Flat Preloader Icon Loading...

Yashil makon

kochat ekish

🔷Davlatimiz rahbari tomonidan 20 oktyabrdan 1 dekabrgacha ko‘chat ekish bo‘yicha dolzarb 40 kunlik e’lon qilindi. “Yаshil makon” loyihasi doirasida respublikamiz bo‘ylab yil yakuniga qadar 75 million dona va 2023 yil bahor oylarida yana 125 million dona mevali va manzarali ko‘chatlar ekish vazifasi qo‘yildi.

🔷Umummilliy harakatga aylangan bu ezgu ishga TDTU Olmaliq filiali jamoasi ham o‘z hissasini qo‘shmoqda.

🔷Bugun Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakultetida kuzgi daraxt ekish mavsumi doirasida tashkil etilgan hasharda 150 tup manzarali va mevali daraxt ekildi.

🔷Davlat rahbarining “Daraxt havas bilan ekilishi, xalqimiz, mahallalarimizning madaniyatiga aylanishi lozim”,-deya ilgari surilayotgan g‘oya har bir yurtdoshimizning shioriga aylanishi kerak.

Scroll to Top