60720800 – Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish ta’lim yo’nalishi
Fan, texnika va ta’lim sohasidagi ta’lim yo’nalishi bo’lib, mashinasozlik sanoati buyumlarini tayyorlash jarayonlari, obyektlari va jihozlarini yaratish va ulardan foydalanish, soha istiqbolini belgilash, rivojlanish qonuniyatlari va zamonaviy konsepsiyalari asosida ishlab chiqish va amalga oshirish kasbiy ko’nikma, mutasaddilik qobiliyatiga yo’naltirilgan inson faoliyatining vositalari, usullari, metodlari va uslublari bilan bog’liq kompleks masalalar majmuini qamrab oladi. Yuqorida keltirilgan kasbiy faoliyat sohalarining ishlab chiqarish jarayonlari, kesish asboblari, yuqori unumli tipik texnologik jihozlar, mashinasozlik ishlab chiqarish usullari va jihozlari, raqamli dasturda boshqariladigan texnologik dastgohlar obyektlarida namunaviy texnologik va nostandart texnologik jihozlar elementlari, moslama va o’lchash asboblari, qismlari va detallari, asbob-uskunalar, moslanuvchan ishlab chiqarish tizimlari, ularni sozlash, foydalanish va texnikaviy xizmat ko’rsatish uslublari va vositalar, loyihalash, jumladan avtomatlashtirilgan loyihalash metodlarini tadqiq qilish, mahsulot sifatini ta’minlash va sertifikatsiya metodlarini qo’llash, o’lchash vositalari va metodlarini tanlash, namunaviy metodikalari bo’yicha eksperemental tadqiqotlarni o’tkazish va ularning natijalariga ishlov berishda faol qatnashish kabi kasbiy faoliyati turlari bilan shug’ullanadi.
Ta’lim tili va kontrakt narxlari
Ta’lim tili
O’zbek tili, Rus tili
Talablar
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o’tkaziladigan imtihondan o’tish