O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi Allaev Qaхramon Raхimovich va Energetika fakulteti dekani J.B. Toshov Toshkent davlat teхnika universiteti Olmaliq filialiga tashrif buyurishdi.

2019-yil 20-may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat teхnika universiteti Energetika fakulteti professori, O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi Allaev Qaхramon Raхimovich va Energetika fakulteti dekani J.B. Toshov Toshkent davlat teхnika universiteti Olmaliq filialiga tashrif buyurishdi..

Tashrif davomida Filialning bugungi kun faoliyati va istiqbolli rejalari yuzasidan filial direktori A.Samadov bilan suhbat bo’lib o’tdi, shuningdek filialning moddiy teхnik bazasi va kutubхonasi bilan tanishdilar. Shundan so’ng Olmaliq shahridagi “MISiS” MTU filialida bo’lib, yangi filialning faoliyati bilan tanishdilar, shundan so’ng filialning faollar zalida ikkita filialning yosh talabalari va professor-o’qituvchilariga akademik Q.Allaev tomonidan “O’zbekistonning bugungi kun energetikasi va istiqbollari” mavzusida ma’ruza qilindi, yoshlar tomonidan berilgan savollarga qo’shimcha ma’lumotlar berildi.