Flat Preloader Icon Loading...

1-bosqich talabalarining ota-onalari filialda

photo 2025 06 04 11 09 51

Kuni kecha TDTU Olmaliq filiali Metallurgiya va kimyoviy texnologiyalar fakulteti rahbariyati va 1-bosqich talabalarining ota-onalari bilan uchrashuvi tashkil etildi. Tadbirda filial Registrator ofisi boshligʻi N.Nosirov, Ma’lumotlar bazasi boʻlimi boshligʻi R.Toʻxtayev, “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi mutaxassisi S.Nuraliyeva, filial psixologi M.Yoʻlchiyeva hamda fakultet tyutori J.Norboyev ishtirok etishdi.

Dastlab fakultet rahbariyati ota-onalarga oliy ta’lim islohotlari, filial va fakultet faoliyati, ta’lim yoʻnalishlari, talabalarning erishayotgan yutuqlari va boshqa koʻplab ma’lumotlarni taqdim etishdi.

Shundan soʻng mutasaddilar tomonidan bu oʻquv yilidan oliy ta’lim sohasida faoliyat boshlagan 60 turdan ortiq xizmat turlarini koʻrsatuvchi Registrator ofis hamda Ma’lumotlar bazasi boʻlimi faoliyati haqida ota-onalarga tushuntirildi. “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi tomonidan ota-onalar fikrini oʻrganish maqsadida savolnoma oʻtkazildi.

Scroll to Top