The site is running in test mode

Almalyk branch of the Islam Karimov Tashkent State Technical University
Apr 10, 2020

SIRTQI VA KECHKI BO‘LIMI

 

Bo‘lim boshlig’i: Mo‘minov Vaxobiddin Usan o‘g‘li

Qabul vaqti: 9.00 dan 15.00 gacha

Telefon: (97) 774-90-24

E-mail: vmuminov90@mail.ru

 

Sirtqi va kechki bo‘lim faoliyati va vazifalari.

Sirtqi bo`lim Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali boshqaruv tuzilmasining tarkibiy bo`linmasi bo`lib, uning faoliyati bakalavriat ta`lim yo`nalishlari bo`yicha talabalarni o`qitish, ta`lim - tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg`unlashgan holda olib boruvchi tuzilma xisoblanadi. Bo`lim O`zbekiston Respublikasining Qonunlari, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining buyruqlari, farmoyishlari, filial direktori buyruqlari, farmoyishlari hamda filial Ustavi xamda ichki tartib va qoidalari asosida faoliyat olib boradi.

Sirtqi bo`limda bo`lim boshlig`i va 1 nafar uslubchi faoliyat olib boradi.

Sirtqi bo`limning vazifalari:

-sirtqi ta`limni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish;

-talabalarning malakaviy amaliyotlarini tashkil qilish bo`yicha ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzish;

-o`qitishning yangi texnologiyalari tatbiq qilinishini va talabalar o`zlashtirishi nazorat qilinishini ta`minlash;

-talabalarning bitiruv malakaviy ishlari mavzularini muvofiqlashtirish va tasdiqlash;

-talabalar bilan o`quv va tarbiyaviy ishlar olib borish samaradorligini oshirish choralarini ko`rish;

-mehnat muhofazasi, texnika va yongin xavfsizligi bo`yicha tadbirlarni, bo`lim xodimlarining ichki tartib va mehnat intizomi qoidalariga rioya qilishini tashkil etish;

-o`quv jarayonini ta`minlaydigan professor-o`qituvchilarning o`quv-metodik, ilmiy ishlarini rejalashtirish, tashkil etish va muvofiqlashtirish;

-oliy ta`lim muassasasi Kengashi majlislarida, rektoratda, fakultet va kafedralarda sirtqi ta`lim manfaatlarini himoya qilish va amalga oshirish;

-talabalarning kurs ishi va bitiruv malakaviy ishlariga rahbarlik qilish uchun sirtqi ta`limda o`quv jarayonini ta`minlaydigan professor-o`qituvchilarni taqsimlash;

-sirtqi bo`limning oliy ta`lim muassasasining boshqa tuzilmalari bilan o`zaro aloqasini ta`minlash va boshqalar.

SIRTQI BO‘LIM BAKALAVRIAT YO‘NALISHLARI:

5310300 – Metallurgiya

5311600 –Konchilik ishi

5312200-Konchilik elektr mexanikasi

5320200- Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish

5320300- Texnologik mashina va jihozlar

BO‘LIM TALABALARI

Talablar 2019/2020 o‘quv yilida fakultetda 1,2,3-kurs talablari kontingenti:

  1. kurs – 211 nafar,
  2. kurs  - 101 nafar,
  3. kurs – 81 nafar

Bo‘lim bo‘yicha jami talabalar soni – kunduzgi – 393 nafar

Toshkent viloyati Olmaliq shaxri, M.Ulug‘bek ko‘chasi, 45 uy (Bosh bino)