Flat Preloader Icon Loading...

Konchilik elektr mexanikasi kafedrasi

Shoyimov Yolchi

Shoyimov Yo‘lchi Yusupovich

Lavozimi : Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi : Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Qabul vaqti : Seshanba: 15.00-17.00 Payshanba: 15.00-17.00
Telefon : 

TDTUOF logo1
MAN HUMAN 1

Nosirov Nurzod Ixtiyorovich

Lavozimi : O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Ilmiy darajasi : PhD
Telefon : +99893 608 09 10 

MAN HUMAN 1

Xabibullayev Bexzod Abdusobir o’g’li

Lavozimi : Yoshlar ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
Ilmiy darajasi : 
Telefon : +99899 300 15 35 

O’tgan asrning 50-yillarida O’zbekistonda yirik rangli metall foydali qazilma konlari aniqlanib bularni qazib olish, boyitish fabrikalari hamda metallurgiya zavodlarining qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, 60-yillarda ushbu rejani amalga oshirish ishlari boshlab yuborildi. Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati,”O‘zbekoltin”birlashmasiga qarashli Chodak, Angren, Marjonbuloq konlari va rudalarini boyitish fabrikalari hamda Respublikamizning g’arbiy mintaqasida esa Navoiy kon- metallaurgiya kombinati tashkil topdi. Bu davrda Bekobod metallurgiya zavodi, Chirchiq o’tga chidamli va qiyin eruvchi metallar (volfram va molibden) ishlab chiqarishga mo’ljallangan kombinat faoliyat ko’rsatib kelayotgan edi.Ushbu konlarda, fabrikalarda, zavodlarda ishlash uchun mutaxassis-injener konchilar, boyituvchilar hamda metallurglar tayyorlash davr talabiga aylangan bo’lib, u vazifa bilan Toshkent politexnika instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) “Konchilik” fakulteti shug’ullanar edi.

Sobiq Sovet davlati rahbarining “Oliy o’quv yurtlari ishlab chiqarish korxonalariga yaqin hududlarga ko’chirilsin” degan qaroriga binoan Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kunduzgi “Kon – metallurgiya fakulteti” 1963-yil sentyabrda Olmaliq shahriga ko’chirildi va dekan lavozimiga                      U.A.Isomuxamedov tayinlandi.

1967-yil sentyabrida Olmaliq kon-metallurgiya fakultetining kunduzgi bo’limi qayta Toshkent politexnika institutiga ko’chirildi. Fakultet dekani U.A.Isomuxammedov Toshkent politexnika institutiga o’quv ishlari bo’yicha prorektor lavozimiga o’tkaziladi. Olmaliq shahrida esa Toshkent politexnika institutining Olmaliq kon-metallurgiya fakultetining kechki bo’limida o’qiydigan talabalar qoldirildi.

Kechki Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti 1963-yildan 1995-yilgacha faoliyat ko’rsatdi. Fakultetga 1963-1967-yillarda I.Inagamov, 1967-1976-yillarda J.S.Jaymugammedov, 1976-1981-yillarda I.I.Inagamov, 1981-1993-yillarda A.A.Yusupxojaev, 1993-1998-yillar M.M.Xolmatovlar dekan vazifasida rahbarlik qilishgan. 1995-yil 3-iyundagi Prezident qarori bilan oliy o’quv yurtlarining viloyatlardagi kechki bo’lim fakultetlari va filiallari tugatildi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh direktori va Olmaliq shahar hokimining takliflari inobatga olinib, hamda Ta’lim muassasalariga qabul qilish bo’yicha Davlat komissiyasining 2001-yil uchun 18-iyuldagi 4-sonli majlisi bayonnomasi, Navoiy davlat konchilik instituti ilmiy kengashining 2001-yil 27-sonli majlis qarori asosida Navoiy davlat konchilik instituti rektorining 2001-yil   2-avgustdagi 1/68-sonli buyrug’iga binoan Olmaliq shahrida Navoiy davlat konchilik institutining kunduzgi Olmaliq kon- metallurgiya fakulteti ochilgan. Fakultet dekani etib dotsent A.S.Xasanov tayinlangan va u bu lavozimda 2012- yilgacha faoliyat yuritdi.

2012-2013-yillarda dotsent T.V.Botirov, 2013-2017-yillarda dotsent D.B.Xoliqulov fakultet dekani lavozimida ishladi.

Navoiy davlat konchilik instituti tarkibida Olmaliq kon- metallurgiya fakulteti ochilgan yili “Umumtexnika fanlar” kafedrasi faoliyat ko’rsatib, ularda “Konchilik ishi” , “Konchilik elektromexanikasi” va “Metallurgiya” bakalavr  yo’nalishlardagi talabalar tahsil olgan. Kafedra mudiri etib dotsent E.X.Xakimov tayinlangan. “Gumanitar fanlar” kafedrasiga katta o’qituvchi Z.T.Xudayberdiyeva kafedra mudiri etib tayinlangan.

2004-yil sentyabr oyidan 3 ta kafedra ya’ni “Konchilik elektrotexnikasi”, “Konchilik ishi” va “Metallurgiya va foydali qazilmalarni boyitish” kafedralari faoliyat yurita boshladi. “Metallurgiya va foydali qazilmalarni boyitish” kafedra mudiri lavozimiga professor S.Abduraxmonov tayinlandi. 2010 yilda esa fakultetda “Kimyoviy texnologiya” yo’nalishi bo’yicha talabalar qabul qilinganligi va shu yo’nalish bo’yicha mutaxassislar tayyorlash “Metallurgiya va foydali qazilmalarni boyitish” kafedrasiga yuklatilganligi sababli kafedraning nomi “Metallurgiya va kimyoviy texnologiya” ga o’zgartirildi.

Olmaliq kon-metallurgiya fakultetining “Konchilik ishi va konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi institut rektorining 1-iyun 2004-yildagi 1/61 – sonli buyrug‘i bilan tashkil qilingan bo‘lib, 2004-yilning 1 – sentyabridan o‘z faoliyatini boshlagan.

Ushbu kafedraga birinchi bo‘lib, 2003-2006-yillar t.f.n. dotsent Mutalov Abduhamid Mutalovich rahbarlik qildi. 2006-2011-yillar katta  o‘qituvchi  Anarboev Sulton Akkulovich kafedraga rahbarlik qildi.

“Konchilik ishi va konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi institut rektorining 09.07.08 yildagi 1/150 – sonli buyrug’iga asosan, alohida “Konchilik ishi” va “Konchilik elektr mexanikasi” kafedralariga bo‘lindi. 2011-yildan boshlab “Konchilik elektr mexanikasi” yo‘nalishi vazirlik buyrug‘iga asosan “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” deb nomlandi.

2011-2015-yillarda katta  o‘qituvchi Mo‘minov Maxmudjon Umurzakovich  kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatdi. 2015-yil yanvar oyidan  2017-yil avgust oyigacha  “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” kafedrasini t.f.n. Rayxanova Galiya Eleubaevna boshqarib kelgan.  

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muxandis texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari tog’risidagi PK- 3153-sonli qaroriga asosan, O’zbekistan Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 516-sonli buyrug’i, hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektorining 2017- yil 4-avgustdagi 01/9-05-520-sonli buyrug’iga binoan Olmaliq shahrida “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali” tashkil qilindi va filialda Prezident qaroriga (PK-3153-sonli) 1-ilovada ko’rsatilgan 2 ta fakultet: ’’Konchilik ishi va metallurgiya” hamda ’’Energetika va mashinasozlik” fakultetlari, ularning tarkibida esa bakalavriat yo’nalishlari bo’yicha kafedralar tashkil qilindi.

“Konchilik ishi va metallurgiya” fakultetiga D.N.Abdusattorov dekan lavozimiga filial direktori buyrug’iga binoan tayinlandi va u 2019-yil  3-sentyabrgacha faoliyat ko’rsatdi.

2019-yil 3-sentyabrdan hozirgi kungacha ’’Konchilik ishi va metallurgiya” fakulteti dekani lavozimida Yu.P.Isomatov ishlab kelmoqda.

“Energetika va mashinasozlik” fakultetiga, O.E.Sattorov dekan lavozimiga filial direktori buyrug’iga binoan tayinlandi va shu kungacha ishlab kelmoqda.

2017-yil sentabr oyidan hozirgi kungacha  “Elektr texnika va  elektr mexanika” kafedra mudiri lavozimida  Ganiyev  Sarvar  Tursunboy  o’g’li  faoliyat yuritib kelmoqda.  Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali 04.09.2020-yildagi 1-sonli kengash qarori 17.04.2021-yildagi 01/9-05-137 Olmaliq filiali direktorini qaroriga muvofiq “Elektr texnika va  elektr mexanika” kafedrasidan “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi ajralib chiqdi. “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi mudiri lavozimida  Rismuxamedov Dauletbek Amanovich faoliyat yuritib kelmoqda. D.A.Rismuxamedov faoliyatining dastlabki kunlaridan asosiy e’tiborni ta’lim sifatini oshirish, xalqaro aloqalarni rivojlantirish hamda ilmiy faoliyat natijadorligi va samaradorligini oshirishga alohida e’tibor qaratdi. D.А Rismuxamedov rahbarligida yangi talablar asosida “Konchilik elektr mexanikasi” ta’lim yo‘nalishi uchun jahonning ilg‘or tajribalari asosida o‘qitishning yangi texnologiyalarini o‘zida aks ettirgan davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalar, fan dasturlari ishlab chiqildi.

Hozirgi kunga kelib “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasida 2 ta dotsent , 1 ta katta o’qituvchi va 6 ta assistentlar faoliyat olib bormoqda.

Kafedra tashkil topgan ilk davrdan boshlab bugungi kunga qadar asosiy kadr iste’molchilari bo‘lgan sanoat korxonalari bilan samarali hamkorlik qilib keladi. Kafedrada kurs ishi (loyiha)lari, bitiruv malakaviy ishlari,  falsafa doktorligi va fan doktorligi dissertatsiyalari hamkor korxonalarining texnologik muammolari doirasida bajariladi. Talabalarning malakaviy amaliyotlari ham aynan shu korxonalar bazasida o‘tkaziladi. Bu o‘z navbatida mustaqil izlanuvchilar, doktorantlar ilmiy ishlari bilan yanada samarali shug‘ullanishlari uchun imkon yaratmoqda.

 Kafedra tog’-kon sanoati tashkilotlari bilan mustahkam aloqa o’rnatgan.

Kafedra “Olmaliq KMK” AJ, “Ohangaronsement” AJ, “IES” AJ, “Toshkent IES” AJlari bilan hamkorlik aloqalari olib bormoqda. “Olmaliq KMK” AJ ishlab chiqarish korxonalarida talabalar tanishuv, malakaviy, bitiruv oldi amaliyotlarini o‘tashadi va bevosita dars jarayonlarida ishtirok etishadi. Bundan tashqari “Olmaliq KMK” AJning ishlab chiqarish korxonalarida mavjud muammolar yuzasidan filialimizda ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi.

 Xususan “Olmaliq KMK” AJ bosh mutaxasislari kafedra uchun talabalar faoliyatidan kelib chiqqan holda hamkorlik qilib kelishmoqda. Kafedraning professor-o’qituvchilari kafedra ahillik bilan yuzaga kelgan muammolarni hal qilishda jips bo’lib ishlab kelishmoqda. Oxirgi yillarda yosh kadrlar kafedraga jalb qilinmoqda.  Kafedra a’zolari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti  tomonidan uyishtirilayotgan ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda.

  1. G’.G’.  Muratov,  R.U.  Djuraev,  A.Sh.  Jurayev, D.N. Xatamova, R.K. Maxamadjonov, Yu.Yu. Shoyimovlar tomonidan “ Skvajinalarni  havo  bilan  tozalab  burg’ulashda  harorat  rejimlarini normallashtirish”  mavzusida monografiya
  2. G‘.G‘.Muratov, A.L.Haqberdievlar tomonidan “Taqsimlanggan generatsiya yordamida elektr energiyasi tarmoqlarining normal va avariyali rejimlarini avtomatik boshqarish usullarining ayrim yechimlari” mavzusida monografiya
  3. Muratov G.G, Maxamadjanov R.K., Anorboyev S.A, G’aniyev S.T.Shoyimov Y.YU., ELEKTR APPARATLARI VA AVTOMATLASHTIRISH VOSITALARI “O’quv qo’llanma” Olmaliq “VNESHINVESTPROM”2020
  4. Murotov G‘.G‘., Mahamadjonov R.K., Shoyimov Y.Yu., Tog‘aev A.S.lar tomonidan bakalavriaturaning 5312200 – Konchilik elektromexanikasi ta’lim yo‘nalishi uchun «Elektr apparatlari va avtomatlashtirish vositalari» fanidan amaliy ishlar bo‘yicha tuzgan uslubiy ko‘rsatmasi
  5. Murotov G‘.G‘., Mahamadjonov R.K., SHoyimov Y.Yu., Tog‘aev A.S.lar tomonidan bakalavriaturaning 5312200–Konchilik elektromexanikasi ta’lim yo‘nalishi uchun «Электроснабжение и электрификация горных предприятий» fanidan kurs ishini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmasi
  6. Murotov G‘.G‘., Mahamadjonov R.K., Shoyimov Y.Yu., Tog‘aev A.S.lar tomonidan bakalavriaturaning 5312200–Konchilik elektromexanikasi ta’lim yo‘nalishi uchun «Transport mashinalari» fanidan kurs loyihasini bajarish uchun tuzilgan uslubiy ko‘rsatmasi
  1. D.A.Rismuxamedov va boshqalar Polyusopereklyuchaemaya obmotka dlya dvuxskorostnoy elektricheskoy mashinы  Patent na izobretenie № IAP 05385, 23.03.2017 g.
  2. D. A.Rismuxamedov va boshqalar Trexfaznaya polyusopereklyuchaemaya obmotka s sootnosheniem par polyusov 5/6. Patent na izobretenie № IAP 05697 30.11.2018
  3. D. A.Rismuxamedov va boshqalar Trexfaznaya polyusopereklyuchaemaya obmotka s sootnosheniem par polyusov 5/6. Patent na izobretenie № IAP 05698 30.11.2018
  4. D. A.Rismuxamedov va boshqalar. Trexfaznaya polyusopereklyuchaemaya obmotka s sootnosheniem par polyusov 5/6 pri 108 pazax statora. Patent na izobretenie № IAP 6182 31.03.2020
  5. D. A.Rismuxamedov va boshqalar Trexfaznaya polyusopereklyuchaemaya obmotka s sootnosheniem par polyusov 5/6 pri 90 pazax statora. Patent na izobretenie IAP 06183 31.03.2020
  6. D. A.Rismuxamedov va boshqalar. Trexfaznaya polyusopereklyuchaemaya obmotka s sootnosheniem par polyusov 2/5 pri 30 pazax statora Patent na izobretenie № IAP 06203 30.04.2020
  7. D. A.Rismuxamedov va boshqalar Trexfaznaya  polyusopereklyuchaemaya  obmotka na 10/12 polyusov Patent na izobretenie IAP 06466 30.04.2021
  8. D. A.Rismuxamedov Eksperimentalnoe issledovanie elektroprivoda ventilyatora na baze dvuxskorostnogo dvigatelya v dinamicheskix rejimax  Jurnal “Problemы energo- i resursosberejeniya». -Tashkent, 2020. № 3-4. -S. 239-244.
  9. D. A.Rismuxamedov Razrabotka i issledovanie polyusopereklyuchaemыx obmotok na blizkoe sootnoshenie polyusov Jurnal “Problemы energo- i resursosberejeniya». -Tashkent, 2021. № 1. -S. 74-84.
  10. D.A.Rismuxamedov va boshqalar Dvuxskorostnoy asinxronnыy elektrodvigatel s novoy polyusopereklyuchaemoy obmotok. V sbornike nauchnыx trudov V mejdunarodnoy nauchno-texnicheskoy konferensii “Elektroprivod, elektrotexnologii i elektrooborudovanie predpriyatiy”, 15-18 aprelya 2020, g. Ufa. -S.40-45.
  11. D.A.Rismuxamedov va boshqalar Proektirovanie i modelirovanie asinxronnogo elektrodvigatelya s pomoщyu programmы MAXWELL O‘zbekistonda ilmiy amaliy tadqiqotlar mavzusidagi respublika 15-ko‘p tarmoqli ilmiy masofaviy onlayn konferensiya. 30 aprel 2020 y. Toshkent, -B. 220-222.
  12. D. A.Rismuxamedov va boshqalar Postroenie polyusopereklyuchaemoy obmotki metodom diskretno-zadannыx prostranstvennыx funksiy. Problemы i perspektivы innovatsionnoy texniki i texnologiy v agrarnom-piщevom sektore. –Tashkent, TashGTU, 24-25 aprelya, 2020 god, -S. 670-671
  13. D. A.Rismuxamedov va boshqalar YUk ko‘tarish mexanizmlari uchun qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘am ishlab chiqish Ilm-fan, ta’lim va ishlab chiqarishning innovatsion rivojlantirishdagi zamonaviy muammolar» mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. Andijon 2020, -B.56-62.
  14. D.A.Rismuxamedov va boshqalar Modelirovanie asinxronnogo elektrodvigatelya s pomoщyu programmы ANSYS MAXWELL RMXPRT Effektivnost primeneniya  innovatsionnыx texnologiy i texniki v selskom i vodnom xozyaystve: Sbornik nauchnыx trudov mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy onlayn konferensii. Buxarskiy filial TIIIMSX. 25-26 sentyabr 2020 god -S.78-81.
  15. D. A.Rismuxamedov va boshqalar Yuk ko‘tarish transport mexanizmlari uchun ikki tezlikli qutblar soni o‘zgaruvchan chulg‘am ishlab chiqish Elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash hamda undan oqilona foydalanishning dolzarb muammolari mavzusida respublika ilmiy-texnikaviy anjumani. Toshkent, 2020. -B.105-108.
  16. Shoyimov Y. Yu., Muratov G.G., Maxamadjanov R. K., Tog‘ayev A.S.   “Monitoring the parameters of the operating mode of high voltage electrical networks”, International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. Vol. 7, Issue 11, November 2020 ISSN: 2350-0328  4 bet
  17.  Tog‘ayev A.S. Muratov G.G., Shoyimov Y. Yu., Maxamadjanov R. K. “Monitoring the parameters of the operating mode of high voltage electrical networks”, International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. Vol. 7, Issue 11, November 2020 ISSN: 2350-0328  4 bet
  18. Tog‘ayev A.S. “ELEKTROMAGNITLI VA SIG’IMLI DATCHIKLAR”, “TA’LIM FIDOYILARI” JURNALI. 3-SON O’zbekiston. Aprel 2021 4 bet
  19.  Tog‘ayev A.S. “Pogonnыe parametrы liniy elektricheskix setey”, 2 th  International Multidisciplinary Scientific Conference on Ingenious Global Thoughts Hosted from Berlin, Germany. April  30 th  2021 3 bet
  20.  Tog‘ayev A.S. “Preobrazovanie analogovogo signala v sifrovuyu formu”, Modern scientific challenges and trends, WARSAW, POLAND. 7-9 May 2021 4 bet ISBN 978-83-949403-3-1
  21. Muratov G.G, Juraev A.SH., Matkasimova Sh. Sh.,Maxamadjanov R.K., Abdunazarova  Usovershenstvovanie sxem avtomatizatsii lentochnыx konveyerov v gornыx predpriyatiyax jurnal « Nauka, texnika,  obrazovaniya» № 6 (47), 2018 god. Sayt jurnala:http: //3MINUT.RU
  22. Mirsaidov G.M., Matkasimova Sh. Sh., Primenenie konveyernogo transporta pri transportirovanii vskrыshnыx porod v usloviyax razreza Angrenskiy elektronnыy  nauchnыy jurnal E- journal Vыpusk №5. Sayt jurnala: http: //E-journal.uz
  23. Baratova G.T. Matkasimova Sh. Sh., Mechanical damage the effect of parameters of solar panels. Oliy ta’lim muassasasi miqiyosida ilmiy-amaliy anjumani Ilmiy maqolalar to‘plami Toshkent 2020 O‘zMU,2020-225 b
  24. Matkasimova Sh. Sh., Usmanaliyeva I.A., G‘ulomov Sh.A. Karyer ekskavatorlarining filtrokompensatsiya uskunali tiristorli dvigatel rostlash qurilmasidan foydalanish istiqbollari Nauchnыy jurnal “Science and Education”  Tom 2, nomer 6, 263-268 str
  25. Matkasimova Sh.Sh., Quvondiqov O.A., Otajonov B. Analysis and calculation of the operating time of the conveyor transport for the conditions of the Angren open pit The American Journal of Engineering and Technology Tom 3, nomer 6, 160-164 str
  26. Eshonqulov K.E. Annaqulov T.J. Mamatov D.Yu. Application of belt conveyors and determination of the main parameters of mobile complexes for the transportation of overburden rock of the Angren coal mine “International Journal of Emerging Trends in Engineering research”
  27. Eshonqulov K.E. Annaqulov T.J. Toshov J.B. Quvandiqov O.A. Calculation of the service life nand assessment of the reliability of conveyor rollers under the conditions of the Angren coal mine “Asian Journal of Multidimensional Reserch”

Scroll to Top