Flat Preloader Icon Loading...

FILIAL DIREKTORI

Samadov A

SAMADOV ALISHER USMANOVICH

Lavozimi : Direktor
Ilmiy darajasi: Texnika fanlari doktori, professor
Qabul vaqti: Ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha
Telefon: +99870 613 81 92
E-mail: a.samadov@tdtuof.uz

TDTUOF logo1

Tug’ilgan vaqti va joyi: 02.11.1966 yil, Samarqand viloyati Paxtachi tumani

O’quv muassasasi, tugatgan yili: Toshkent davlat texnika universitati, 1992 yil

Ilmiy darajasi, unvoni (berilgan yili): texnika fanlari doktori, 2017 y.

Dissertatsiya himoyasi (mavzusi, ixtisosligi, himoya vaqti, ixtisoslashgan kengash): “Qimmatbaho metallarni o’zgaruvchan ishlab chiqarish sharoitida qayta ishlash texnologik jarayonini boshqarish” 05. 13. 07 —Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va ishlab chiqarish 1997 yil, Toshkent davlat texnika universiteti qoshidagi D 067.07.01. “Kon-metallurgiya sanoatida hosil bo’lgan texnogen mahsulotlarni qayta ishlashga kompleks yondashishning o’ziga xos xususiyatlari” 04.00.14 – Foydali qazilmalarni boyitish 2017 yil.

Ilmiy-tadqiqot ishlari doirasi: Oltin, kumush, temir va kremniy ikki oksidini ajratib olish usullarini ishlab chiqish orqali, metallurgiya sohasida rangli, qimmatbaho va qora metall ishlab chiqarishni ko‘paytirishni ta’minlovchi kon-metallurgiya korxonalari texnogen mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqishdan, kon-metallurgiya korxonalari texnogen mahsulotlarini qayta ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarning tahlilini ta’minlashga qaratilgan.

Ilmiy, ilmiy-tashkiliy va pedagogik faoliyati bilan bog’liq boshqa biografik ma’lumotlar:

1982-1983 yy. – Samarqand viloyati Paxtachi tumani «Kommunizm» kolxozi kolxozchisi;

1983-1984 yy. – Samarqand viloyati Qishloq qurilish boshqarmasi suvoqchisi;

1984-1986 yy. – Muddatli harbiy xizmatda;

1986-1987 yy. – Samarqand viloyati Qishloq qurilish boshqarmasi suvoqchisi;

1987-1992 yy. – Toshkent politexnika instituti talabasi;

1992-1995 yy. – Toshkent davlat texnika universiteti aspiranti;

1996-1998 yy. – Toshkent shahri Iqtisodiyot va ishlab-chiqarish kuchlarini rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi;

1998-2006 yy. – “Fonon” ilmiy ishlab-chiqarish birlashmasi 1-sex tayyorlash bo‘limi va texnologik byurosi muhandis-metallurgi, 1-son sex boshlig‘i o‘rinbosari, bosh metallurgi; 2006-2012 yy. –“Fonon” ilmiy ishlab-chiqarish davlat korxonasi ishlab-chiqarish bo‘yicha direktori;

2012-2013 yy. – Toshkent davlat texnika universiteti metallurgiya kafedrasi dotsenti;

2013-2016 yy. – Toshkent davlat texnika universiteti magistratura bo‘limi boshlig‘i;

2016-2017 yy. – Toshkent davlat texnika universiteti metallurgiya kafedrasi dotsenti;

2017-h.v. – Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali direktori.

Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali direktor lavozim yo‘riqnomasi

OO‘MTVning 2011 yil 31 dekabridagi 530-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va tavsiya etilgan “Tarmoq tarif-malaka ma’lumotnomasi”  hamda  OO‘MTVning 2010 yil  1 iyuldagi 257-buyrug‘i asosida tasdiqlangan qoidalarga binoan ishlab chiqilgan

TDTU Olmaliq filiali direktori lavozim vazifalari:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish;
  • Oliy ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun va  Kadrlar tayyorlash milliy dasturida belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlash;
  • Oliy ta’lim muassasasi tarkibiy tuzilmasidagi barcha bo‘linmalar vakolatlarini belgilab berish, faoliyatlarini rejalashtirish, muvofiqlashtirish, boshqarish, oliy ta’lim muassasasining boshqaruv lavozimlariga munosib kadrlarni tayyorlash, xodimlarni tanlash, rahbarlik lavozimiga tavsiya etish va ishga qabul qilish;
  • Xodimlarni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ijtimoiy muhofazasini ta’minlash, intizomiy jazo choralarini qo‘llash;
  • Oliy ta’lim muassasalari daromadlarini shakllantirilishi va ulardan samarali foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
  • Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularning samaradorligini oshirish va tadqiqotlarning natijalarini amaliyotga keng joriy etish, oliy ta’lim, fan va ishlab chiqarishning o‘zaro integratsiyasini ta’minlash;
  • Uzluksiz ta’lim tizimi uchun yangi avlod o‘quv adabiyoti yaratish konsepsiyasi talablariga muvofiq  darsliklar va o‘quv-metodik adabiyotlar yaratilishi, tarjima qilinishi va nashr etilishini tashkil etish;
  • O‘quv-tarbiya jarayonida o‘qitishning ilg‘or shakllarini, shu jumladan, masofadan turib o‘qitish, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
  • Ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarga rahbarlik etish, xodimlar va talabalarda milliy g‘oyani shakllantirish;
  • Talabalikka, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi-izlanuvchilar institutiga qabul qilish, o‘qishdan chetlatish, tiklash, ichki tartibga rioya etilishini ta’minlash;
  • Professor-o‘qituvchilarning kasbiy malaka oshirishlarini ta’minlash;
  • Talabalar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar, ilmiy-pedagogik xodimlar uchun maishiy xizmat ko‘rsatish va boshqa turdagi sharoitlarni tashkil etish, ularning ijtimoiy himoyasini ta’minlash;
  • Fakultetlar va kafedralar faoliyati, o‘quv jarayoni, ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlari, boshqa turdagi mashg‘ulotlar sifatining doimiy nazorat etilishini ta’minlash;
  • Ta’lim muassasasida mutaxassislar tayyorlanadigan yo‘nalish va ixtisosliklar sohasining rivojlanish istiqbollarini aniqlashga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish (ilmiy-amaliy konferensiyalar o‘tkazish, xalqaro anjumanlarda ishtirok etish, axborot makonidan foydalanish sharoitlarini yaratish, fan-texnika, texnologiyalar rivojlanishiga taalluqli adabiyot, informatsion materiallarni keltirish), buning asosida davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari, o‘quv adabiyotlarini takomillashtirib borishni ta’minlash, ilmiy izlanishlarni yo‘naltirib borish;
  • Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o‘rganish, bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlili, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etish;
  • Oliy ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, oliy ta’lim muassasasi Ilmiy kengashiga rahbarlik qilish, oliy ta’lim muassasasining tarkibiy tuzilishini takomillashtirish, tarkibiy bo‘linmalarini tashkil etish, tugatish, o‘zgartirish;
  • Xorijiy hamkorlar bilan ilmiy-ijodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiya va grantlar jalb etilishini ta’minlash, qo‘shma korxona (kafedra, ilmiy markaz, ilmiy tadqiqotlar, loyihalar va h.k.)lar tashkil etish faoliyatini amalga oshirish;
  • Jamoat tashkilotlari, Vasiylar kengashi va boshqa shu kabi nodavlat tashkilotlar bilan hamkorlik faoliyatini olib borish;
  • Ta’lim jarayonini boshqarish bo‘yicha vakolatli organlar tomonidan belgilangan boshqa vazifalar ijrosini ta’minlash

Bilishi kerak:

O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi hamda Vazirlik buyruqlari, oliy ta’lim muassasasida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va tarbiya jarayonini belgilaydigan me’yoriy hujjatlarni bilishi.

Malaka talablari:

  • Oliy ta’lim muassasalarida boshqaruv lavozimida zarur bo‘lgan kasbiy va tashkilotchilik qobiliyatlari, ta’lim sohasida rahbarlik ish tajribasi va staji, faoliyat turi va vakolatlari doirasida tegishli bilim  va ko‘nikmalar;
  • Namunaviy shaxsiy fazilatlar-intellekt, madaniyat, etakchilik, ijodiy qobiliyatlar, xushmuomalalik, tashkilotchilik, tashabbuskorlik va tadbirkorlik qobiliyatlari, mas’uliyat hissi, mustaqil qaror qabul qilish va ish tutish, qat’iy harakat qilish, muassasa strategik maqsadlariga erishishni ta’minlash xususiyatlari;
  • OTMda bakalavr va magistrlar tayyorlash yo‘nalishlari va mutaxassisliklaridan biri bo‘yicha fan doktori yoki nomzodi ilmiy darajasi, professor yoki dotsent ilmiy unvoni;
  • Oliy ta’lim muassasasining tegishli boshqaruv bo‘g‘inlarida kafedra mudiri, fakultet dekani yoki o‘rinbosari, prorektor kabi rahbarlik lavozimlarida kamida besh yillik samarali ish stajiga ega bo‘lishi zarur.
Scroll to Top