Raqamli ta`lim texnologiyalari markazi
OQBO‘TAYEV MURODBEK TOHIR O`G`LI
Lavozimi : Markaz boshlig‘i
Ilmiy darajasi :
Qabul vaqti : Seshanba: 15.00-17.00 Payshanba: 15.00-17.00
Telefon : +99890 135 56 55
***
- ToshDTU Olmaliq filiali o‘quv, ilmiy, ma’muriy va xo‘jalik xizmati jarayonlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va undan foydalanish.
- ToshDTU Olmaliq filialining ma’muriy boshqaruvi, ilmiy tadqiqot faoliyati va o‘quv jarayonini axborotlashtirish jarayonlardagi muammolarni hal etish.
- ToshDTU Olmaliq filiali axborot-kommunikatsiya infra tuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha ishlarni amalga oshirish.
- ToshDTU Olmaliq filialiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiya vositalarini sotib olish bo’yicha takliflar kiritish, joriy etish, foydalanish, loyihalashtirish hamda rivojlantirish bo’yicha ishlarni tashkil etish.
Quyidagilar markazning asosiy vazifalari hisoblanadi
- ToshDTU Olmaliq filialida tarmoq administratorligi va tarmoqqa kirishni nazorat qilish, universitet rasmiy veb-sayti, serverlari, axborot resurslari xavfsizligini va doimiy ish faoliyatida bo’lishligini ta’minlash.
- ToshDTU Olmaliq filiali ko‘p darajali telekommunikatsion tarmoqlari hamda texnik vositalari xavfsizligini va sifatli ishlashini ta’minlash, shuningdek monitoringini yuritib borish.
- O’quv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va foydalanish samaradorligini oshirish bo’yicha Moodle-masofaviy o’qitish tizimi va multimediali ta’lim resurslarini texnik jihatdan qo’llab-quvvatlash.
- ToshDTU Olmaliq filiali tarkibiy bo’linmalarini multimedia vositalari va texnika vositalari bilan jihozlash, sotib olish bo’yicha takliflar kiritish.
- ToshDTU Olmaliq filiali texnik vositalariga texnik xizmat ko’rsatish va sozlash, markazlashgan dasturiy ta’minot bilan ta’minlanishini tashkil etish.
- ToshDTU Olmaliq filialida foydalaniladigan texnik vositalari modernizatsiya qilish ishlarini tashkil etish.
- ToshDTU Olmaliq filialida axborot tizimlari va tarmoq foydalanuvchilariga kirish huquqini belgilash.
- ToshDTU Olmaliq filialida axborotlashtirish va texnik vositalar bilan bog‘liq tovar va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxona, tashkilotlar bilan shartnomalarni o’rnatilgan tartibda rasmiylashtirish va shartnomalar tuzishda ekspert sifatida ishtirok etish.
- ToshDTU Olmaliq filialida yagona axborot xavfsizligi siyosatini yuritish.
- ToshDTU Olmaliq filialida boshqarishni avtomatlashtirish bo’yicha mahalliy va chet el tajribalarini o’rganib borish.
- ToshDTU Olmaliq filialida tarmoq va tarmoq qurilmalari xavfsizligini va doimiy ishchi holatda bo‘lishini nazorat qilish.
- ToshDTU Olmaliq filialida apparat va dasturiy ta’minot tizimlarini o’rnatish, sozlash va boshqarish ishlarini yuritish.
- ToshDTU Olmaliq filialida tashkil etiladigan tadbirlarni kompyuter texnikasi vositalari yordamida qo’llab-quvvatlash ishlarini tashkil qilish.