Yakubov Lazizxon Ergashxonovich

Qabul kunlari: Dushanba, Seshanba, Chorshanba, soat 1400 – 1600

Telefon: (+99890) 951-94-57

 E-mail: lazizxon.yakubov@mail.ru

  Talim sifatini nazorat qilish bo’limining maqsadi

Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o’quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish.

ToshDTU Olmaliq filialida ta’lim jarayoni sifatini, uning o’quv adabiyotlari va o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o’rganish;

ToshDTU Olmaliq filiali talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o’rganib borish, tahlil qilish;

Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

Talim sifatini nazorat qilish bo’limi bosh mutaxassisi

Burxonova Nargiza Abdurazzoqovna

Qabul kunlari: Payshanba, Juma, Shanba, soat 8:00-12:00

Telefon: (+99890) 959-20-55

Talim sifatini nazorat qilishbo’limining maqsadi

Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o’quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish.

ToshDTU Olmaliq filialida ta’lim jarayoni sifatini, uning o’quv adabiyotlari va o’quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o’rganish;

ToshDTU Olmaliq filiali talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o’rganib boorish, tahlil qilish;

Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

Talim sifatini nazorat qilish bo’limining vazifalari

   Quyidagilar Talim sifatini nazorat qilish bo’limining asosiy vazifalari hisoblanadi.

ToshDTU Olmaliq filialida ta’lim sifatini DTS va malaka talablariga muvofiqligini ta’minlash, o‘quv jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida tizimli nazoratni tashkil etish bo‘yicha faoliyatni va chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Asosiy faoliyatini belgilangan mezonlar asosida ta’lim sifatini aniqlash, uni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yo‘nalishlarini belgilab berishga va bu jarayonni muvofiqlashtirishga qaratadi.

Ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklarning normativ-huquqiy hujjatlar bilan ta’minlanganligini o‘rganadi.

Talabalarning darslik va o‘quv qo‘llanmalari (shu jumladan, elektron darslik va qo‘llanmalar)  bilan ta’minlanganlik darajasini va zamonaviy talablarga mosligini ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar hamda tillar kesimida tahlil qiladi.

ToshDTU Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qiladi yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganadi va xulosalarni ToshDTU Olmaliq filiali direktoriga ma’lum qiladi.

O‘quv jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish holatini o‘rganadi va ularni takomillashtirish bo‘yicha tegishli  takliflarni beradi.

Ilmiy-tadqiqot ishlarining iste’molchilar talablaridan kelib chiqqan holda olib borilayotganligini, ToshDTU Olmaliq filiali professor-o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlaridagi (fundamental, amaliy, innovatsion va h.k. tadqiqotlar kesimida) ishtirokini, ilmiy ishlarning ishlab chiqarishga tatbig‘ini moliyalashtirish manbalari holatlari bo‘yicha o‘rganadi.

ToshDTU Olmaliq filiali tarkibiy tuzilmalarining zamonaviy moddiy-texnik ta’minoti, o‘quv-laboratoriya jihozlari, kompyuterlar bilan ta’minlanganigi va ulardan samarali foydalanilish darajasini tahlil qiladi.

Ta’limning ishlab chiqarish va ilm-fan bilan integratsiyasini, ToshDTU Olmaliq filialining kadrlar tayyorlash va hamkorlikda ilmiy texnologik echimlar yaratishda ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanish darajasini (samarali yoki samarasizligini) o‘rganadi.

O‘z sohasi bo‘yicha ilg‘or texnologiyalarning rivojlanishiga qarab ta’lim jarayonlarini amalga oshirish uchun pedagog kadrlarning bevosita ishlab chiqarishda malakasi oshirilishini (muntazam yoki muntazam emasligi) hamda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha iste’molchilar bozorining o‘rganilganligini (marketing xizmati asosida) tahlil qiladi.

Ta’lim jarayoniga ilmiy-tadqiqot institutlari, ishlab chiqarish korxona va tashkilotlari hamda xorijiy davlatlar malakali mutaxassislarining jalb etilishini tahlil qiladi.