Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali jamoalari o‘rtasida «Filial kubogi» uchun   «Zakovat» intellektual o‘yinining 1-turniri boshlandi. Intellektual o‘yinda 1-bosqich talabalaridan iborat 13 ta guruh ishtirok etdi. Jamoalarga  jami 15 ta savol  berildi. Savollar  mantiqiy mazmunga ega, “Nima? Qaerda? Qachon?” o‘yinlarining xalqaro standartlariga javob beradigan ko‘rinishda bo‘ldi. 1-turnirda 1-bosqich talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan dastlabki o‘yinda energetika va mashinasozlik fakulteti 7a-19MT guruhi “Nobel” komandasi eng yuqori ball bilan peshqadamlik qilmoqda (guruh rahbari O‘rozova R.T.)

Turnir 2 bosqichda o‘tkaziladi: 1-davra – saralash bosqichi (oktyabr – noyabr oralig‘ida); 2-davra – yakuniy final bosqichi (dekabr oyida).

 Intellektual turnir yakunida ishtirok etgan barcha jamoalarga maxsus sertifikatlar topshiriladi.

 Har bir turda g‘olib bo‘lgan jamoalar diplom va estalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.

Turnir yakunida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoa a’zolariga diplom topshiriladi va ular uchun Samarqand viloyatidagi ichki turizm obektlariga bepul sayohat tashkillashtiriladi. Turnir yakunida ikkinchi va uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.  Final bosqichida chempion bo‘lgan jamoaga maxsus kubok topshiriladi.

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan