Qobiliyatli yoshlarni rag‘batlantirish, ularni faol ilmiy tadqiqotchilik yo‘nalishiga yo‘naltirish, iqtidorli talaba yoshlarni qo‘llab quvvatlash hamda munosib taqdirlash maqsadida hukumatning tegishli qarorlari qabul qilingan bo‘lib, oliy ta’lim muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendialari uchun talabalar o‘rtasida sinovlar tashkil etilmoqda.
Kuni kecha Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filialining 2024-2025 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendialariga talabgor bakalavr va magistr talabalar uchun O‘zbekiston tarixi, chet tili, axborot texnologiyalari fanlaridan sinovlar o‘tkazildi.
Unda a’lo va yaxshi baholarga o‘qiyotgan, ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqishi bor talabalar birinchi bosqichda kuch sinashdilar. Sinovning keyingi bosqichi oliy ta’lim tizimining yuqori turuvchi organlari tomonidan o‘tkazilib, so‘ng yakuniy natijalar e’lon qilinadi.