Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi
XUDOYMURODOV SHUXRATJON JUMABOYEVICH
Lavozimi : Bo‘lim boshlig‘i
Ilmiy darajasi :
Qabul vaqti : Seshanba: 15.00-17.00 Payshanba: 15.00-17.00
Telefon : +998
***
- filial iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy loyiha va grantlarga keng jalb etishni tashkil etish bo‘limidir;
- iqtidorli talabalar va magistrantlarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Beruniy, Islom Karimov Davlat stipendiyalar tanlovida ishtirok etishlarini ta’minlash;
- kafedralar, fakul’tetlarda iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlarni tashkil qilish, nazorat qilish va boshqarish;
- talabalarga o‘z iqtidorini ro‘yobga chiqarishlari va rivojlantirishlari uchun ilmiy muhit va sharoit yaratish, bu ishga ilmiy maktablar va olimlar, professor-o‘qituvchilarning faol ishtirokini ta’minlash;
- kafedralarda olib borilayotgan dolzarb, ilmiy-tadqiqot, ijodiy ishlarga talabalarni faol qatnashishini ta’minlash;
- “Eng yaxshi talaba ilmiy ishi” tanlovini tashkil qilish va o‘tkazish;
- iqtidorli talabalarni doimiy rag‘batlantirib borish va Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan yosh olimlar stipendiyasi uchun o‘tkaziladigan tanlovga yosh olimlarning nomzodlarini tavsiya etish;
- kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha ularning ijodiy, intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan faoliyatga keng ilmiy jamoatchilikni jalb qilish;
- talabalar ilmiy anjumanlari, seminarlari, ilmiy-tadqiqot ishlari tanlovlarini, davra suhbatlarini, fan olimpiadalarini va boshqa tadbirlarni tashkil qilish va o‘tkazish va boshqalar.
Quyidagilar bo‘limning asosiy vazifalari hisoblanadi
- ilmiy faoliyatga qiziqqan mustaqil fikrga ega, qobiliyatli, iqtidorli talabalarni dastlabki kurslardanoq tanlab olish va ularni salohiyatli professor-o‘qituvchilarga biriktirish;
- iqtidorli talabalarni ilmiy va yaratuvchanlikka o‘rgatish va maxsus stipendiyaga tavsiya etish;
- talabalar orasida yangi startaplar, tanlovlar uchun maqola va doktorlik dissertatsiyalarini tayyorlash hamda chop etishning muhim jihatlari bo‘yicha talabalar ishtirokida ilmiy seminarlarni tashkil etish;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi, Beruniy, Islom Karimov Davlat stipendiyalar tanlovida ishtirokchilari uchun O‘zbekiston tarixi, axborot texnologiyalari va chet tili fanlaridan qo‘shimcha darslarni tashkillashtirish
- filialda iqtidorli talabalarni aniqlash bo‘yicha monitoring o‘tkazish, talabalar ilmiy jamiyatlari faoliyatini shakllantirish va muvofiqlashtirish
- iqtidorli talabalarni izlash, aniqlash va ularni “Iqtidorli talabalar” markazi qoshida birlashtirish
- Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi tomonidan yosh olimlar stipendiyasi uchun o‘tkaziladigan tanlovga 30-yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarning nomzodlarini tavsiya etish
- iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yo‘nalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish
- iqtidorli talabalar uchun chet tili, informatsion texnologiya va internetdan foydalanish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlarni tashkil etish.
- o‘qishga qabul qilingan 1-bosqich talabalari orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida monitoring o‘tkazish
- fakultet va kafedralarning tasdiqlangan talabalar ilmiy jamiyati ish rejasini umumlashtirish
- talabalar ilmiy jamiyati ilmiy rahbarlari va fakul’tet dekanlari tavsiyalari bilan iqtidorli talabalardan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stependiyalari tanlovi ishtirokchilari guruhini shakllantirish
- iqtidorli talabalar faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar bankini yaratish va doimiy ravishda yangilab borish
- har chorakda fakul’tet kesimida talabalar orasida anjuman o‘tkazish “Eng yaxshi talaba ilmiy ishi” tanlovi g‘olibini aniqlash va uni rag‘batlantirish