Flat Preloader Icon Loading...

Faoliyat sarhisobi

photo 2023 07 07 16 14 56

Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali direktorining “Filial kafedralarining 2022-2023-o’quv yili bo’yicha yillik hisoboti to’g’risida”gi buyrug’iga asosan filialning Konchilik ishi, Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar hamda Energetika va mashinasozlik fakultetlarida hisobotlar tinglandi.

 Filial kafedralarining 2022-2023-o’quv yili kuzgi va bahorgi semestrlari bo’yicha professor-o’qituvchilarning shaxsiy ish rejasining bajarilishi to’g’risidagi hisobotlari joriy yil 4-5-6 iyul kunlari bo’lib o’tdi.

Joriy yil 4-iyul kuni Konchilik ishi fakulteti rahbariyati hamda Konchilik ishi, Konchilik elektr mexanikasi, O’zbek tili adabiyoti hamda Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedralarining professor-o’qituvchilari hisobotlari eshitilgan bo’lsa, 5-iyul kuni Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetidagi Metallurgiya, Kimyoviy texnologiya, Kimyo va fizika hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralarining professor-o’qituvchilari hisobotlarini taqdim etishdi.

6-iyul kuni Energetika va mashinasozlik fakulteti rahbariyati hamda «Mashinasozlik texnologiyasi», «Texnologik mashina va jihozlar», «Elektr texnika va elektr mexanikasi» hamda «Matematika va informatika» kafedralarining professor-o’qituvchilari hisobotlari tinglandi.

Scroll to Top