Flat Preloader Icon Loading...

Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo’limi

rahmonov o ktam kamolovich

RAHMONOV O‘KTAM KAMOLOVICH

Lavozimi : Bo‘lim boshlig‘i
Ilmiy darajasi : 
Qabul vaqti : Seshanba: 15.00-17.00 Payshanba: 15.00-17.00
Telefon : +998

TDTUOF logo1

ToshDTU Olmaliq filiali Ilmiy tadqiqot va ilmiy pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi universitetning tarkibiy bo‘limi hisoblanadi.

Bo’limning asosiy maqsadi – mamlakat ilm-fani taraqiyotini yanada rivojlashtirish maqsadida Respublika iqtisodiyotini ustuvor yo’nalishlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishni yo’lga qo’yib, falsafa doktori (Doktor of Philosophy) va fan doktori (Doktor of Science)larini tayyorlash orqali ToshDTU Olmaliq filialida ilmiy salohiyatni yuksaltirishdan iborat. 

– filial professor-o’qituvchilari tomonidan kunning ikkinchi yarmida kafedralarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish va ish yurituvchi hujjatlarning to’g’ri olib borilishini nazorat qilib borish;

– fundamental va ilmiy-amaliy tadqiqotlar, innovatsion loyiyhalar tanlovlarida professor-o’qituvchilarning ishtirok etish uchun yil davomida fakultet dekanlari, kafedra mudirlari, yetakchi professor-o’qituvchilar va yosh olimlar bilan hamkorlikda ishlash;

– tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul qilish rejasini ishlab chiqish O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilangan buyruq asosida tuzish;

– doktorantlar va mustaqil izlanuvchilarning doktorlik dissertaciyasi mavzularini respublika iqtisodiyotining ustuvor yo’nalishlari bo’yicha amalga oshiriladigan fundamental va amaliy,  innovacion loyihalar hamda xo’jalik shartnomasi bo’yicha olib borilayotgan ilmiy loyihalar yo’nalishlariga mos bo’lishini ta’minlash;

– doktorantlar hamda mustaqil izlanuvchilarning yillik ish rejalari asosida attestatsiyadan o’z vaqtida o’tishlarini ta’minlash;

– professor-o’qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar tomonidan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-texnik ishlanmalarni bajarish va ularning natijalarini amaliyotga joriy etish ishlarida ko’maklashish;

– doktorant va mustaqil izlanuvchilar uchun ilmiy seminarlar va o’quv-treninglar tashkil qilish;

– ToshDTU Olmaliq filialida falsafa doktori (Doktor of Philosophy) ilmiy darajasini oluvchi talabgorlar uchun malakaviy imtihon topshiriladigan fanlardan o’quv mashhulotlarini reja asosida tashkil etish;

– yosh olimlar uchun ilmiy mavzulari bo’yicha mo’ljallangan ihtiro va tuziladigan EHM dasturlariga me’yoriy hujjatlar olishlari uchun sharoitlar yaratish;

– yosh olimlarni ilmiy yo’nalishlari bo’yicha chet el etakchi oliy o’quv yurtlari, ilmiy markazlari va ishlab chiqarish korxonalariga stajirovka va hizmat safariga yuborishni tashkil qilish.

Univеrsitеtda quyidagi yo’nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

  • Konchilik ishi
  • Metallurgiya
  • Mashinasozlik texnologiyasi
  • Elektrotexnika va elektromexanika
  • Kimyoviy texnologiyalar

Scroll to Top