O’quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i
PARMONOV SARVAR TOSHPO’LATOVICH
Lavozimi : O’quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i
Ilmiy darajasi : Dotsent, DSc
Qabul vaqti: 9:00 dan 17:00 gacha
Telefon : +998-94-224-00-05
E-mail : info@tdtuof.uz
MEHNAT FAOLIYATI
2011 -2015 yy. Navoiy davlat konchilik instituti talabasi
2015-2017 yy. Navoiy davlat konchilik instituti magistranti
2017-2018 yy. Navoiy kon – metallurgiya kombinati Markaziy ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi apparatchigi
2018-2020 yy. Navoiy kon – metallurgiya kombinati Markaziy loyihalash byurosi texnologik guruhi muhandisi
2017-2022 yy. Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali metallurgiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
2020-2022 yy. Toshkent davlat texnika universiteti “Materialshunoslik” kafedrasi tayanch doktoranti
2020-2023 yy. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi
2022-2023 yy. Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali “Metallurgiya” kafedrasi v.b dotsenti
2023-2025 yy. Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi mudiri
2025-y h.v Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i
OʻQUV-USLUBIY BOSHQARMA BOSHLIGʻINING LAVOZIM VAZIFALARI:
- Boʻlim faoliyati va xodimlar mehnatini tashkil qilish;
- Boʻlimning ish rejalarini tuzish va ularning ijrosini ta’minlash;
- Filialda dekanatlar, kafedralar, boʻlimlarning oʻquv-uslubiy faoliyatlarini muvofiqlashtirish;
- Oʻzbekiston Respublikasining Ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlari, shuningdek, rektor buyruqlarining ijrosini ta’minlash;
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumati tomonidan qabul qilingan Farmon va Qarorlar mazmunini kafedralarga, professor-oʻqituvchilarga va talabalarga yetkazib borilishida ishtirok etish;
- Filialning Kengashi, markaziy uslubiy hay’ati, fakultetlar ilmiy kengashlarining oʻquv jarayonini tashkil qilish va ta’minlash haqidagi qarorlarining bajarilishini nazorat qilish va muvofiqlashtirish;
- Bakalavriat talabalarining Davlat attestatsiyalari va magistratura talabalarining bitiruv malakaviy ishlari himoyalarini tashkil qilish va oʻtkazishda ishtirok etish;
- Oʻquv jarayonini ta’minlash masalalari boʻyicha oʻquv-yordamchi xodimlar va oʻquv ishlari boʻyicha mas’ullar faoliyatini shakllantirish;
- Filialni bitiruvchi mutaxassislarni ishga taqsimlash va yoʻnaltirish boʻyicha tadbirlarni oʻtkazishda ishtirok etish;
- Dekanatlarning oʻquv yili boʻyicha hisobotlarini umumlashtirish va institutning oʻquv ishlari boʻyicha yillik umumiy hisobotini tuzish;
- Ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha “Ishchi oʻquv reja”lari va “Oʻquv jadval”larini tuzish;
- Ta’lim yoʻnalishlarining oʻquv yili uchun “Dars jadval”larini ishlab chiqilishini shakllantirish va tashkil qilish;
- Talabalar kontingentining yillik hamda chorak hisobotlari tayyorlanishini ta’minlash;
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015- yil 20- avgustdagi 242-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari toʻgʻrisida”gi Nizomga asosan malaka oshiruvchi pedagoglar kontingentini shakllantirish hamda rejalar ishlab chiqish, pedagoglarni malaka oshirish institutlari va markazlariga reja asosida yuborishni ta’minlash;
- Malaka oshirish institutlari va markazlarida yakuniy imtihonlardan oʻtmagan pedagoglarni qayta oʻqishlarini nazorat qilish va natijalari toʻgʻrisida direktorga ma’lumot taqdim qilish;
- Talabalarga stipendiyalar tayinlanishining qonuniyligini va xolisonaligini tekshirish ishlarida ishtirok etish;
- Talabalar bilimini baholash reyting tizimining shaffofligini ta’minlash yuzasidan rejali tekshirishlarda ishtirok etish;
- Professor-oʻqituvchilar tomonidan yillik shaxsiy rejalarida belgilangan oʻquv-uslubiy ishlarining haqiqiy ijrosini ta’minlash;
- Professor-oʻqituvchilar tomonidan amaliy mashgʻulotlar, ma’ruzalar va oʻquv mashgʻulotlarini belgilangan oʻquv jadvali va rejasi asosida oʻtkazilishini shakllantirish va tashkil etish;
- Talabalarning akademik qarzdorliklari va oʻzlashtirishlari holatini tahlil qilib borish va tegishli takliflar tayyorlash;
- Axborot kommunikatsion texnologiyalarini puxta bilishi;
- Filialning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq qoidalari va kiyinish madaniyati talablariga rioya qilish;
Bilishi kerak:
- Oʻzbekiston Respublikasining Ta’limga oid Qonunlari, Prezident Farmonlari, Farmoyishlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Hay’at Qarorlari, buyruqlarining mohiyatini bilishi.
Malaka talablari:
- Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur boʻlgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlariga, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va stajiga, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim va koʻnikmalarga;
- Namunaviy shaxsiy fazilatlarga-intellekt, madaniyatli, yetakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlariga ega boʻlish, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlariga;
- Oliy ma’lumotga ega boʻlishi;
- Boʻlim yoʻnalishi boʻyicha kamida 3 yillik samarali ish stajiga ega boʻlishi zarur.