Bo‘lim boshligi: Abdiev Orifjon Xofizovich

Kabul vakti: 9.00 dan 15.00 gacha

Telefon: (90) 947-81-46

e-mail: orifjon.abdiev2017@yandex.ru

O’quv-uslubiy bo‘lim faoliyati va vazifalari.

–  filialning o’quv ishlarini boshqaradi, Uzbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi o’rnatgan tartibda o’quv rejalari va dasturlariga muvofiq ravishda o’quv jarayonini tashkil qiladi;

– zamon talablariga muvofiq holda o‘quv rejalari va dasturlarini takomillashtirish bo‘yicha ish olib boradi;

–  fakul’tetlardagi o‘quv rejasida aks etgan ta’lim maqsadlarini o‘rnatadi;

 –  zamonaviy baholash usullari, jumladan, reyting tizimiga asoslangan yozma ish usuli, og’zaki, testlar orqali talabalarning bilim va malaka darajalarini nazorat qiladi. Mazkur nazorat natijalari asosida o‘quv tematik rejalarga aniqliklar kiritadi, talabalar bilan individual ishlash shakllarini aniqlaydi;  

– filial professor-o‘qituvchilarning tarkibini va ularni o‘quv   rejalari va yuklamalarining bajarilishini nazorat qiladi;

– soatbay tulov asosidagi va o‘rindosh o‘qituvchilar o‘quv yuklamalarini belgilaydi;

– professor-o‘qituvchilar tarkibining zamonaviy va peshqadam tajribalarini o‘rganadi va umumlashtiradi;

– fakultetlarda o‘quv jarayonining tashkil qilinishini tekshirib boradi, nazorat natijalari bo‘yicha aniklangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida dekanlar e’tiboriga havola etadi;

– yangi o‘quv rejalarining ishlab chiqilishini tashkil etadi;

– o‘quv jarayonini jadvalini ishlab chiqadi va ishchi o‘quv rejalarini ishlab chiqishni tashkil qiladi;

– mashgulotlar jadvalini tuzishni tashkil etadi va ularni tuzish bo‘yicha metodik rahbarlik qiladi;

– filial o‘qituvchilarining o‘quv soatlarini tahlil qiladi va o‘qituvchilarni fakultetlarga taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritadi;

– o‘quv auditoriyalar fondini fakultetlar orasida taqsimlaydi;

– o‘quv mashgulotlari yuzasidan joriy dispetcherlik nazoratini olib boradi;

– kafedra filiallari  va bazalarni tuzish ishida qatnashadi;

– professor-o‘qituvchilar tarkibi haqidagi ma’lumotlar bankini tashkil qiladi;

– O‘zbekistan Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tasdiqlagan qoida asosida talabalarning pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotini umumiy tarzda boshqaradi va amaliyot rejalarining bajarilishini nazorat qiladi;

– kafedralar ish faoliyatini o‘rganadi va tajribalarini umumlashtiradi. Kafedralar faoliyati maqsadga muvofikligi va yangi kafedralar ochish haqidagi takliflarni kiritadi.