The site is running in test mode

Almalyk branch of the Islam Karimov Tashkent State Technical University
Mar 31, 2020

Xalq deputatlari Olmaliq shahar kengashi deputati, I.Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali direktori, texnika fanlari doktori Alisher Samadovning Olmaliq shahri aholisiga

M U R O J A A T I.

Assalomu alaykum, hurmatli hamshaharlar, aziz talabalar, o‘quvchilar va shahrimiz faollari!

Bugungi sinovli kunlarda barchangizga sog‘liq tilagan holda ayrim fikrlarimni sizlar bilan bo‘lishmoqchiman. Bugun mamlakatimiz, jonajon shahrimiz aholisi koronavirus infektsiyasi bilan bog‘liq favqulodda holatni boshidan kechirmoqda. Hozirgi holatdan tezroq va betalofat chiqib ketish uchun muhtaram prezidentimiz, hukumat  vakillari,  viloyatimiz va shahrimizning rahbarlari hamda faollari astoydil harakat qilmoqdalar.

Bunga javoban Siz, aziz hamshaharlar bilan birgalikda karantin talablarini to‘liq bajarsak va boshqalarni ham bu talablarga amal qilishga chaqirsak, da’vat etsak hududimizga so‘roqsiz kirgan balodan hamjihatlikda tez kunlarda qutulamiz. Borligingiz va borlig‘ingiz bilan DUNYOni asraguvchisiz, HAZRATI INSON! Dunyo bir qalqib turgan paytda BIRLASHAYLIK, JIPSLASHAYLIK. 

Koronavirus infektsiyasi va xastalikka chalingan bemorlarni davolashda jonbozlik ko‘rsatayotgan tibbiyot xodimlariga, oldini olishga va tarqalib ketmasligi uchun fidokorona xizmat qilayotgan sanitariya epedimologiya, ichki ishlar, yo‘l harakati xavfsizligi va qator mutasaddi tashkilot vakillariga RAHMAT! Sizu bizni o‘ylab jonini xatarga qo‘yib ishlashmoqda.

Shu o‘rinda vatanparvar tadbirkorlarga ham minnatdochilik bildirmoqchiman. Sizlarning xayru-ehsonlaringiz, yetkazib berayotgan kundalik xarid mahsulotlaringiz ko‘pchilikning joniga oro kirmoqda. Lekin, afsuslar bo‘lsinki, ayrim qo‘shtirnoq ichidagi “xalqparvar tadbirkorlar” ushbu vaziyatda o‘z foydalariga ishlamoqdalar. Bularga qarata “Uyat, Uyat” deging keladi odamning. Bu kunlar o‘tib ketadi inshaolloh. Ertaga xalqning ko‘ziga qanday qaraysiz, qanday qilib bir davrada o‘tirasiz, bir dasturxondan ovqat yeysiz? 

AZIZ YURTDOSHLAR, HAMSHAHARLAR, KELING BIRGALIKDA, O‘ZIMIZNING, FARZANDLARIMIZNING, YAQINLARIMIZNING SOG‘LIGI UCHUN, OMONLIGI UCHUN  KARANTIN SHARTLARIGA AMAL QILAYLIK VA BU OFATDAN QUTULISHGA O‘Z HISSAMIZNI QO‘SHAYLIK!

Barchangizga sog‘lik-salomatlik va yorug‘ kunlarni birgalikda ko‘rish nasib qilishini tilayman.