METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
MIRXAMITOVA DILOROM XUDOYBERDIYEVNA
Lavozimi : Fakultet dekani
Ilmiy darajasi : Professor
Qabul vaqti : Seshanba: 15.00-17.00 Payshanba: 15.00-17.00
Telefon : +99893 569 88 12
Nosirov Nurzod Ixtiyorovich
Lavozimi: O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Ilmiy darajasi: PhD
Telefon: +99893 608 09 10
Xabibullayev Bexzod Abdusobir o’g’li
Lavozimi: Yoshlar ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari
Ilmiy darajasi:
Telefon: +99899 300 15 35
- METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
- FAKULTET KAFEDRALARI
- KAFEDRA MUDIRLARI
- ILMIY SALOHIYAT
- FAKULTET TALABALARI
METALLURGIYA VA KIMYOVIY TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI TO‘G‘RISIDA MA’LUMOT
O‘tgan asrning 50-yillarida O‘zbekistonda yirik rangli metalli foydali qazilma konlari aniqlanib, bularni qazib olish, boyitish fabrikalari hamda metallurgiya zavodlarining qurilishi rejalashtirilgan, 60-yillarda ushbu rejani amalga oshirish ishlari boshlab yuboriladi. Jumladan, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, “O‘zbekoltin” birlashmasiga qarashli Chodak, Angren, Marjonbuloq konlari, rudalarini boyitish fabrikalari hamda respublikamizning g‘arbiy mintaqasida esa Navoiy kon-metallaurgiya kombinati tashkil topdi. Bu davrda Bekobod metallaurgiya zavodi hamda Chirchiq o‘tga chidamli va qiyin eruvchi metallar (volfram va molibden) ishlab chiqarishga mo‘ljallangan kombinat faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Ushbu konlarda, fabrikalarda, zavodlarda ishlash uchun mutaxassislar-injener konchilar, boyituvchilar hamda metallurglar tayyorlash davr talabiga aylangan bo‘lib u vazifa bilan Toshkent politexnika instituti (hozirgi Toshkent davlat texnika universiteti) Kon-metallurgiya fakulteti shug‘ullanar edi.
1958-1961 yillar ToshPIning Olmaliqda ochilgan maslahat maskaniga shahar reja qo‘mitasi raisi Yu.S.Petrosov rahbarlik vazifasida faoliyat olib bordi. 1961-yil Olmaliq maslahat maskani Olmaliq kon – metallurgiya fakultetiga aylantirildi. Olmaliq kon-metallurgiya fakultetini birinchi dekani etib A.P.Turchin tayinlandi va bu lavozimda 1963 yilgacha faoliyat ko‘rsatdi. Sobiq Sovet davlati rahbarining “Oliy o‘quv yurtlari ishlab chiqarish korxonalariga yaqin hududlarga ko‘chirilsin” nomli qaroriga binoan Toshkent politexnika instituti tarkibidagi kunduzgi Kon–metallurgiya fakulteti 1963-yil sentyabrda Olmaliq shahriga ko‘chiriladi va dekan lavozimiga U.A. Isomuhamedov tayinlandi.
1967-yil sentyabrida Olmaliq kon-metallurgiya fakultetining kunduzgi bo‘limi qayta Toshkentga ko‘chiriladi fakultet dekani U.A. Isomuhammedov ToshPIga o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor lavozimiga o‘tkaziladi. Olmaliq shahrida esa ToshPIning kechki Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tashkil qilinib, kechki bo‘limida o‘qiydigan talabalar qoldirildi. Mutaxassislik kafedralari Rangli metallar metallurgiyasi, “Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish texnologiyasi” va boshqa barcha kafedralar “Sikl”ga aylantirilib, Toshkentdagi Kon-metallurgiya fakultetining mutaxassislik kafedralari tasarrufida qoldiriladi. Kechki Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti tarkibida mustaqil kafedra sifatida “Foydali qazilmalarni boyitish”, “Marksizm-Leninizm”, “Umummuhandislik”, ”Chet-tillari” hamda “Sanoat qurilish” kafedralari tashkil qilingan. Foydali qazilmalarni boyitish kafedrasiga oldin dotsent V.N.Chazov, keyin M.Asqarovlar rahbarlik qilganlar.
Kechki Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti 1963-yildan 1995-yilgacha faoliyat ko‘rsatdi. Fakultetga 1963-1967 yillarda I.Inagamov, 1967-1976 yillarda J.C.Jaymugammedov, 1976-1981 yillarda I.I.Inagamov, 1981-1993 yillarda A.A.Yusupxojaev 1993-1998 yillar M.M.Xolmatovlar dekan vazifasida rahbarlik qilishgan. 1995 yil 3-iyundagi Prezident qarori bilan oliy o‘quv yurtlarining viloyatlardagi kechki bo‘lim fakultetlari va filiallari tugatildi. Shu jumladan Olmaliq fakulteti ham.
Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bosh direktori va Olmaliq shahar hokimining takliflari inobatga olinib hamda Ta’lim muassaslariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2001-yil 18-iyuldagi 4-sonli majlisi bayonnomasi, Navoiy davlat konchilik instituti ilmiy kengashining 2001-yil 27-sonli majlis qarori asosida Navoiy davlat konchilik instituti rektorining 2001-yil 2-avgustdagi 1/68-sonli buyrug‘iga binoan Olmaliq shahrida Navoiy davlat konchilik institutining kunduzgi Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti ochilgan. Fakultet dekani etib dotsent Xasanov A.S. tayinlangan va u bu lavozimda 2012-yilgacha faoliyat yuritdi.
2012-2013-yillarda dotsent T.V.Botirov, 2013-2017-yillarda dotsent D.B.Xoliqulov fakultet dekani lavozimida ishladi.
Navoiy davlat konchilik instituti tarkibida Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti ochilgan yili Umumtexnika fanlari kafedrasi faoliyat ko‘rsatib, unda Konchilik ishi, Konchilik elektr mexanikasi va Metallurgiya bakalavr yo‘nalishlardagi talabalar tahsil olgan. Kafedra mudiri etib dotsent Xakimov E.X tayinlandi. “Gumanitar fanlar” kafedrasiga katta o‘qituvchi Xudayberdieva Z.T. kafedra mudiri etib tayinlangan.
2004-yil sentyabr oyidan 3 ta kafedra ya’ni Konchilik ishi va Konchilik elektr mexanikasi hamda Metallurgiya va foydali qazilmalarni boyitish kafedralari faoliyat yurita boshladi. Metallurgiya va foydali qazilmalarni boyitish kafedra mudiri lavozimiga professor S.Abduraxmonov tayinlanadi. 2010-yilda esa fakultetda kimyoviy texnologiya yo‘nalishi bo‘yicha talabalar qabul qilinganligi va shu yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash Metallurgiya va foydali qazilmalarni boyitish kafedrasiga yuklatilganligi sababli kafedraning nomi Metallurgiya va kimyoviy texnologiyaga o‘zgartiriladi.
2004-2010-yillarda Konchilik ishi kafedrasi mudiri vazifasini 0,5st o‘rindoshlik sifatida Olmaliq kon-metallurgiya fakulteti dekani dotsent Xasanov A.S olib bordi. 2010-2012-yillarda Shamaev M.Q Konchilik ishi kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. So‘ngra 2012 -yildan 2016-yilgacha prof Xasanov A.S. kafedra mudiri lavozimida ishladi. 2016 -yildan esa kafedra mudiri lavozimiga prof. Shakarov B.Sh. tayinlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil “Toshkent viloyatida sanoat ishlab chiqarish sohasi uchun muhandis texnik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3153-sonli qaroriga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017-yil 4-avgustdagi 516-sonli buyrug‘i hamda Islom Karimov nomidagi TDTU rektorining 2017-yil 4-avgustdagi 01/9-05-520-sonli buyrug‘iga binoan Olmaliq shahrida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil qilindi va uning tarkibiga Konchilik ishi va metallurgiya fakulteti ham kiritilgan edi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali talabalar kontingentining ko‘payganligi sababli filial Kengashining 2022-yil 14-iyundagi 10-sonli qaroriga asosan Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti tashkil etildi.
FAKULTET KAFEDRALARI
Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti tarkibida mutaxassislik kafedralaridan, Metallurgiya va Kimyoviy texnologiya kafedralari hamda nomutaxassislik kafedralardan Fizika va kimyo hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mavjud.
MUTAXASSISLIK KAFEDRALARI
- Metallurgiya kafedrasi
- Kimyoviy texnologiya kafedrasi
NOMUTAXASSISLIK KAFEDRALARI
- Fizika va kimyo kafedrasi
- Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi
FAKULTET TARKIBIDAGI KAFEDRALARDA QUYIDAGI PROFESSOR – O‘QITUVCHILAR KAFEDRA MUDIRI SIFATIDA FAOLIYAT YURITMOQDA:
- Metallurgiya kafedrasi- Toshqodirova Ra’no Erkinjonovna
- Kimyoviy texnologiya kafedrasi- Po’latov G’olibjon
- Fizika va kimyo kafedrasi – Mirzaxmedov Rustam Mirhamidovich
- Ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi- Maxmudov Bexzod Xamidovich
FAKULTET BO‘YICHA PROFESSOR – O‘QITUVCHILARNING TAQSIMOTI VA ILMIY SALOHIYATI
№ | Bo‘limlar | Professor | Dotsent | Katta o‘qituvchi | Assistent | Jami |
1 | Dekanat | 1 | 1 | 0 | 1 | 3 |
2 | Metallurgiya kafedrasi | 1 | 5 | 2 | 6 | 14 |
3 | Kimyoviy texnologiya kafedrasi | 1 | 1 | 4 | 3 | 9 |
4 | Fizika va kimyo kafedrasi | 0 | 2 | 6 | 2 | 10 |
5 | Ijtimoiy gumnitar fanlar kafedrasi | 0 | 5 | 2 | 0 | 7 |
Jami: | 3 | 14 | 14 | 12 | 43 |
2022/2023 o‘quv yilida talabalar kontingenti quyidagicha:
№ | Yo‘nalishlar | Kunduzgi | Kechki | Magistrlar | Jami |
1 | Metallurgiya | 309 | 106 | 9 | 424 |
2 | Kimyoviy texnologiyalar | 303 | 53 | 356 | |
Fakultet bo‘yicha | 612 | 159 | 771 |