Bo‘lim boshlig‘i: Soliqulova Umida Soliqul qizi 

Qabul vaqti: 8.00 dan 16.00   shanba: 8.00 dan 14.00 gacha.

Telefon: (894) 601-29-78

E-mail:umida.soliqulova@mail.ru

 

 

 

Bo‘lim to‘g‘risida umumiy ma’lumot

–  Kadrlar bo‘limi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining mustakil tarkibiy kismi hisoblanadi;

– Bo‘lim o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi konuni”ga, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga, Oliy ta’lim to‘g‘risidagi Nizom va filial Nizomiga xamda Mexnat Qonunchiligi me’yoriy hukukiy xujjatlariga, filial direktori buyruklariga, ko‘rsatmalariga, yo‘riknomalariga xamda mazkur Nizomga amal kiladi;

– Kadrlar bo‘limi filial va bo‘lim nomi yozilgan yumalok muxrga ega;

Yumaloq muxr kadrlar bo‘limi boshlig‘i yoki boshliq tomonidan mas’ul etib tayinlangan xodim ixtiyorida bo‘ladi;

– Bo‘lim boshlig‘i “professor-o‘qituvchilar bilan ishlash”, “Ma’muriy-xo‘jalik xodimlari bilan ishlash”, “O‘quv-yordamchi xodimlar bilan ishlash”, “Pensiyalarni rasmiylashtirish”, “Bakalavrlar bilan ishlash”, “Devonxona va arxiv”  tuzilmalari faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi;

– Bo‘lim bevosita filial direktoriga bo‘ysunadi.

Bo‘limning asosiy vazifalari

– Ishga olingan har bir xodim va professor-o‘qituvchilar o‘rtasidagi mehnat shartnomalari, xodimlarning mehnat daftarchalarini hamda faoliyatiga oid buyruqlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;

–  Filial professor-o‘qituvchilari, o‘quv-yordamchi va ma’muriy  xo‘jalik-xodimlarini o‘rnatilgan tartibda ishga olish, boshqa ishga o‘tkazish, vazifasidan ozod etish bo‘yicha buyruq loyihalarini tayyorlash;

– Professor-o‘qituvchi va xodimlarning ko‘nimsizligini taxlil qilish, xodimlar sifat tarkibini yaxshilash va ularni o‘rnashib qolish borasida olib boriladigan ishlar, foydalanish uchun ma’lumotlar, shuningdek faoliyatga oid boshqa ko‘rsatkichlarni o‘rganish;

– Filial professor-o‘qituvchilari hamda fakultet dekan va dekan o‘rinbosarlarini davlat attestatsiyasini tashkil etishda ko‘maklashish;

– Filial nomenklaturasiga kiruvchi xodimlar zaxirasini shakllantirish va undan foydalanish borasida rahbariyatga takliflar berish;

– Filial xodimlarini vazirlik va tarmok mukofotlari bilan takdirlash ishlarini tashkillashtirishda rahbariyatga taklif kiritish;

– Filialning bakalavriyat bosqichlari davlat ta’limi standartlari talablarini va o‘quv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan, malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarini davlat talablari va o‘quv rejasini to‘liq bajargan shaxslarga Davlat Attestatsiya komissiyasi Qarori asosida filial buyrug‘iga binoan davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplom, diplom ilovalari va ishchi xodimlarga shaxsni tasdiqlovchi guvohnomalar berish;

– O‘qishga qabul qilingan talabalarni shaxsiy hujjatlarini o‘rnatilgan tartibda qabul qilish,  rasmiylashtirish va ularni belgilangan muddatga kadar  saqlash;

– Bitiruvchi talabalarga diplom, diplom ilovalari va ishchi xodimlarning shaxsini tasdiqlovchi guvoxnomalarni o‘rnatilgan tartib-qoidalari, me’yoriy hujjatlar asosida rasmiylashtirish;

– Filial tomonidan berilgan ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjat (diplom,  diplom ilovalari va guvohnoma)lar bo‘yicha tegishli organlarning so‘rovnomalariga, shuningdek, filialning barcha xodimlari, talabalari to‘grisida hukuk-targibot organlari so‘rovnomalariga o‘rnatilgan tartibda javob yo‘llaydi;

– Filialning bakalavriyat, magistratura boskichlari davlat ta’limi standartlari va o‘kuv rejasida ko‘rsatilgan barcha fanlarni o‘zlashtirgan bitiruvchi va ularga davlat tomonidan tasdiklangan diplom, diplom ilovalari va ishchi xodimlarning shaxsini tasdiklovchi guvoxnomalar rasmiylashtirilganligi  yuzasidan axborot-taxliliy ma’lumotlar bankini yaratadi.

Kadrlar bo‘limi xodimlarining  vazifalari

– Kadrlar bo‘limi boshlig‘ining vazifalari:

– Direktor nomenklaturasiga kiradigan administrativ-boshqaruv, muhandis-texnik, o‘quv-yordamchi va ma’muriy-xo‘jalik xodimlari tarkibini filial rahbariyati bilan birgalikda  tanlash va mehnat qonunchiligi me’yorlariga asoslangan holda rasmiylashtirish;

– Direktor nomenklaturasiga qarashli filial xodimlarini ishga qabul qilish, boshqa doimiy ishga o‘tkazish va mehnat shartnomasini bekor kilishni o‘z vaqtida rasmiylashtirishni tashkil qilish, shuningdek  yuqori idora nomenklaturasiga kiruvchi xodimlarni mansablarga tasdiqlash uchun hujjatlarni taqdim  etish;

– Filial talabalari va xodimlarining shaxsiy hujjatlarni yuritilishini nazorat qilish;

– Belgilangan me’yoriy xujjatlar asosida filial xodimlarining statistik hamda shaxsiy hisobini nazorat qilish;

– Mehnat daftarchalarini  yuritilishini O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi talablariga rioya qilgan xolda hisobini olib borishni nazorat qilish;

– Kadrlar bo‘limi xodimlari va biriktirilgan devonxona va arxiv tuzilmalari ish faoliyatiga bevosita  raxbarlik kilish;

– SHtatlar jadvaliga binoan xodimlarni ishga olish, boshka doimiy ishga o‘tkazish, mehnat shartnomasini bekor kilishda mexnat konunchiligiga amal kilgan xolda echim kabul kilish;

– Xodimlarning mexnat intizomi va ichki mehnat qoidalari tartibiga rioya qilishlarini filial kasaba uyushmasi bilan birgalikda nazoratini tashkil etishda ishtirok qilish;

– Filial attestatsion komissiyalarining ishlarida qatnashish;

– Kadrlar zaxirasini tashkil qilishda qatnashish;

– Professor-o‘qituvchilar tanlovini tashkil qilish va bo‘sh lavozimlarni egallash uchun tanlovdan o‘tuvchi professor-o‘qituvchilar ro‘yxatini tayyorlash;

– Tarifikatsion komissiyada qatnashish va ilmiy-pedogogik stajga ko‘ra filial xodimlariga oylik maoshlarini belgilash bo‘yicha buyruk loyixalarini  tayyorlash, shuningdek, kasaba uyushmasi bilan birgalikda  filial xodimlari va ularning oilalariga nafaqalar belgilash uchun xujjatlar tayyorlash, ijtimoiy ta’minot organlariga ularni takdim etish;

– Filialda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarga guvohnoma  va ma’lumotnomalar berish (berish tartibini va unga mutasaddi shaxsni   direktor  belgilaydi).

Professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar bilan ishlovchi nazoratchilarning vazifalari

– Filial shaxsiy tarkibining xisobini olib borish;

– Filialga xodimlarni qabul qilinishi, bo‘shashi va boshqa ishga o‘tkazilishini rasmiylashtirish;

– Filial xodimlarining shaxsiy jildlarni belgilangan me’yoriy hujjatlar asosida rasmiylashtirish va yuritilishini nazorat kilish;

– Filial xodimlarining mexnat daftarchalarini to‘ldirish, xisobga olish va saklash, ularga o‘z vaktida o‘zgartirishlar kiritish;

– Filial xodimlarining mexnat ta’tili jadvallari xisobini mexnat qonunchiligi asosida tuzish;

– Xodimlarga mehnat faoliyati haqida ma’lumotnomalarni tayyorlash va taqdim etish;

– SHaxsni tasdiklovchi guvoxnomalar, ma’lumotnomalarni taqdim etish va ularni ro‘yxatga olish;

– Statistik xisobotlarni tayyorlash va takdim etish.

Talabalar bilan ishlovchi nazoratchilarning vazifalari

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim  vazirligi tomonidan tasdiqlangan me’yoriy hujjatlar, namunalar asosida talabalarning qabul qilinishi va o‘qitilishi bilan bog‘lik bo‘lgan birlamchi hujjatlarni yuritish;

– Belgilangan formalar bo‘yicha statistik hisobotni va filial ichki hisobotini tayyorlash;

– Akademik ma’lumotlarni o‘quv bo‘limi bilan birgalikda  tayyorlash va taqdim etish;

– Kayta tiklash, boshqa oliy o‘quv yurtiga o‘tkazish, mutaxassislikni o‘zgartirish,  sog‘ligi holatiga ko‘ra yoki oilaviy sharoitiga ko‘ra akademik ta’tillarni berish haqida buyruq loyihalarini tayyorlash;

– Boshka filiallarga o‘tkazilgan (rasmiy so‘rovnoma asosida) talabalarning shaxsiy hujjatlarini tayyorlash va yuborish;

– Yuqori tashkilotlarning rasmiy so‘rovnomalari asosida ma’lumotlar tayyorlash va ularni belgilangan tartibda taqdim etish.