KONCHILIK ISHI VA METALLURGIYA FAKULTETI

 

  Dekan:

 

Qabul kunlari: 

Telefon:

E-mail:

 

O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari :

 

Abdisattorov Davron Naziro’jaevich

Qabul kunlari: Seshanba, Chorshanba, Payshanba soat 1400 – 1600

Telefon: +93-392-90-19

E-mail: tdtudavron@edu.uz

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari:

 

Eronov Samariddin Qurbonnazarovich

Qabul kunlari: Seshanba, Chorshanba, Payshanba soat 1400 – 1600

Telefon: +94-428-98-80

E-mail: samarbekeronov@umail.uz

Uslubchi:

 

Subanova Zarnigor Abdinabi qizi

Telefon: 94-407-07-38

E-mail: subanova@umail.uz

  Dispecher: Boytemirova Gulchexra Tursunovna

 

Telefon: 94-401-68-52

E-mail: boytemirova@umail.uz

Ish yurituvchi:

 

Rashidova Mohinur Hazratqul qizi

Telefon: 93-617-82-90

E-mail: moxinur92@umail.uz

FAKULTET TARIXI

 1958-1961 yillar Toshkent politexnika institutining (ToshPI) Olmaliqda ochilgan maslahat maskaniga shahar reja qo‘mitasi raisi YU.S.Petrosov rahbar etib tayinlangan.

XX asrning 50-yillarida O‘zbekistonda yirik metallurgiya zavodlarining qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 60-yillarda ushbu rejani amalga oshirish ishlari boshlab yuboriladi. Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “O‘zbekoltin” birlashmasiga qarashli Chodak, Angren, Marjonbuloq oltin saralash fabrikalari, keyinroq esa Navoiy kon-metallurgiya kombinatlari qurildi. Bu davrda Bekobod metallurgiya zavodi, CHirchiq o‘tga chidamli va qiyin eruvchi metallar (volfram va molibden) ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kombinat faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Ushbu zavodlarda ishlash uchun mutaxassislar – injener metallurglar tayyorlash davr talabiga aylangan edi. Bu vazifa Toshkent politexnika instituti (Xozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) tarkibidagi Konchilik Fakultetiga yuklatiladi. Shu munosabat bilan 1961-yili Olmaliq shahrida kechki, 1962-yili Toshkentda kunduzgi bo‘limga “Rangli metallar metallurgiyasi” ixtisosligi bo‘yicha abiturientlar qabul qilinib, injener metallurglar tayyorlash boshlab yuboriladi. Fakultet dekani dots. U.A. Isomuxammedov, dekan o‘rinbosari  I.I.Inag‘amov bo‘lgan. Rahbariyatning “Oliy o‘quv yurtlari ishlab chiqarish korxonalariga yaqin joylarga ko‘chirilsin” degan buyrug‘iga binoan Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kon-metallurgiya Fakulteti 1963-yil sentyabrida Olmaliq shahriga ko‘chiriladi. Fakultet Olmaliqqa ko‘chirilgandan keyin U.A. Isomuxammedov o‘quv ishlar bo‘yicha prorektor lavozimiga o‘tkazilib, Olmaliqdagi fakultetga 1961 yil  A.P.Turchits tayinlandi.

1963-1967 yillari Olmaliq kon metallurgiya fakultetining kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlari tashkil etildi va texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Inag‘amovich Inag‘amov dekan vazifasida ish yuritdi.

1967 yilda Olmaliq kon metallurgiya fakultetining kunduzgi bo‘limi ToshPIga o‘tkazildi kechki, sirtqi bo‘limlarda Olmaliqda foliyat olib borildi.

1967-1976 yillarda texnika fanlari nomzodi Djaymagambetov Djetis Satxalievich dekan vazifasida ish yuritdi.

1976-1981 yillar Olmaliq KMF yana texnika fanlari nomzodi, dotsent Ilhom Inag‘amovich Inag‘amov dekan vazifasida ish yuritdi.

1981-1993 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Yusupxodjaev Anvar Abdullaevich dekan vazifasida ish yuritdi.

1993-1995 yillarda texnika fanlari nomzodi, dotsent Xolmatov Miraxmad Maxamadovich dekan vazifasida faoliyat olib bordi.

Olmaliq kon metallurgiya fakultetida 1961-1995 yillarda ishlagan professor -o‘qituvchilar B.A. Stepanov V.N.CHazov, R.SHaripkulov, B.V.Popova, V.Ivanova, N.Nexoroshov, A.Zubkov, L.CHazova, M.I.SHupak, S.Abduraxmanov, M.Askarov, A.YUsupxodjaev, A. Mutalov, M.Abduraxmonov, M.Mutalova, T.Maxmadiyorov, M.Xolmatov, M.YAkubov,  A.Xasanov kabi mutaxassislar talabalarga saboq berganlar.

1995 yilda Olmaliq kon metallurgiya fakulteti Olmaliq davlat texnika kollejiga aylantirildi.

2000 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatining tez rivojlanayotgan kon-metallurgiya sohasi, asosan Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinatining tegishli bo‘limlarini va qolaversa Respublika sanoatining tog‘-metallurgiya sohasini tayyorlangan malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun Navoiy davlat konchilik instituti tarkibida Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tashkil etildi. O‘sha vaqtda fakultetni tashkil qilishda quyidagi insonlar tashabbus ko‘rsatishgan: Rossiya konchilik fanlari akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori B.R.Raimjonov, texnika fanlari doktori N.I.Kucherskiy, texnika fanlari doktori Q.S.Sanaqulov, texnika fanlari doktori, professor S.A.Abduraxmanov, texnika fanlari doktori YU.J.Norov, texnika fanlari doktori O‘.F.Nosirov, dotsent R.M.Qarshiev, dotsent A.M.Mutalov va Fakultetning birinchi dekani texnika fanlari doktori A.S.Xasanovlar.

Navoiy davlat konchilik instituti rektorining 02.08.2001 yildagi №1/68 sonli buyrug‘i bilan Olmaliq kon-metallaurgiya fakulteti ochilgan. 2001 yilda birinchi bosqichga talabalar o‘qishga qabul qilingan.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning oxirgi yillarda Toshkent viloyatida ishlab chiqarish va sanoat sohasini, ancha rivojlanganligi shuningdek sanoatning tegishli bo‘limlarida va qolaversa Respublika sanoatini asosiy sohalariga malakali kadrlar tayyorlash va ta‘minlash uchun 2017 yil 27 iyuldagi № PQ-3153 Qaroriga asosan Olmaliq shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etildi.

FAKULTET KAFEDRALARI

ToshDTUning Olmaliq filiali “Konchilik ichi va metallurgiya” fakekteti tarkibida 2 ta mutaxassislik kafedralari va 1 ta nomutaxasis kafedralari mavjud.

MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI

    1. Konchilik ishi kafedrasi
  1. Metallurgiya kafedrasi

NOMUTAXASSIS KAFEDRALARI

      1.Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi

Fakultetlarning mutaxassis kafedralarida talabalikka qabul qilish kunduzgi, mahsus sirtqi va kechki bo‘limlarda olib boriladi.

FAKULTET TARKIBIDAGI KAFEDRALARGA QUYIDAGI PROFESSOR – O‘QITUVCHILAR KAFEDRA MUDIRI SIFATIDA ISH OLIB BORISHMOQDALAR.

    1. Konchilik ishi kafedrasi- texnika fanlari doktori Shakarov Berkin Shakarovich
    1. Metallurgiya kafedrasi –Boltaev Olmos Najmiddinovich
  1. Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi

FAKULTETDAGI BAKALAVRIAT YO‘NALISHLARI:

 5311600- Konchilik ishi kafedrasi- texnika fanlari doktori

 5310300-Metallurgiya kafedrasi

 5310022Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi

FAKULTETDA TALABALARI

Talablar 2018/2019 o‘quv yilida fakultetda 1,2,3,4-kurs talablari kontingenti:

1-kurs – 212 nafar,

2-kurs – 189 nafar,

3-kurs – 112 nafar,

4-kurs – 108 nafar,

Fakultet bo‘yicha jami talabalar soni – kunduzgi – 621 nafar

 Manzil:Toshkent viloyati Olmaliq shaxri M.Ulug’bek ko’chasi (Konchilik ichi va metallurgiya)