«Korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish» mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir

 

QATNASHDILAR: ToshDTU Olmaliq filiali o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Xoliqulov, Toshkent viloyati Olmaliq shahar hokim o‘rinbosari S.Axmedov, Toshkent viloyati prokuraturasi uyushgan jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi tergovchisi Xamraev Farrux Nurritdinovich, Olmaliq shaxar prokurori o‘rinbosari Babaev Abdulaziz, filial professor-o‘qituvchilari hamda 160 nafar talabalar.

ESHITILDI: ToshDTU Olmaliq filiali ilmiy-o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Xoliqulov  kirish so‘zi bilan tadbirni ochib, o‘z nutqida bugungi kunda mamlakatimiz jadallik bilan rivojlanib borayotgan vaqtda ayrim kimsalarning qonunga bepisandlik bilan qarab  korrupsiyaga yo‘l qo‘yayotganligi va buning oqibatida jamiyatimiz iqtisodiga zarar etkazayotgani, ayrim fuqarolarimizning xalq dardi bilan yashamasdan o‘zini manfaatini ustun qo‘yib korrupsiyaga kirib qolayotganini gapirib o‘tdi hamda so‘z navbatini Toshkent viloyati prokuraturasi xodimi F.Xamraevga berdi.

SO‘ZGA CHIQDI: Toshkent viloyati prokuraturasi xodimi F.Xamraev, o‘z so‘zida, 2017 yil 4 yanvardan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni kuchga kirgani haqida so‘zladi. Ushbu qonun 34 moddadan iborat bo‘lib, qonunda avvalo, korrupsiya bilan bog‘liq tushunchalar berilganligi, korrupsiya shaxsning o‘zaro  mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab, moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonu  nga xilof ravishda foydalanish demakdir. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy prinsiplari va yo‘nalishlari mustahkamlangan. Unga ko‘ra, qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik, oshkoralik, tizimlilik, davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi, javobgarlikning muqarrarligi korrupsiyaga qarshi kurashishning asossiy prinsiplari ekanligi haqida tinglovchilarga so‘zlab berdi.

SO‘ZGA CHIQDI: Toshkent viloyati Olmaliq shaxar prokuror o‘rinbosari A.Babaev, o‘z so‘zida Korrupsiyaga qarshi kurashish soxasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari sirasiga aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish kiradi. Qonunda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosatining asosiy prinsiplari va yo‘nalishlari mustahkamlangan. Davlat va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligida korrupsiyaning oldini olishga doir Davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida oldini olishga yo‘naltirilgan ishlar xaqida tinglovchilarga so‘zlab berdi hamda har bir fuqaro korrupsiya holatlariga duch kelgan holda murojat qiluvchi organlar va ishonch telefon raqamlari bilan tanishtirib o‘tdi.

SO‘ZGA CHIQDI:  YOshlar bilan ishlash bo‘yicha Olmaliq shahar hokim o‘rinbosari S.Ahmedov, nutqida yurtboshimiz tomonidan aolini yashash sharoitini yanada yaxshilash maqsdida fuqarolarimizga yaratilib berilayotgan imkoniyatlar xususida, shuningdek, bu yaratilgan imkoniyatlardan odilona foydalanish borasida to‘xtalar ekan, shu o‘rinda jamiyatimiz ravnaqi, rivojlanishiga putr etkazayotganlar illatlar xam uchrab turibdi, bu illatlardan bittasi korrupsiyadir, biz jamiyatimizni, o‘zligimizni xamda yoshlarimizni kelajagiga bolta urishga xarakat qilayotgan bu illatdan asrashimiz hamda bunga qarshi barchamiz birdek kurashishimiz lozim deya, ta’kidlab o‘tdi.

Tadbir so‘ngida ToshDTU Olmaliq filiali o‘quv va ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari D.Xoliqulov tadbir qatnashchilariga minnatdorchilik bildirib, bu kabi davra suhbatlarini tez-tez o‘tkazish foydadan holi bo‘lmasligini ta’kidladi.