KONCHILIK ISHI FAKULTETI
Xasanov Obid Abdullayevich
Lavozimi: Fakultet dekani
Ilmiy darajasi:
Qabul vaqti: Seshanba: 15.00-17.00 Payshanba: 15.00-17.00
Telefon: +99893 187 15 00
Abdisattorov Davron Nazirxo’jaevich
Lavozimi: O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Ilmiy darajasi:
Telefon: +99893 392 90 19
Eronov Samarbek Qurbonnazarovich
Lavozimi: Yoshlar ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
Ilmiy darajasi:
Telefon: +99894 428 98 80
- METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
- FAKULTET KAFEDRALARI
- KAFEDRA MUDIRLARI
- ILMIY SALOHIYAT
- FAKULTET TALABALARI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3153-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 516-sonli buyrug‘i hamda Islom Karimov nomidagi TDTU rektorining 2017-yil 4-avgustdagi 01/9-05-520-sonli buyrug‘iga binoan Olmaliq shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil qilindi va uning tarkibiga Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti ham kiritilgan edi.
Konchilik ishi va metallurgiya fakultetiga D.N.Abdisattorov dekan lavozimiga filial direktori buyrug‘iga binoan 2019-yil 3-yanvardan tayinlandi. 2018-yil 02.10dagi 01/9-17-175-sonli filial direktorining buyrug’iga asosan dekan lavozimida 2019-yil 3-sentyabrgacha faoliyat ko‘rsatdi. 2019-yil 3-sentyabrdan 2022-yil 1-avgust oyigacha Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti dekani lavozimida dotsent Yu.P.Isomatov faoliyat ko’rsatgan.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali qamrovining ortishi va talabalar sonining ortganligi sababli filial ilmiy kengashi qarori va filial direktorining 2022-yil 08-avgust №01/9-05-153- sonli qaroriga asosan filialda uchta fakultet tashkil topdi, jumladan Konchilik ishi, Metallurgiya va kimyotexnologiyalar hamda Energetika va mashinasozlik fakultetlari.
Konchilik ishi fakultetiga PhD Xasanov Obid Abdullayevich dekan lavozimiga filial direktorining 2022–yil 17-avgustdagi №01/9-17-178-sonli buyrug‘iga binoan tayinlandi.
Konchilik ishi fakulteti tarkibida mutaxassislik kafedralaridan:
Konchilik ishi, Konchilik elektromexanikasi kafedralari hamda nomutaxassislik kafedralaridan Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar, O‘zbek tili va adabiyoti kafedralari mavjud.
2021-yil 2-iyunda o‘tkazilgan TDTU Olmaliq filiali Kengashi qaroriga (bayonnoma №10) binoan filial fakultetlari tarkibidagi kafedralarni qayta taqsimoti bo‘yicha Konchilik ishi fakulteti tarkibida hozirgi kunda quyidagi kafedralar faoliyat yuritmoqda:
MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI
- Konchilik ishi kafedrasi
- Konchilik elektrmexanikasi kafedrasi
NOMUTAXASSISLIK KAFEDRALARI
- O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
- Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi
FAKULTET TARKIBIDAGI KAFEDRALARDA QUYIDAGI PROFESSOR – O‘QITUVCHILAR KAFEDRA MUDIRI SIFATIDA FAOLIYAT YURITMOQDA:
- Konchilik ishi kafedrasi – Xasanov Adxam Amanqulovich
- Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi –
- Konchilik elektrmexanikasi kafedrasi – Shoyimov Yo’lchi Yusupovich
- O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi – Axmedova Vaziraxon Asqarovna
FAKULTET BO‘YICHA PROFESSOR – O‘QITUVCHILARNING TAQSIMOTI VA ILMIY SALOHIYATI
№ | Bo‘limlar | Fan doktori yoki professor | Fan nomzodi, PhD yoki dotsent | Katta o‘qituvchi | Assistent |
Dekanat | – | 1 | 2 | 1 | |
Konchilik ishi kafedrasi | 1 | 5 | 8 | 10 | |
Konchilik elektrmexanikasi kafedrasi | – | 2 | 4 | 8 | |
Umumkasbiy va iqtisodiy fanlar kafedrasi | – | 4 | 6 | 7 | |
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi | – | 2 | 2 | 8 | |
Jami: | 1 | 14 | 22 | 34 |
2022/2023 o‘quv yilida talabalar kontingenti quyidagicha:
№ | Kafedralar | Kunduzgi | Kechki | Magistrlar | Jami |
1 | Konchilik ishi | 435 | 138 | 12 | |
2 | Konchilik elektrmexanikasi | 194 | 145 | ||
Fakultet bo‘yicha | 629 | 283 | 12 | 924 |