Bo‘lim boshlig‘i: Ibadlayev Server Ibadlayevich

Qabul vaqti: 8-00 dan 16-00 gacha.

Telefon: (+99893)  1871301.

E-mail: server.ibadlayev@mail.ru

    Ichki nazorat va monitoring bo‘limi haqida:

  1. Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali ichki nazorat va monitoring bo‘limi Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishi, o‘quv-ta’lim jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, O‘zbekiston Respublikasihukumatining oliy ta’lim sohasiga oidqarorlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlari va uslubiy ko‘rsatmalarining ijro etilishini, shuningdek, filial bo‘yicha ichki buyruqlar, qarorlar va ko‘rsatmalarning o‘z vaqtida bajarilishini nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil etiladi.
  2. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, «Ta’lim to‘g‘risida», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»giQonunlarga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon, farmoyish vaqarorlariga, Respublika hukumatining qarorlari, oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlariga muvofiq o‘z faoliyatini amalga oshiradi.
  3. Ichki nazorat va monitoring bo‘limi filialda Kadrlar tayyorlash milliy dasturinihayotga tadbiqetish monitoringini amalga oshiradi, shuningdek fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning o‘quv, o‘quv-uslubiy, ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy, ilmiy-tadqiqot, ijro etish intizomi, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hay’at qarorlari, vazirlik va filial bo‘yicha chiqarilgan buyruqlarning va ta’lim sohasidagi me’yoriy hujjatlarning bajarilishini nazorat qiladi.

Ichki nazorat va monitoring bo‘limining asosiy vazifalari:

  1. TDTU Olmaliq filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar mahkamasining oliy ta’limga oid me’yoriy-huquqiyhujjatlari, yuqori tashkilotlarningqaror va farmoyishlarini, vazirlikning Hay’at qarori, buyruq, yo‘riq xat, modemnoma va telefonnomalarini, shuningdek filialning ichki buyruqlarining bajarilish nazoratini ta’minlash va monitoringini olib borish hamda ularning bajarilishi haqidagi ma’lumotlarni vazirlikning Nazorat va monitoring boshqarmasiga hamda tegishli boshqarmalariga o‘z muddatida sifatli taqdim qilish;
  2. Oliy ta’limni boshqarish organlariga (vazirlik, rektorat, Ilmiy kengash) ta’limni isloh qilish va takomillashtirish bo‘yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlash;
  3. TDTU Olmaliq filialqaror va buyruqlarini ijrosini ta’minlash tizimini ishlab chiqish va amalga oshirish;
  4. TDTU Olmaliq filial professor-o‘qituvchilar tarkibining malakasini oshirish vaqayta tayyorlash sifatining ichki nazoratini tashkilqilish va o‘tkazish;
  5. Professor-o‘qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarining tadbiq etilishini amalga oshiradi.
  6. Xulosa, ko‘rsatilgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf qilishhamda mutasaddi xodimlarning o‘z xizmat lavozimlariga loyiqligi bo‘yicha aniqtakliflarni filial  rahbariyatiga taqdim etadi.
  7. TDTU Olmaliq filial va unga tegishli ta’lim muassasalarida (malaka oshirish instituti, litseylar va boshqalar) ta’lim standartlarigahamda ta’limga oid me’yoriyhujjatlarga amal qilinishini nazorat qilish;
  8. TDTU Olmaliq filialida va unga tegishli ta’lim muassasalarida bo‘ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish;
  9. O‘quv yurti faoliyatini o‘rganish bo‘yicha fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy bo‘linmalardan o‘z xizmat vazifalarini bajarish uchun keraklihujjatlarni talabqilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish;
  10. Kurs loyihasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni himoyaqilish, davlat attestatsiyalarining o‘tkazilishini, barcha turdagi nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni ko‘rib chiqish;
  11. Ichki nazorat monitoring bo‘limihuquqi doirasidagi masalalarni joylarda o‘rganish uchun belgilangan tartibda filialning malakali professor-o‘qituvchilarini jalbqilgan holda guruhlar tuzish.