Flat Preloader Icon Loading...

Department of Chemical Technologies

Po‘latov G‘

Po‘latov G‘olibjon Murodovich

Lavozimi : Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi : 
Qabul vaqti : Seshanba: 15.00-17.00 Payshanba: 15.00-17.00
Telefon : +99897 874 47 36

TDTUOF logo1
MAN HUMAN 1

Nosirov Nurzod Ixtiyorovich

Lavozimi : O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Ilmiy darajasi : PhD
Telefon : +99893 608 09 10 

MAN HUMAN 1

Xabibullayev Bexzod Abdusobir o’g’li

Lavozimi : Yoshlar ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
Ilmiy darajasi : 
Telefon : +99899 300 15 35 

“Kimyoviy texnologiya” kafedrasi 2004 yil sentyabr oyida NDKIning Olmaliq kon-metallurgiya fakultetida “Metallurgiya va foydali qazilmalarni boyitish” nomi bilan kafedra tashkil qilinadi. Kafedra mudiri lavozimiga prof. S.Abduraxmonov tayinlanadi. 2010 yilda esa fakultetda “Kimyoviy texnologiya” yo‘nalishi bo‘yicha talabalar qabul qilinganligi va shu yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash “Metallurgiya va foydali qazilmalarni boyitish” kafedrasiga yuklatilganligi sababli kafedraning nomi 2010 yildan boshlab “Metallurgiya va kimyoviy texnologiya” ga o‘zgartiriladi. 2010-2015 yillar k.f.n. dots. Omonov Raxmatullo O‘rinboevich, 2015-2017  Bundan tashqari kafedra professor-o‘qituvchilariga matematika, fizika, kimyo, ekologiya, xayot faoliyati xavfsizligi, axborot texnologiyalari, foydali qazilmalarni boyitish kabi fanlaridan fakultet talabalariga ma’ruza va mashg‘ulotlar olib borish topshiriladi. 2010-2015 yillarda esa t.f.d. professor  Abduraxmonov Soyib Abduraxmonovich kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatdi.
2017 yil iyul oyida Navoiy davlat konchilik instituti tasarrufidagi Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tugatilib, uning o‘rniga Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali tashkil qilinadi. Olmaliq filiali tarkibida mustaqil “Kimyoviy texnologiya” kafedralari tashkil qilinadi. Kafedra mudiri lavozimiga Safarov O‘tkir Ochildievich tayinlandi.
2018 yil aprel oyidan hozirgi kungacha “Kimyoviy texnologiya” kafedra mudiri lavozimida k.f.n. dotsent Mamatqulov Nematillo Narzullaevich faoliyat yuritib kelmoqda.
Hozirgi kunga kelib “Kimyoviy texnologiya” kafedrasida 1 ta dotsent , 1 ta falsafa fanlari doktori (PhD), 3 ta katta o’qituvchi va 5 ta assistent faoliyat olib bormoqda. Kafedra “Ammofos-Maksam” AJ korxonasi, “Olmaliq KMK” AJ  korxonasi bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Ushbu korxonalarning bosh mutaxassislari ham talabalariga o’z bilim va ko’nikmalarini berib kelishmoqda. Kafedraning professor-o’qituvchilari kaferda ahllik bilan yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda jips bo’lib ishlab kelishmoqda . Oxirgi yillarda yosh kadrlar kafedraga jalb qilinmoqda. Kafedrada Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti tomonidan uyishtirilayotgan ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.
Hozirgi kunga kelib kafedrada 5320400 “Kimyoviy texnologiya” yo‘nalishlari bo‘yicha 276 ta bakalavrlar tayyorlanmoqda.
Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlarga jalb qilish maqsadida kafedrada “Yosh texnolog” va “Yosh sportchi” to‘garaklar tashkil qilingan bo‘lib, hozirgi kunda ular faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. To‘garaklarda faol qatnashgan talabalar ustozlar bilan birgalikda ilmiy maqolalar, tezislar nashr qilishgan va bitiruv malakaviy ishlarini ilmiy mavzuda bajarishmoqda. Kafedra talabalari fan olimpiadalari va sport musobaqalarida faol qatnashdi. Jumladan Ayupov U. – Kimyoviy texnologiya fanidan respublikada ikkinchi o‘rinni olgan, Abdujalilov Ixtiyor Baxrom o‘g‘li Respublika va xalqaro musobaqalarga qatnashib 2018 yilda 2 ta oltin medal olishga muovaffaq bo‘ldi. Kimyoviy texnologiya to’rtinchi bosqich iqtidorli talaba o’zining ilmiy islari bilan O’zbekiston respublikasida  o’tkazilgan A. Rayxon beryniy nomidagi stipendiyasi tanloviga qatnashdi va stipendiya sohibasi bo’ldi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning oxirgi yillarda Toshkent viloyatida ishlab chiqarish va sanoat sohasini, ancha rivojlanganligi shuningdek sanoatning tegishli bo‘limlarida va qolaversa Respublika sanoatini asosiy sohalariga malakali kadrlar tayyorlash va ta‘minlash uchun 2017 yil 27 iyuldagi № PQ-3153 Qaroriga asosan Olmaliq shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etildi.

2018-2020  yillarda bajarilayotgan fundamental ilmiy tadqiqot ishlari

  1.  N.N. Mamatqulov (o‘rindosh lavozimida) PZ-2017092815-“Mahaliy xom-ashyolar asosida elastomerlarni vulkonlovchi tezlashtirgichlarni va ular asosida elastomer kompozitsiyalarni olish texnologiyalarni yaratish” mavzusi bo‘yicha amaliy loyihani bajarish uchun ijodiy guruhda o‘rindosh asosida ishab kelmoqda
  2. G.X. YUsupova, G‘.M. Po‘latov (o‘rindosh lavozimida) pz2017092815-“mahaliy xom ashyolar asosida avtomobil yo‘llari, aerodromlarini qoplash uchun modifikatsiyalangan polimer-bitum kopmozitsiyalar tarkibini va olish texnologiyasini yaratish”
  3. N.N. Mamatqulov (rahbar lavozimida), G’M. Po’latov (o‘rindosh lavozimida) PZ-20170929785 raqamli “Rux ishlab chiqarishda hosil bo‘ladigan rux keki va klinkerni qayta ishlash texnologiyasini yaratish” davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajariladigan amaliy loyiha bajarish uchun ijodiy guruhda   ishab kelmoqda
  1. N.N. Mamatqulov, G’.M. Po’latov. Yo’nalishga kirish//«vneshinvestprom» mas’uliyati cheklangan jamiyat nashryoti. O’quv qo’llanma.Toshkent-2020. -164 b.
  2. N.N. Mamatqulov, M.A. Xoshimxanova. Bog’lovchi moddalar texnologiyasi//«vneshinvestprom» mas’uliyati cheklangan jamiyat nashryoti. O’quv qo’llanma.Toshkent-2020. -216 b.
  3. N.K. Madusmanova., M.A. Xoshimxanova., N.N. Mamatqulov. Analitik kimyo// «vneshinvestprom» mas’uliyati cheklangan jamiyat nashryoti. O’quv qo’llanma.Toshkent-2021. -272 b.
  1. Yusupova G.X. Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy ko‘rsatma// TDTU Olmaliq filiali ilmiy kengashining  30. 06. 2018 №10 sonli bayonnomasi. 3 b.t.
  2. Yusupova G.X. Umumiy  kimyoviy texnologiyasi fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy ko‘rsatma// TDTU Olmaliq filiali ilmiy kengashining  30. 06. 2018 №10 sonli bayonnomasi. 3,1 b. t.
  3. G. M. Po‘latov. Asosiy texnologik jarayonlar va qurilmalar fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy ko‘rsatma (rus tilida). TDTU Olmaliq filiali ilmiy kengashining  30. 06. 2018 №10 sonli bayonnomasi. 3 b.t.
  4. G. M. Po‘latov. Mineral o‘g‘itlar texnologiyasi fanidan laboratoriya mashg‘ulotlar uchun uslubiy ko‘rsatma//TDTU Olmaliq filiali ilmiy kengashining  30. 06. 2018 №10 sonli bayonnomasi. 3,5 b. t.
  5. N.N. Mamatqulov. M.A.Xoshimxonova. «Korxona jixozlari» fanidan kurs ishlarini bajarish uchun (o‘zbek tilida) uslubiy ko‘rsatma// TDTU Olmaliq filiali Ilmiy-uslubiy Kengashi 21.05. 2019 y.  №7.-sonli bayonnomasi.
  6. Н.Н. Маматқулов. М.А.Хошимхонова. Методические указания по выполнению курсового проекта по предмету “Оборудованиея предприятие”// ТДТУ Олмалиқ филиали Илмий-услубий Кенгаши 21.05. 2019 й.  №7.-сонли баённомаси.
  7. N.N. Mamatqulov. M.A.Xoshimxonova. «Kimyoviy injinering jarayon va qurilmalar», fanidan kurs ishlarini bajarish uchun (o‘zbek  tilida) mo‘ljallangan uslubiy ko‘rsatma// TDTU Olmaliq filiali Ilmiy-uslubiy Kengashi 21.05. 2019 y.  №7.-sonli bayonnomasi.
  8. Н.Н. Маматқулов. М.А.Хошимхонова. Методические указания по выполнению курсового проекта по предмету “Протсессы и аппараты химического инжинеринга”// ТДТУ Олмалиқ филиали Илмий-услубий Кенгаши 21.05. 2019 й.  №7.-сонли баённомаси.
  9. N.N. Mamatqulov. M.A.Xoshimxonova. «Analitik, fizik va kolloid kimyo» fanidan tajriba mashg‘ulotlarni bajarish uchun (o‘zbek tilida)// TDTU Olmaliq filiali Ilmiy-uslubiy Kengashi 21.05. 2019 y.  №7.-sonli bayonnomasi.
  10. N.K. Madusmanova. Analitik, fizikaviy va kolloid kimyo fanidan laboratoriya mashg‘ulotlari uchun uslubiy ko‘rsatma// TDTU Olmaliq filiali Ilmiy-uslubiy Kengashi 28.06.2019 № 10-sonli bayonnomasi.
  11. Мадусманова Н.К. “Аналитическая, физическая и коллоидная химия” лабораторная указания// ТДТУ Олмалиқ филиали Илмий-услубий Кенгаши 28.06.2019 № 10-сонли баённомаси.
  12. N.N.Mamatqulov  G.X.YUsupova. “Kimyoviy injenering jarayon va qurilmalar” fanidan  amaliy mashg‘ulot uchun o‘quv-uslubiy ko‘llanma// TDTU Olmaliq filiali Ilmiy-uslubiy Kengashi 21.05. 2019 y.  №7.-sonli bayonnomasi.
  13. N.N.Mamatqulov  G.X.YUsupova. Kimyoviy texnologiya asoslari fanidan  amaliy mashg‘ulot uchun o‘quv-uslubiy ko‘llanma// TDTU Olmaliq filiali Ilmiy-uslubiy Kengashi 21.05. 2019 y.  №7.-sonli bayonnomasi.
  14. N.N.Mamatqulov  G.X.YUsupova. Kimyoviy texnologiya asoslari fanidan tajriba mashg‘uloti uchun o‘quv-uslubiy ko‘rsatma// TDTU Olmaliq filiali Ilmiy-uslubiy Kengashi 21.05. 2019 y.  №7.-sonli bayonnomasi.
  15. G. M. Po‘latov. Kimyoviy injiniring jarayonlar va qurilmalar fanidan amaliy mashg‘ulotlar uchun uslubiy ko‘rsatma (rus tilida).// TDTU Olmaliq filiali Ilmiy-uslubiy Kengashi 21.05. 2019 y.  №7.-sonli bayonnomasi.
  16. Ғ. М. Пўлатов. Основы проектирования производственных предприятий учебний-указание// ТДТУ Олмалиқ филиали Илмий-услубий Кенгаши 21.05. 2019 й.  №7.-сонли баённомаси.
  17. N.N.Mamatqulov  D.R.Tursunova. Organik sintez texnologiyasi» fanidan tajriba mashg‘ulotlarni bajarish uchun (rus tilida) mo‘ljallangan o‘quv-uslubiy qo‘llanma// TDTU Olmaliq filiali Ilmiy-uslubiy Kengashi 21.05. 2019 y.  №7.-sonli bayonnomasi.
  18. N.N.Mamatqulov  M.Ochilov. Organik sintez texnologiyasi» fanidan tajriba mashg‘ulotlarni bajarish uchun (o‘zbek tilida) mo‘ljallangan o‘quv-uslubiy qo‘llanma// TDTU Olmaliq filiali Ilmiy-uslubiy Kengashi 21.05. 2019 y.  №7.-sonli bayonnomasi.
  19. N.K. Madusmanova. Analitik, fizikaviy kolloid kimyo fanining kolloid qismidan tajriba mashg‘ulotlarini o‘tkazish uchun uslubiy ko‘rsatma// TDTU Olmaliq filiali ilmiy-uslubiy kengash  №3 sonli bayonnoma. 29. 11.2019 y.
  20. Н.К. Мадусманова. “Аналитическая, физическая и коллоидная химия”. Коллоидная част,  учебное методическое указания по выполнению лабораторных работ// ТДТУ Олмалиқ филиали илмий-услубий кенгаш  №3 сонли баённома. 29. 11.2019 й.
  21. N.N. Mamatqulov,  F.CH. Jo‘raqulova. “Mineral o‘g‘itlar texnologiyasi”  fanidan  laboratoriya ishlarini bajarish  uchun uslubiy ko‘rsatma// TDTU Olmaliq filiali ilmiy-uslubiy kengash  №5 sonli bayonnoma. 24. 11.2019.
  22. M.A. Xoshimxonova. 5301300-“Metalurgiya” yo‘nalishining kechki ta’lim olayotgan bakalavrlari uchun  “Tahlilning fizik kimyoviy usullari”    fanidan  laboratoriya ishlarini bajarish  bo‘yicha uslubiy ko‘rsatma// TDTU Olmaliq filiali ilmiy-uslubiy kengash  №5 sonli bayonnoma. 24. 11.2019.
  23.  G.X  YUsupova. “Kimyoviy injiniring jarayonlari va qurilmalari” Fanidan laboratoriya ishlarini bajarish uchun  uslubiy qo‘llanma// TDTU Olmaliq filiali ilmiy-uslubiy kengash  №9 sonli bayonnoma. 28.05.2020.
  24. Г.М. Пўлатов “Основы биотехнологической перереботки минералного сыря” учебное методическое указания по выполнению практических работ// ТДТУ Олмалиқ филиали илмий-услубий кенгаш  №9 сонли баённома. 28.05.2020.
  25. N.K. Madusmanova, G.O‘.  Maxmudova. “Biokimyo va biotexnologiya asoslari” fanidan tajriba mashg‘ulotlaridan o‘quv uslubiy qo‘llanma// TDTU Olmaliq filiali ilmiy-uslubiy kengash  №9 sonli bayonnoma. 28.05.2020.
  26. Sh.I. Shonnazarova. 5301300-“Metalurgiya” yo‘nalishining kunduzgi ta’lim olayotgan bakalavrlari (rus guruxlar) uchun “Tahlilning fizik-kimyoviy usullari ” fanidan  tajriba mashg‘ulot uchun o‘quv uslubiy qo‘llanma// TDTU Olmaliq filiali ilmiy-uslubiy kengash  №9 sonli bayonnoma. 29.06.2020.
  27. Ғ.М. Пўлатов, Д.Ж. Жалмуродова. “Протсессы и аппараты химического инжиниринга»  учебное методическое указания по выполнению лабораторных работ// ТДТУ Олмалиқ филиали илмий-услубий кенгаш  №9 сонли баённома. 29.06.2020.

Scroll to Top