Flat Preloader Icon Loading...

Кафедра узбекского языка и литературы

Ahmedova Vaziraxon Asqarovna

Ахмедова Вазирахон Асқаровна

Должность: заведующий кафедрой
Ученая степень:
Время приема: вторник: 15:00-17:00 четверг: 15:00-17:00
Телефон : +9989- — — —

TDTUOF logo1
MAN HUMAN 1

Nosirov Nurzod Ixtiyorovich

Lavozimi : O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Ilmiy darajasi : PhD
Telefon : +99893 608 09 10 

MAN HUMAN 1

Xabibullayev Bexzod Abdusobir o’g’li

Lavozimi : Yoshlar ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
Ilmiy darajasi : 
Telefon : +99899 300 15 35 

Hozirgi davrda globallashuv jarayonlarining tobora kuchayib borishi davlat tilida ish yuritadigan oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashning naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligini ko’rsatmoqda. Shu sababli, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 21-noyabrdagi №87-04-2665 – sonli xatiga asosan korxona va tashkilotlarda davlat tilida ish yuritish salohiyati yuqori bo’lgan kadrlar tayyorlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida “O’zbek tili va adabiyoti” kafedralarini tashkil etish choralari ko’rish maqsadida, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasining tuzilmasiga quyidagi o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritildi. Bunga ko’ra, Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali qaroriga asosan kafedralarning ilmiy salohiyatini ko’tarish kafedralarda ishlayotgan yosh pedagog kadrlarni tayyorlashda professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot ishlari faoliyatini faollashtirish hamda bakalavriat va magistratura mutaxassisliklarida o’qitiladigan fanlar moddiy-texnik ta’minotini yaxshilash hamda kafedralar tuzilmalarini shakllantirishda ularning xususiyatlarini inobatga olgan holda o’zbek tili, chet tili va rus tili fanlarini umumlashtirgan holda 2020-yil yanvar oyining birinchi ish kunidan alohida yangi kafedra tashkil etildi hamda yangi kafedraning nomi “O’zbek tili va adabiyoti”  kafedrasi deb nomlandi. Ushbu kafedrani tashkil topgan kunidan boshlab pedagogika fanlari nomzodi, dotsent B.I.Qayumov boshqarib kelmoqda.

    “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi 2020-2021 o‘quv yilini  O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim to‘g‘risida qonun va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini  2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi  va Oliy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha prezident qarorlari asosida ish faoliyati rejalashtirildi. Mazkur yo‘nalishda kafedra ish rejasi, o‘quv rejasi, fan dasturlari, ishchi o‘quv dasturlari mavjud.

   2021 o’quv  yiliga kelib kafedrada umumiy hisobda 15 nafar professor-o’qituvchilar o’z faoliyatini olib bormoqda. Jumladan, 14 nafar professor-o’qituvchilar asosiy shtatda (6 nafar professor-o’qituvchi ichki 0,25 shtat o’rindoshlik asosida) 1 nafar o’qituvchi tashqi 0,5 o’rindoshlik asosida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. Kafedrada 1 nafar professor vazifasini bajaruvchi f.f.d.Daniyorov B.X.,  2 nafar dotsent Z.D.Mirzakarimova, B.I.Qayumov, 3 nafar katta o‘qituvchi: M.N.Qosimova,V.A.Ahmedova, U.R.Irgasheva, 8 nafar assistent va 1 nafar tashqi o’rindosh assistent faoliyat yuritmoqda. Kafedraning ilmiy salohiyati 25 % ni tashkil etadi. Kafedraning barcha me’yoriy hujjatlari mavjud. “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi zimmasiga o’zbek tili, rus tili, chet tili,o’zbek tilining sohada ishlatilishi va maxsus fanlarni o’qitish metodikasi kabi o’quv fanlari yuklatilgan. Ilmiy salohiyat ishlari va ular asosida yuklatilgan vazifa va topshiriqlar o’z vaqtida bajarib borilmoqda. Kafedraning ilmiy-uslubiy ishlari bo’yicha  o’quv-uslubiy qo’llanmalari soni 6 ta va 1 ta monografiyani tashkil etadi. Kafedra professor-o’qituvchilarining ilmiy tadqiqot ishlari haqida shuni ma’lum qilish mumkinki, respublika ilmiy jurnallaridagi maqola va respublika miqyosidagi anjumanlardagi tezislar umumiy soni 35 tadan ortiq,  xalqaro anjumalardagi tezislar soni 10 tadan ortiq va xalqaro ilmiy jurnallardagi maqollarning umumiy soni 35 taga yaqin va “Web of Science” ma’lumotlar bazasi bo’yicha indekslar soni 3 tani tashkil etadi.

   Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarga jalb qilish maqsadida kafedrada “Yosh kitobxon” (Z.D.Mirzakarimova), “Русская грамматика” (G.G.Rahmonova), “Smart students club” (A.R.Mamataliyeva) va “Ingliz tilida gaplashamiz” (M.I.Dehqonova) to‘garaklari tashkil qilinib, to’garakda talaba va ustozlar hamkorlikda fan yuzasidan bilimlarini oshirib, ilmiy maqola yozish ko’nikmalarini o’zlarida hosil qilib borishmoqda.

Familiyasi, ismi, sharifiIlmiy ish mavzusiRahbarHimoya vaqti rejasi (kvartal bo‘yicha)
Irgasheva U.R.Texnika OTMlari 1-kurs talabalarining  chet tili kasbiy nutqini takomillashtirishP.f.n. Karayeva K.N.2025-yil IV chorak
Qayumov B.I.Maktab oila-jamoatchilik hamkorligi faoliyatining nazariy asoslari.Akad.Abdiyev A.N.2025-yil  II chorak
Ahmedova V.A.Mustaqillik davri o‘zbek drammaturgiyasida davr va shaxs fojiasining yangicha talqinlari.F.f.d. , dotsent I.A.Yakubov2021-yil   II chorak
Temirova F.T.Noverbal kommunikatsiya vositalarining diskursiv tahliliF.f.d.dotsent Paluanova X.D2023-yil  III chorak
Mamatkarimova B.X.Madaniyatlararo muloqotning oliy ta’lim muassasalaridagi o‘rni.Rahimov X.R.2022-yil IV chorak
Botirbekova G.AIngliz tilini elektron-innovatsion metodlar asosida o‘rganishni rivojlantirishning ilmiy-pedagogik asoslariP.f.n. Norboyeva F.R.2025-yil IV chorak

  1. f.n.,dotsent Z.D.Mirzakarimova “Boshqaruv bog’lanishidagi “bilan” ko’makchili birikmalar semantikasi” monografiya (“Tafakkur tomchilari” nashriyoti. T.- 2021);
  2. f.f.n.,dotsent B.I.Qayumov va assistent M.G. Nazarova “Ta’lim texnologiyalari” o’quv-uslubiy qo’llanma  (2020-yil);
  3. Katta o’qituvchi U.R.Irgasheva “Texnika sohasiga oid ingliz tilida matnlar ustida ishlash” o’quv-uslubiy qo’llanma (2021-yil);
  4. Assistent G.A.Botirbekova “Mustaqil ta’lim uchun matnlar bilan ishlash” o’quv-uslubiy qo’llanma (2020-yil);
  5. Assistant F.T.Temirova “Manual for students” o’quv-uslubiy qo’llanma (2020-yil).

Прокрутить вверх