Kuni kecha TDTU Olmaliq filialining 2024-2025 o‘quv yilidagi 1-sonli Kengashi bo‘lib o‘tdi.
Kengash avvalida filial ilmiy salohiyati oshishiga hissa qo‘shayotgan O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Axmedova Vaziraxon Asqarovnaga, Konchilik elektr mexanikasi kafedrasi mudiri, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shoyimov Yo‘lchi Yusupovichga dotsent attestatlari, Konchilik elektr mexanikasi kafedrasi assistenti Yuldashev Elmurod Umaraliyevichga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchi Komilova Nodira Abdirahmon qiziga pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasi diplomlari topshirildi.
Shundan so‘ng kengash kun tartibidagi masalalar bo‘yicha o‘z ishini davot ettirdi. O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 33 yillik bayramini munosib nishonlash bo‘yicha filialda amalga oshirilayotgan ishlar, yangi o‘quv yilida amalga oshiriladigan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasini tasdiqlash, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, respublika OTMlari tashkiliy tuzilmasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha ma’lumot, professor-o‘qituvchilarning yil davomidagi faoliyatini o‘rganishda reyting baholashning yangi mezonlari va turli masalalar ko‘rib chiqildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.