The site is running in test mode

Almalyk branch of the Islam Karimov Tashkent State Technical University
Apr 11, 2020

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi

 

Описание: 3

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘lim boshlig‘i: 
Boltayev Olmos Najmiddinovich

Qabul kunlari: Chorshanba, Shanba  soat 1300– 1500

Telefon: (+99893) 380-18-05

E-mail: boss.olmos@mail.ru


Описание: C:\Users\User\Desktop\Муносибов Ш.М\3x4.jpg

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘lim menejeri:
Munosibov Shoxruh Muhiddin o’g’li

Telefon: (+99893) 505-94-00

E-mail: munosibovshokhrukh@gmail.com

 


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi «Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3698-sonli qarori bilan belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 5 iyuldagi 594-sonli buyrug‘iga ilova sifatida tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasasining ilmiy-innovatsion ishlanmalarini tijoratlashtirish bo‘limi to‘g‘risida”gi Namunaviy nizomiga asosan Ilmiy Kengashining 2018 yil 3 sentyabrdagi 1-son bayonnomasi bilan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi tuzildi hamda Filial huzurida innovatsion jamg‘arma tashkil etildi.

Filial direktorining 2019 yil 1 maydagi 01/9-17-67 sonli buyrug‘i bilan bo‘lim boshlig‘i lavozimiga O.N.Boltaev, filial direktorining 2019 yil 20 apreldagi 01/9-17-61 sonli buyrug‘i bilan SH.M.Munosibov bo‘lim menejeri hisoblanadi.


Bo‘limning asosiy maqsadi, vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari

  • Filial professor-o‘qituvchilariga xamda muassasaga tegishli qonuniy ilmiy-innovatsion ishlanmalarini tijoratlashtirish:
  • bozorni tizimli ravishda tahlil qilish va innovatsion mahsulot (ish, xizmat)larga bo‘lgan talabni o‘rganish, o‘zini qoplash muddatini, rentabellik va innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirish bilan bog‘liq xatarlarni baholash;
  • yuqori tijorat salohiyatiga ega va amalga oshirishga tayyor bo‘lgan, o‘zlashtirish uchun istiqbolli loyihalarni tanlab olish;
  • innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun investorlar, sheriklar va boshqa manfaatdor shaxslarni jalb qilish;
  • yangi texnologiyalarni joriy qilish va innovatsion mahsulotlarni ishlab chiqarish maqsadida sanoat korxonalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish.