Konchilik ishi fakultetining iqtidorli talabalari uchun tashkil etilgan Robototexnika to‘garagi davomida amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Dars davomida talabalar zamonaviy robotlar tuzilishi, ularning ishlash tamoyillari va dasturlash asoslari bilan yaqindan tanishdilar.
Maqsad — talabalarni texnologik tafakkurga yo‘naltirish, ularning innovatsion salohiyatini yuzaga chiqarish.