Кафедра Горного дела
ХАСАНОВ АДХАМ АМАНКУЛОВИЧ
Должность: заведующий кафедрой
Ученая степень:
Время приема: вторник: 15:00-17:00 четверг: 15:00-17:00
Телефон : +99893 185 17 00
- KAFEDRA TARIXI
- KAFEDRADA OLIB BORILAYOTGAN ILMIY ISHLAR
- O‘QUV QO‘LLANMA
- USLUBIY QO‘LLANMALAR
- BAKALAVRIAT VA MAGISTRATURA YO‘NALISHINING UMUMIY TASNIFI
“Konchilik ishi” kafedrasi Navoiy davlat konchilik instituti rektorining 2008 yil 9-iyuldagi № 1/150 sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan. 2008 yil kafedraga dots. A.S.Xasanov rahbar qilib tayinlandi. Kafedraga akademik X.A.Akbarov, Rossiya konchilik fanlari akademiyasi akademigi, t.f.d.professor B.R.Raimjonov, professor B.Sh.Shakarovlar taklif etildi. Shtat bo‘yicha kafedrada prof. Xasanov A.S., dotsent Yu.P.Isamatov, dotsent M.A.Mutalova, katta o‘qituvchi M.Q.Shamayev, assistent O.A.Xasanovlar faoliyat ko‘rsatib kelishdi. Dastlab kafedrada to‘liq shtatda 5 ta va o‘rindosh soatbay o‘qituvchilar soni – 4tani tashkil etdi.2017-yildan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etildi. Hozirda kafedrada to‘liq shtatda 18 ta professor- o‘qituvchilar ishlamoqda.
2009-2010 o‘quv yilidan kafedrada yangi yo‘nalish – “Kasb ta’limi” (Konchilik ishi),2017-2018 o‘quv yilidan ,,Kon Elektrmexanikasi,, 2019-2020 o‘quv yilidan,,Foydali qazilma konlarini qazish,, magistratura yo‘nalishi ochildi. 2019-2020 o‘quv yilidan kafedrada “Konchilik ishi” ,,Kon elektr mexanikasi,, va “Kasb ta’limi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar, ,,Foydali qazilma konlarini qazish,, yo‘nalishi bo‘yicha magistrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
2009-2012 yillarda katta o‘qituvchi M.Q.Shamayev kafedra mudiri bo’lb ishladi. 2012-2015 yillarda esa kafedrani texnika fanlari doktori, professor Xasanov A.S. boshqarib keldi.
2015 yildan 2016 yilgacha dotsent Mutalova M.A. vaqtincha kafedra mudiri, bo’lib ishladi.
2016 yildan 2019 yilgacha professor Shakarov B. kafedra mudiri sifatida faoliyat olib bordi.
2019 yildan hozirgi kunga qadar Konchilik ishi kafedrasini katta o’qituvchi Shamayev M.Q boshqarib kelmoqda.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan konchilik va marksheyderlik yo’nalishlari bo’yicha doktorlik ilmiy-tadqiqot ishlari olib borishmoqda. Shuningdek, kafedrada №29-1843yur «Rangli, nodir va qimmatbaho metallar konini qazib olayotgan kon va shaxtalarning texnik foydalanish qoidalari», mavzusidagi xo‘jalik shartnomasidagi loyiha bo‘yicha ish olib borildi. (Loyiha rahbari prof. Shakarov B., 2017 yil 25 mln. So‘m ajratilgan).Hozirda ham qator ishlar olib borilmoqda.Xususan kafedra katta o’qituvchisi Xasanov O.A.ning 04.00.10-Geotexnologiya (ochiq,yer osti, qurilish) mutaxassisligi bo’yicha “Noturg’un atrof tog’ jinslari orasida yotgan kichik qalinlikdagi tomirsimon konlarni yer osti usulida qazib olishda massivdan ajratib olish texnologiyasini asoslash va ishlab chiqish” mavzusidagi va kafedra katta oq’ituvchisi Xasanov A.A. ning 04.00.14-Foydali qazilmalarni boyitish mutaxassisligi bo’yicha “Texnogen chiqindilardan volfram tarkibli mahsulot ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqish va takomillashtirish” mavzusida PhD-texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori dissertatsiyalari 2021-yil muvaffaqiyatli himoya etildi.Bugungi kunda kafedra katta o’qituvchilar Bakirov G’.X., Toshemirov U.T., Melnikova T.E., Soxibov I.Y.lar tomonidan mustaqil izlanuvchi sifatida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.
1.Kafedra dotsenti Mutalova M.A. tomonidan “Foydali qazilmalarni qayta ishlash va boyitish texnologiyasi” fanidan o‘quv qo‘llanma yaratilgan va nashr etilgan.
2. Kafedra dotsenti Mutalova M.A. tomonidan “Foydali qazilmalarni boyitish” fanidan o‘quv qo‘llanma yaratilgan va nashr etilgan.
3.Kafedra professori va katta o’qituvchisi Bakirov G’.X. tomonidan “Foydali qazilma konlarini yer osti usulida qazib olish texnologiyasi” fanidan o’quv qo’llanma yaratilgan va muvofiqlashtirish kengashidan nashr etish uchun ijobiy xulosa olingan.
4. Kafedra professori va katta o’qituvchisi Toshtemirov U.T. tomonidan “Kon lahimlarini o’tish texnologiyasi” fanidan o’quv qo’llanma yaratilgan va muvofiqlashtirish kengashidan nashr etish uchun ijobiy xulosa olingan.
Kafedra o‘qituvchilari tomonidan quyidagi uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan
- Mutalova M.A. “Foydali qazilmalarni boyitish texnologiya” fanidan amaliy ishlarni bajarish uchun uslubiy qo‘llanma. 42 bet.
- Shakarov B.Sh., Toshtemirov U.T. “Konchilik ishi asoslari” fanidan er osti kon ishlari yo‘nalishi talabalari uchun kurs ishi bajarish bo‘yicha ko‘rsatma. 58 bet
- Shakarov B.Sh. Toshtemirov U.T. Kon lahimlarini barpo etish texnologiyasi” fanidan amaliy ishlarni bajarish uchun qo‘llanma. 58 bet
- Xasanov O.A., Gaibnazarov B.A. “Burg‘ulash portlatish ishlari” fanidan amaliy ishlarni bajarish uchun qo‘llanma. 150 bet
- Shakarov B.Sh., Bakirov G‘. X. “Foydali qazilma konlarini er osti usulida qazib olish texnologiyasi” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun qo‘llanma
- Isomatov Yu.P., Axmedov M.K. “Geologiya va gidrogeologiya” fanidan amaliy mashg‘ulotlardan uslubiy ko‘rsatma. 4 b.t.
- Xasanov A.A. “Konchilik ishi asoslari» fanidan amaliy mashg‘ulotlar bajarish uchun ko‘rsatma. 76 bet
- Soxibov I.Yu. Marksheyderlik ishi va kon geometriyasi asoslari fanidan amaliy ishlarni bajarish uchun qo‘llanma. 78 bet
- Kafedra katta o’qituvchisi Toshtemirov U.T. tomonidan tayyorlangan “Kon ishlari asoslari va ishlab chiqarish texnologiyalari”(yer osti kon ishlari qismi bo’yicha) fanidan 5312200-“Konchilik elektr mexanikasi” yo’nalishi bakalavriat talabalari uchun amaliy ishlarni bajarish uchun mo’ljalangan uslubiy ko’rsatma tayyorlangan.
- Kafedra katta o’qituvchisi Xasanov O.A., Melnikova T.E., assistent Tashqo’lov A.A., magistrant Mavlyanova G.A.lar tomonidan tayyorlangan “Технология разработки месторождений полезных ископаемых открытым способом” fanidan 5311600-“Konchilik ishi” va 5111000 Kasb ta’limi (5311600-“Konchilik ishi) yo’nalishi bakalavriat (rus guruh) talabalari uchun amaliy ishlarni bajarish uchun mo’ljalangan uslubiy ko’rsatma tayyorlangan, ichki va tashqi taqrizlar olingan.
- Kafedra katta o’qituvchisi G’oibnazarov B.A.,assistent Subanova Z.A..lar tomonidan tayyorlangan “Ochiq konchilik ishlari ”fanidan 5311600-“Konchilik ishi” yo’nalishi bakalavriat talabalari uchun amaliy ishlarni bajarish uchun mo’ljalangan uslubiy ko’rsatma tayyorlangan, ichki va tashqi taqrizlar olingan.
- Kafedra dotsenti Isomatov Yu.P. va assistant Mustafayev B.N.lar tomonidan tayyorlangan “Geologiya” fanidan 5311600-“Konchilik ishi” kunduzgi va kechki ta’lim shakli bakalavr talabalari uchun amaliy mashg’ulotlarni bajarish uchun mo’ljallangan uslubiy ko’rsatma tayyorlab, ichki va tashqi taqrizlar olingan.
Yo‘nalish 5311600 –“Konchilik ishi”, 5A311601- “Foydali qazilma konlarini qazish,, Magistratura O‘zbekiston uzluksiz ta’lim Davlat ta’lim standartlari, oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti, oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritilgan.
Ta’limning kunduzgi o‘qish shaklida muddati – 4 yil.
Sirtqi ta’lim-5 yil.
Kechki ta’lim-5 yil.
Magistratura-2 yil.
Akademik daraja – “Bakalavr” va “Magistr”.
5311600 – “Konchilik ishi” va 5A311601-“Foydali qazilma konlarini qazish”. Magistratura ta’lim yo‘nalishi – fan va texnika sohasidagi ta’lim yo‘nalish bo‘lib, xalq xo‘jaligini mineral xom ashyo bazasi bilan ta’minlash, yer osti boyliklarini yer osti, ochiq va geotexnologik usulda qazib olish, ularni qayta ishlash, yer osti inshootlarini barpo qilish jarayonlarini takomillashtirishga yo‘naltirilgan metodlar va vositalar majmuini qamrab oladi.
Ushbu ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kasbiy faoliyatining ob’ektlari – konlarni qazib olish, mineral xom ashyoni qayta ishlash va boyitish korxonalari, yer osti inshootlari, kon-texnik jarayonlar va energomexanik qurilmalar, konchilik ishlarida fizik-texnologik va metrologik nazorat, konchilik ishlab chiqarishi mashina va uskunalari, ob’ektlarni yaratish va ulardan foydalanishning samarali jarayonlaridan iboratdir.
“Konchilik ishi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar ta’lim dasturini o‘zlashtirish natijasida kasbiy tayyorgarlikning asosiy turlari va ixtisoslikning tayyorgarligiga mos quyidagi vazifalarni o‘zlashtiradi:
ilmiy va ilmiy-tadqiqot faoliyatda: o‘tkazilayotgan ilmiy tadqiqot loyihalari mavzusi bo‘yicha metodlar, dasturiy echimlar, shaxta va karerlarda tasvirga olish ishlarini tadqiqot qilish va ishlab chiqish, namunaviy metodikalar va boshqalar bo‘yicha eksperimental tadqiqotlarni o‘tkazish, ilmiy-texnikaviy hisobtlarni ishlab chiqish, ilmiy seminarlar va ilmiy texnikaviy konferensiyalarda ishtirok etish, ilmiy texnikaviy jurnallarga maqolalar tayyorlash.
loyihaviy-tahliliy faoliyatda: foydali qazilmalarni qazib olishning strategik yo‘nalishlari loyihasini ishlab chiqish, bajarilayotgan tajriba-loyihaviy va amaliy ishlar mavzusi bo‘yicha matematik, informatsion modellarni ishlab chiqish,loyihaviy va dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish.
Ishlab chiqarish-texnologik faoliyatda: namunaviy texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va ularni qo‘llash, ilmiy va amaliy faoliyatda avtomatlashtirilgan tizimlarning instrumental vositalari va muhitlarini rivojlantirish va ulardan foydalanish.
Konsalting faoliyatda: konni qazib olish ishlarini amalga oshirish va takomillashtirish bo‘yicha bo‘linmalar, korxonalar, tashkilotlar, vazirlik va idoralarga maslahat yordamini ko‘rsatish.
Tashkiliy-boshqaruv faoliyatda: konchilik korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari sifatini boshqarish tizimini ishlab chiqish va tadbiq etish, konchilik korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish vositalari va resurslarini rejalashtirish, konchilik korxonalarida atrof-muhitni muhofaza qilish va sanoat xavfsizligi talablariga mos kelishi borasida ishlab chiqarish jarayonlarini nazorat qilishda ishtirok etish.