Flat Preloader Icon Loading...

TDTU Olmaliq filiali Kengashining navbatdagi 4-son yig‘ilishi

kengash 4

🔷TDTU Olmaliq filiali Kengashining navbatdagi 4-son yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔷Kengash avvalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining qaroriga asosan TDTU Olmaliq filiali Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Xoliqulov Doniyor Baxtiyorovich professor ilmiy unvonida, Kimyo va fizika kafedrasi katta o‘qituvchisi Irkabaev Jumanali Usmanovichga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasida tasdiqlangani e’lon qilindi va guvohnomalari topshirildi.

🔷Mamlakatimiz rahbarining Gruziya davlatiga tashrifi mazmun-mohiyati, ahamiyati haqida falsafa fanlari nomzodi O.Rahmatullaev kengash a’zolariga batafsil ma’lumot berdi. Ma’ruzada dunyo hamjamiyatida yurtimizning e’tirof etilishi sabablariga urg‘u berildi.

🔷Shundan so‘ng kengash kun tartibi bo‘yicha o‘z ishini davom ettirdi.

Scroll to Top