidan boshlab O‘zbekistonda   partiya markaziy komiteti, o‘quv muassalari va fan bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishladi. U 1982 yil iyul oyidan  1984 yil may oyigacha Jizzax viloyati partiyakomitetining kotibi lavozimidaishladi.1984 yil may oyidan 1991 yil sentyabr oyigacha O‘rta Osiyo pediatriya tibbiyot institutida  “Partiya tarixiy” kafedrasi mudiri lavozimida ishladi. SHu vaqt mobaynida doktorlik dissertatsiyasini ximoya qildi va 1991 yil iyun oyida tarix fanlari doktori diplomini oldi.1991 yil sentyabr oyidan 1999 yilgacha Jizzax viloyatida Toshkent Politexnika instituti qoshidagi injener- texnik xodimlarni malakasini oshirish instituti Marjonbuloq filiali direktori, G‘alla-orol tumani Qo‘ytosh koni direktori, Marjonbuloq oltin qazib olish konining bosh muxandisi lavozimlarida ishladi.1999 yil yanvar oyidan boshlab Toshkent viloyati Olmaliq  kon-metallurgiya kombinatida avvalo kombinat boshqarmasida texnika xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, 1999 yil iyundan 2007 yil 1 oktyabrgacha Qolmoqir koni bosh muxandisi lavozimida ishladi. Qalmoqir koni bosh muxandisi sifatida konning rivojlanishiga katta xissa qo‘shdi. Uning boshchiligida burg‘ulash portlatish ishlari samadorligini oshirishda katta ijobiy o‘zgarishlar, temir-yo‘l transportidan foydalanish, ekskavatorlarning to‘xtab turish holati miqdorini kamaytirish bo‘yicha ishlari rivojlantirildi.2007 yil1 oktyabrdan 2015 yil 1 avgustgacha o‘z faoliyatini Olmaliq kon-metallurgiya kombinat boshqarmasi konchilik ishlari bo‘limida 1-darajali tog‘ injeneri lavozimida davom ettirdi.

SHu vaqt ichida  Qolmoqir va Sari-CHo‘qqi karerini modernizatsiyalash loyixalarining texnologik qismlari ishlab chiqildi va uning ishtirokida amalga oshirildi. Buning natijasida Qolmoqir koni yillik ishlab chiqarish quvvati 26,5 mln. tonnadan 30 mln. tonnagacha ko‘paydi. Sari-cho‘qqi kareri yillik ishlab chiqarish quvvati 1 mln. tonna rudaga oshdi.

2015 yil 18 sentyabrdan bugungacha  Navoiy davlat konchilik instituti Olmaliq kon-metallurgiya  fakulteti “Konchilik ishi” kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Berkin SHakarov 4 o‘g‘ilning otasi va 5 nafar nevaraning suyukli bobosi.