ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI DEREKTORI

SAMADOV ALISHER USMANOVICH

Qabul vaqti: Seshanba: 15.00-17.00 Payshanba: 15.00-17.00

Telefon:  +998(70) 613-81-92

E-mail: alishersamadov@umail.uz

 Tug’ilgan vaqti va joyi: 02.11.1966 yil, Samarqand viloyati Paxtachi tumani

O’quv muassasasi, tugatgan yili: Toshkent davlat texnika universitati, 1992 yil

Ilmiy darajasi,  unvoni (berilgan yili): texnika fanlari doktori, 2017 y.

Dissertatsiya himoyasi (mavzusi, ixtisosligi, himoya vaqti, ixtisoslashgan kengash): 

“Qimmatbaho metallarni o’zgaruvchan ishlab chiqarish sharoitida qayta ishlash texnologik jarayonini boshqarish”    05. 13. 07 —Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va ishlab chiqarish 1997 yil, Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi D 067.07.01.

“Kon-metallurgiya sanoatida hosil bo’lgan texnogen mahsulotlarni qayta ishlashga kompleks yondashishning o’ziga xos xususiyatlari” 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish 2017 yil.

Ilmiy-tadqiqot ishlari doirasi.

Oltin, kumush, temir va kremniy ikki oksidini ajratib olish usullarini ishlab chiqish orqali, metallurgiya sohasida rangli, qimmatbaho va qora metall ishlab chiqarishni ko‘paytirishni ta’minlovchi kon-metallurgiya korxonalari texnogen mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqishdan, kon-metallurgiya korxonalari texnogen mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarning tahlilini ta’minlashga qaratilgan.

Ilmiy, ilmiy-tashkiliy va pedagogik faoliyati bilan bog’liq boshqa biografik ma’lumotlar

1982-1983 yy. – Samarqand viloyati Paxtachi tumani «Kommunizm» kolxozi kolxozchisi;

1983-1984 yy. – Samarqand viloyati Qishloq qurilish boshqarmasi suvoqchisi;

984-1986 yy. – Muddatli harbiy xizmatda;

1986-1987 yy. – Samarqand viloyati Qishloq qurilish boshqarmasi suvoqchisi;

1987-1992 yy. – Toshkent politexnika instituti talabasi;

1992-1995 yy. – Toshkent davlat texnika universiteti aspiranti;

1996-1998 yy. – Toshkent shahri Iqtisodiyot va ishlab-chiqarish kuchlarini rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi;

1998-2006 yy. –“Fonon” ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi 1-sex tayyorlash bo‘limi va texnologik byurosi muhandis-metallurgi, 1-son sex boshlig‘i o‘rinbosari, bosh metallurgi;

2006-2012 yy. –“Fonon” ilmiy ishlab-chiqarish davlat korxonasi ishlab-chiqarish bo‘yicha direktori;

2012-2013 yy. – Toshkent davlat texnika universiteti metallurgiya kafedrasi dotsenti;

2013-2016 yy. – Toshkent davlat texnika universiteti magistratura bo‘limi boshlig‘i;

2016-2017 yy. – Toshkent davlat texnika universiteti metallurgiya kafedrasi dotsenti;

2017-h.v.  – Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali direktori.