Flat Preloader Icon Loading...

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi

woman

Anorboyeva Noila Alisher qizi

Lavozimi : Bo‘lim boshlig‘i
Qabul vaqti : Ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha
Telefon : +99893-167-19-18

TDTUOF logo1
IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO‘LIMI VAZIFASI

О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi Qonuni va Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablariga muvofiq qо‘llab chiqilgan va unda iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash tartibi hamda ular bilan maqsadli ishlashning shakl va uslublari belgilangan.
Iqtidorli yoshlar – О‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyoti hamda uning jahon hamjamiyatida munosib о‘rin egallashini ta’minlovchi muhim omil va millat ziynati hisoblanadi.
Iqtidorli talabalar maxsus psixologik, pedagogik test о‘tkazish orqali aniqlanadi. Ular maqsadga intilish, qat’iylik va mehnatsevarlik kabi fazilatlari hamda ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish istagi bilan ajralib turadilar.
Iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va maqsadli tayyorlashning asosiy maqsadi – respublikaning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual elitani tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning aniq yо‘nalishlari bо‘yicha о‘z tabiiy qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, о‘zlaridagi noyob iste’dodni rо‘yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratishdir.

IQTIDORLI TALABALARNI MAQSADLI TAYYORLASH VAZIFALARI:

-iqtidorli talabalarning intellektual salohiyati chuqur bilim olishga va qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish;
-malakali professor – о‘qituvchilarni iqtidorli talabalar bilan individuval ishlashga jalb etish;
-ilm-fan taraqqiyotining ustuvor yо‘nalishlari buyicha ilmiy tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni keng jalb etish;
-iqtidorli talabalar bо‘yicha respublika banki va monitoringini shakllantirish;
-maxsus о‘quv dasturlari va progressiv pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish;
-buyurtmachilar talablarini qondiruvchi malakali, har tomonlama kamol topgan kadrlarni tayyorlash.

IQTIDORLI TALABALARNI IZLASH, ANIQLASH HAMDA ULAR FAOLIYATINING ASOSIY YО‘NALISHLARI

Oliy о‘quv yurtlarida iqtidorli talabalarni izlash о‘qishning dastlabki kunlaridan kasbga yо‘naltirish  ishlarini olib borish jarayonida amalga oshiriladi. Iqtidorli talabalar, boshlang‘ich bilimlar hisobga olingan holda, psixologik va pedagogik testlar о‘tkazish orqali qobiliyatning rivojlanganlik darajasiga qarab aniqdanadi. Aniqlangan iqtidorli talabani maqsadli tayyorlash quyidagi о‘quv-ijodiy, tarbiyaviy masalalar va yо‘nalishlardan iborat:
– kengaytirilgan о‘quv rejasi bо‘yicha о‘qish qо‘shimcha malakaga ega bо‘lish (tanlangan yо‘nalish bо‘yicha: chet tilidan tarjimon; EVM dasturchisi; kasb-hunar kolleji о‘qituvchisi va hokazo);
– maqsadli dastur bо‘yicha yakka tartibda (individuval) о‘qitish;
– chuqurlashtirilgan dastur bо‘yicha о‘qitish (fundamental fanlar; umumkasbiy fanlar: menejment, marketing, audit; huquqiy fanlar; ekologiya va boshqalar);
Buyurtmachilar talablariga asoslangan holda oliy о‘quv yurti iqtidorli talabalarning kasbiy yо‘nalishi, о‘quv-ijodiy va tarbiyaviy tayyorgarligining qо‘shimcha yо‘nalishlarini belgilashi va ta’lim xizmatlarini joriy etish mumkin.
Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorsh dasturlarida quyidagi omillar nazarda tutiladi:
-fanlarni yuqori darajada о‘zlashtirish;
-kompyuter bilimdonligi hamda programmalashtirish;
-chet tillaridan birini puxta egallash;
-kurs va bitiruv ishlarini hamda magistrlik dissertatsiyasini yozishda kompyuter va chet tilidan samarali foydalanish;
-ilmiy-ijodiy ishlarni bajarish jarayonida mustaqil fikrlash, yangi fikr va muloxazalarni bildirish, amalda tadbiq etish;
-soha bо‘yicha mustaqil bilim olishga yо‘naltirish va ilm-fan sohasidagi yangiliklarni tezkorlik bilan egallash xususiyatlarini shakllantirish;

IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLOVCHI RAHBAR VA PROFESSOR-О‘QITUVCHILARNI TANLASH

Iqtidorli talabalarga dars berishga ilmiy darajali va talabani maqsadli tayyorlash dasturi bо‘yicha yetarli bilimga ega bо‘lgan professor-о‘qituvchilar jalb etiladi.
Iqtidorli talabalarga ilmiy rahbar etib, ijodiy va uslubiy ishlash tajribasiga ega bо‘lgan, о‘quv-uslubiy va ilmiy faoliyati bо‘yicha reytingi yuqori bо‘lgan professor va dotsentlar tayinlanadi.
Iqtidorli talabalar ilmiy rahbarlarining asosiy vazifalari:
-iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash dasturini tuzish va uni amalga oshirishga rahbarlik qilish;
-iqtidorli talabalar bilan ishlash bо‘yicha yetakchi xorijiy davlatlardagi ilg‘or -tajribalarni о‘rganish va ularni о‘z fadliyatida qо‘llash;
-yangi pedagogik texnologiya, kompyuter texnologiyasi va videoaudio texnikalarini о‘quv jarayonida keng qо‘llash.
-maqsadli dasturni muvaffaqiyatli bajarayotgan iqtidorli talabalarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish bо‘yicha takliflar kiritish.

IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLASH BО‘LIMINING VAZIFALARI:

– iqtidorli talabalarni izlash va aniqlashni tashkil etish;
– ta’lim olayogan iqtidorli talabalarning intelektual salohiyatini muntazam ravishda aniqlab borish;
iqtidorli talabalarning moyilligiga qarab, ularni maqsadli tayyorlashni uyushtirish;
-chet tili va kompyuterni mukammal egallash maqsadida mashg‘ulotlarni tashkil etish;
-fundamental ilmiy-tadqiqot ishlariga, ilmiy tо‘garaklarga va mualliflik jamoalariga jalb qilishni uyushtirish;
-iqtidorli talabalarni ilmiy maqolalarini chop etishga, hamda ularning ilmiy ishlari va ilmiy ishlanmalarini amaliyotga joriy etishda kо‘maklashish;
-iqtidorli talabalarni respublika va halqaro miqyosda о‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda ishtirok etishini ta’minlash hamda xorijiy davlatlarga о‘qishga va stajirovkaga yuborishni tashkil etish;
-iqtidorli talabalar safidan О‘zbekiston Respublikasi davlat stipendiyalariga nomzodlarni maxsus tayyorlash;
-iqtidorli talabalarni ilm va fan arboblari, ishlab chiqarish korxonalarining rahbarlari va yirik mutaxassislari bilan uchrashuvlarini tashkil etish;
-iqtidorli talabalar uchun ixtisoslik bо‘yicha kasb о‘yinlarini tashkil etish;
-iqtidorli talabalar о‘rtasida muntazam ravishda sotsiologik tadqiqotlarni о‘tkazib turish;
-marketing tadqiqotlari, buyurtmachilar talablarini chuqur о‘rganish va tashkil qilayotgan ta’lim xizmatlari banki asosida iqtidorli talabalarga bozor konyukturasini belgilovchi fanlarni tanlashda yordam kо‘rsatish;
-zamonaviy axborot tizimidan foydalanishga shart-sharoitlar yaratish.

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.

Scroll to Top