The site is running in test mode

Almalyk branch of the Islam Karimov Tashkent State Technical University
Oct 13, 2020

    “Yoshlikda olingan bilim toshga o‘yilgan naqshdir”

Test sinovlarida o‘z bilimini namoyon etib, eng yuqori natija ko‘rsatgan yoshlar oliy ta’lim muassasalarida ham muvaffaqiyatli ta’lim olib, malakali mutaxassis bo‘lib etishishlari shubhasiz.  “Yoshlikda olingan bilim - toshga o‘yilgan naqsh” deya xalqimiz bejizga aytmagan. Bilim salohiyati yuqori yoshlar maktabning, oliygohning, har bir oilaning faxr-u iftixoridir. Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali direktori A.Samadov tashabbusi bilan filialga eng yuqori ball bilan talabalikka qabul qilingan yoshlar ta’lim olgan shahrimizdagi 1-. 8-, 18- maktablarda uchrashuv tadbirlari tashkil etildi. Universitet professor-o‘qituvchilar jamoasi nomidan filial direktori bilimli, izlanuvchan,maqsadli yoshlarga ta’lim-tarbiya berishdagi sharafli, mas’uliyatli mehnati uchun maktab jamoalariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini topshirdi. Shahar hokimi o‘rinbosari S.Ahmedov mashaqqatli kasb egalari - o‘qituvchi-murabbiylarga yosh avlodni tarbiyalashdagi fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, Piskent tumanidagi 28-maktab, Buxoro shahridagi 17-maktab hamda Dang‘ara tumanidagi 29-maktab jamoalariga ham TDTU Olmaliq filiali rahbariyatining tashakkurnomalari yuborildi. 12 oktyabrda 1-kursga qabul qilingan talabalar uchun boshlanadigan tanishuv darslarida eng yuqori ball to‘plagan talabalarning ota-onalari uchun ham filial rahmatnomalari topshiriladi.

 

 

Behzod Xabibullaev,

TDTU Olmaliq filiali yoshlar etakchisi.