Kushmanova Laylo Ubaydullayevna

 

Qabul vaqti: Seshanba: 15.00-17.00 Payshanba: 15.00-17.00

Telefon:(+99894) 219 73 23

E-mail:  kushmanova@umail.uz

UMUMIY KOIDALAR

1.1. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali Kengashi doimiy ravishda faoliyat yurituvchi oliy kollegial organi

1.2. Kengash o’z faoliyatida O’zbekistan Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, O’zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining hay’at qarorlari va buyruqlari, Oliy ta’lim to’g’risidagi Nizom, Nizomiy nomidagi filial Ustavi va ushbu Nizomga, shuningdek, boshka konun hujjatlariga tayanadi.

1.3. Kengash o’z ish faoliyatini qonuniylik, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oshkoralik, mustaqillik, masalalarni erkin muhokama qilish, kollegiallik va yakkaboshchilikning  uyg’unlashuvi, jamoa fikrini hisobga olish prinsiplari asosida amalga oshiradi.

1.4. Kengash ishini rejalashtirish, muhokamali masalalar materiallarini tayyorlash, majlislar o’tkazish va qarorlar qabul qilish, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilish va  ish yuritish tartibini belgilaydi.

1.5. Kengash Nizom buyicha Kengash tarkibiga quyidagilar kiradi: Direktor (rais), Direktor o’rinbosarlari (lavozimiga ko’ra), fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, tarkibiy bo’limlar  rahbarlari, professor-o’qituvchilar va boshqa manfaatdor idoralarning vakillari.

1.6. Kengash tarkibi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali direktorining buyrug’i bilan tasdiqlanadi.

Professor-o’qituvchilar tarkibidan Kengashga saylanuvchi a’zolarning soni direktorning buyrug’i bilan belgilanadi. Kengash tarkibiga filialning muayyan yo’nalish muammolari bo’yicha   ishlovchi, yirik olim va mutaxassislar kiritilishi mumkin.

Filial xodimlar tarkibida o’zgarishlar yuz berishi munosabati bilan direktor Kengash tarkibiga o’zgartirishlar kiritishi mumkin.

  1. KENGASHNING ASOSIY VAZIFALARI VA VAKOLATLARI

Kengash Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali faoliyati bilan bog’lik quyidagi muhim asosiy yo’nalishlarga oid:

  1. a) ta’lim tizimining barcha sohalari uchun malakali mutahasis kadrlarni tayyorlash buyicha o’quv, metodik, ilmiy va boshqa faoliyatni samarali tashkil etilishi masalalarini;
  2. b) shaxsning intellektual, madaniy va ma’naviy-axloqiy kamol topishiga bo’lgan extiyojlarini pedagogik ta’lim olish orqali qondirish, davlat va jamiyatning oliy pedagogik ma’lumotli  malakali mutaxassislar va oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish masalalarini;
  3. v) ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, fundamental va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bilan bog’lik masalalarni;
  4. g) filial tomonidan normativ-huquqiy xujjatlar, davlat dasturlari, yillik rejalar va OUMTV hay’ati qarorlari va buyruqlarining ijrosi masalalarini;
  5. d) ijro intizomini mustahkamlash, ularning o’z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun filial rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish masalalarini;
  6. e) mutahasis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarini;
  7. j) o’quv-uslubiy, ma’naviy va ma’rifiy, tarbiya va ilmiy tadqiqot ishlariga oid OO’MTVning tegishli normativ-huquqiy hujjatlari asosida amalga oshirilishi zarur bo’lgan masalalarni;
  8. z) filialga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bog’lik direktor, direktor o’rinbosarlari, shuningdek, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, bo’lim boshliqlarining hisobotlarini  eshitish masalalarini;
  9. i) direktor o’rinbosarlari, filial fakultetlari, kafedra va bo’limlar ish faoliyati tartibi va vakolatlari taqsimoti kabi masalalarni ko’rib chiqadi;
  10. k) O’zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 10 fevraldagi 20-son qaroriga binoan “Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish  tartibi to’g’risida”gi Nizomga muvofiq professor-o’qituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar o’tkazadi;
  11. l) professor, dosent ilmiy unvoniga talabgorlarning hujjatlarini o’rganib chiqadi va belgilangan tartibda OAKga ilmiy unvon olishga tavsiya etadi.

Kengash kollegial muhokama qilish talab etiladigan, filial vakolatiga taalluqli bo’lgan boshqa masalalarni ham muhokama etish huquqiga ega

III. KENGASH ISHINI REJALASHTIRISH VA TASHKIL ETISH

3.1. Kengash rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash

3.2. Kengash ish rejalari filial ish rejalarini inobatga olgan holda bir o’quv yili uchun tuziladi xamda Kengash a’zolari muhokamasidan so’ng, direktor tomonidan tasdiq

3.3. Ilmiy ishni rejalashtirish filialda rejalashtirishni tashkil etishning umumiy prinsiplari va talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Kengash majlislari, qoida tariqasida, har oyda bir marta o’tkaziladi.

3.4. Rejada Kengash muxokamasiga kiritilayotgan masalalarning aniq mazmuni, ularni ko’rib chiqish muddati, masalalarni tayyorlash uchun mas’ul Kengash a’zolari, Kengash majlis  qarori loyihasi va boshqa materiallarni ishlab chiqishga filial mas’ul tarkibiy tuzilmalari ko’rsatiladi.

3.2. Kengash ish rejasini tuzish tartibi

  1. a) direktor o’rinbosarlari, fakultet dekanlari, kafedra va bo’lim rahbarlari, boshqa manfaatdor idoralarning vakillari Kengash ish rejasi loyihasiga masalalarni kiritish uchun o’z takliflarini  har yili 1 iyungacha Kengash kotibiga belgilangan shaklda taqdim etadi;
  2. b) Kengash kotibi taqdim etilgan taklif va mulohazalarni umumlashtiradi, reja loyihasini tuzadi, direktor o’rinbosarlari bilan kelishilgan holda joriy yilning 15 iyunigacha filial direktoriga  taqdim etadi. Direktorning ko’rsatmalari asosida reja loyihasi Kengash kotibi tomonidan qayta ishlab chiqilib, Kengashning yangi o’quv yilidagi birinchi majlisiga muhokama uchun  kiritiladi;
  3. v) ish rejasining loyihasi Kengash majlisida muhokama qilib ma’qullangandan so’ng, filial direktori tomonidan tasdiqlanadi;
  4. g) Kengashning tasdiqlangan ish rejasini Kengash kotibi direktor o’rinbosarlari, fakultet dekani, kafedra va bo’lim rahbarlariga yuboradi, ular esa bir hafta muddat ichida o’z xodimlarini  ish rejasi bilan tanishtiradilar va ular tomonidan bajarilishi belgilangan tadbirlarni o’z vaqtida aniq ijro etilishi ustidan nazoratni ta’minlaydilar.

3.5. Kengash yoki uning raisi qarori bilan Kengashning tasdiqlangan rejasiga tuzatishlar kiritilishi, zarurat tug’ilganda esa navbatdan tashqari majlislar o’tkazilishi mumkin.

3.6. Kengash ish rejasiga kiritilgan masalalarni rejadan chiqarish yoki ko’rib chiqish muddatlarini o’zgartirish to’g’risidagi takliflar masala buyicha mas’ul bo’lgan shaxslarning    taqdimotiga ko’ra, Kengash majlisida ko’ Bunday holda masalani tayyorlashga mas’ul bo’lgan shaxs Kengashga asoslantirilgan tushuntirishni taqdim etishi lozim.

3.7. Kengash ish rejasi bajarilishi ustidan umumiy nazoratni Kengash raisi amalga oshiradi. Kengash kotibi o’quv yili yakunlariga ko’ra Kengash ish rejasining bajarilishi buyicha hisobot  tayyorlaydi.

3.8. Kengash kun tartibiga kiritilgan masalalarni har tomonlama va chuqur muhokama qilish uchun ko’rilayotgan masala bo’yicha javobgar shaxslar, barcha zaruriy material va  hujjatlarni majlisga 7 kun qolganda Kengash kotibiga yozma va elektron variantda taqdim etadilar.

3.9. Kengashda ko’rib chiqiladigan masalalar bo’yicha Kengash kotibiga qaror loyihalari va boshqa materiallar ushbu sohalarni boshqaruvchi filial direktor o’rinbosarlari tomonidan imzolangan holda taqdim etiladi.

3.10. Kengash majlisida hisobot shaklidagi masalalar ko’rilayotganda qaror loyihasiga bajarilgan ishlarga doir ma’lumotnoma hamda hisobot bo’yicha materiallar asosida tayyorlangan  slayd ilova qilinadi.

3.11. Kengashda muhokama qilinadigan o’quv-metodik va ilmiy-tadqiqot masalalari bo’yicha barcha materiallar dastlab tegishli ilmiy-uslubiy kengashlarda muhokama qilinadi.

3.12. Kengashda ko’riladigan masalani tayyorlashga mas’ul bo’lgan shaxs uning mazmunidan kelib chiqqan holda, ushbu masalaga taalluqli bo’lgan qonun va boshqa me’yoriy hujjatlarni  o’rganib chiqiladi.

3.13. Kengashda ko’rib chiqiladigan masalalar bo’yicha taqdim etiladigan Qaror loyihalari quyidagi talablarga javob berishi shart:

-qaror loyihasining asoslantiruvchi qismi aniq ifodalangan bo’lishi shart;

-qaror loyihasida takrorlanishlar oldini olish maqsadida mazkur masala buyicha oldin qabul qilingan qarorlar e’tiborga olinishi lozim;

-qaror loyihasi ijro etish muddatlari ko’rsatilgan holda ijrochilarga aniq topshiriqlar nazarda tutilgan qismlardan iborat bo’lishi shart;

-qaror loyihasida uning bajarilishini nazorat qiluvchi mas’ul shaxs ko’rsatilishi shart.

3.14. Kengashning avvalgi qabul qilingan qarorlariga o’zgartirishlar kiritish yoki uni bekor qilish zarurati vujudga kelsa, masalani tayyorlashga mas’ul bo’lgan shaxs Kengash raisiga   qaror bandining nomi, bayonnomaning tartib raqami va sanasi aniq ko’rsatilgan hamda qisqacha asoslangan tavsiyadan iborat bildirgi taqdim etadi.

3.15. Agar qaror loyihadan yoki boshqa hujjatlar bo’yicha kelishuv jarayonida masalani tayyorlashga mas’ul bo’lgan shaxs va boshqa manfaatdor shaxslar o’rtasida kelishmovchilik  yuzaga kelsa, bu holda manfaatdor tomon rahbari uning e’tirozi, taklif va mulohazalarini qisqacha asoslab, yozma ravishda qaror loyihasiga ilova q

3.16. Rejada ko’rsatilmagan masalalar Kengashda ko’rib chiqish uchun tashabbuskorning asoslantirilgan ma’lumotnomasi bo’yicha faqatgina Kengash raisining ruxsati bilan kun  tartibiga kiritiladi.

3.17. Kengashning navbatdagi majlisi kun tartibining oxirgi varianti Kengash raisi tomonidan belgilanadi va Kengash kotibi tomonidan tuziladi. Kengash kotibi kengash a’zolariga  navbatdagi Kengash kun tartibini shu kuni tarqatilishini ta’minlaydi.

  1. KENGASH MAJLISINI O’TKAZISH VA QAROR QABUL QILISH

4.1. Kengash kotibi belgilangan ish rejaga muvofiq materiallar tayyorlangandan so’ng, majlis kun tartibini tuzadi va Kengash raisiga tasdiqlash uchun taqdim etadi. Zarur hollarda,  Kengash raisi yopiq majlis o’tkazish haqida Kengashga qaror qabul qilish to’g’risida taklif kiritishi mumkin.

4.2. Kengash majlisi kun tartibi, o’tkaziladigan kuni, vaqti va joyi uning raisi tomonidan belgilanadi.

4.3. Kengash kotibi navbatdagi Kengash majlisining kun tartibini olgandan so’ng, ularning nusxasini ko’paytiradi va kengash a’zolariga yuboradi. Kun tartibini boshqa manzillarga  yuborish Kengash raisi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.

4.4. Kengash kotibi Kengash majlislari boshlanishidan oldin qatnashchilarni ruyxatga olishni tashkil etadi. Ruyxatga olish yakuni bilan Kengash raisiga Kengash a’zolari va taklif  etilganlarning ishtiroki haqida axborot beradi.

4.5. Kengashga taklif etilgan shaxslar ularga taalluqli masalalar yuzasidan bo’ladigan muhokamalarda maslahat ovozi huquqida qatnashadilar Kengash raisi (raislik etuvchi) ruxsati  bilan ular muzokaralarda qatnashishi, o’z e’tirozlari va takliflarini bildirishi, muhokama etilayotgan masalalar va tayyorlangan hujjat loyihalari bo’yicha ma’lumotlar taqdim etishi  mumkin.

4.5. Kengash raisi (raislik etuvchi) majlisni ochadi. Kengash a’zolarini majlisga taklif etilganlar bilan tanishtiradi, masalalar muhokamasini tashkil qiladi (so’z beradi, Reglamentga  rioya qilinishini kuzatadi, tayyorlangan hujjat loyihalarini, majlisda ko’rilayotgan masalalar bo’yicha

4.13. Ma’ruza va so’zga chiquvchilarning ma’ruza matnlari Kengash majlisi yakunlannshi bilan Kengash kotibiga topshiriladi.

  1. KENGASH QARORLARINING BAJARILISHINI NAZORAT QILISH

5.1. Kengash qarorlari ijrosi ustidan bevosita nazorat, ulardagi topshiriqlar mazmunidan kelib chiqib, ularni amalga oshirishga mas’ul etib belgilangan Kengash a’zolariga yuklatiladi,  shuningdek, joriy faoliyat davomida barcha