Flat Preloader Icon Loading...

Raqamli ta`lim texnologiyalari markazi

Oqbo‘tayev Murod

OQBO‘TAYEV MURODBEK TOHIR O`G`LI

Lavozimi : Markaz boshlig‘i
Qabul vaqti : soat 9:00 dan 17:00 gacha
Telefon : +99890 135 56 55

TDTUOF logo1

Raqamli Ta’lim Texnologiyalari markazi  faoliyati

 Markaz o‘zining faoliyatini va rivojlanishini yaratilayotgan dasturiy hamda multimediya mahsulotlari va boshqa mahsulotlar, ko‘rsatilayotgan xizmat va ish turlari bo‘yicha rivojlanish istiqbollarni rejalashtiradi, hamda markazning ishlab-chiqarish, ijtimoiy va material-texnik bazasini kengaytirishni belgilaydi.

        Ko‘rsatiladigan xizmat va ish turlari bo‘yicha buyurtmachilar, hamda texnikaviy resurslarni va qurilmalarni yetkazib beruvchilar bilan munosabatlarni shartnoma asosida olib boradi.

        Markaz xo‘jalik subektlari va jismoniy shaxslar buyurtmalarini O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida va TDTUOF Nizomida ko‘rsatilgan tartibda shartnoma asosida bajarishi mumkin.

        Markazning boshqa tashkilotlar, korxonalar, jismoniy va yuridik shaxslar bilan xo‘jalik faoliyati barcha sohalar bo‘yicha shartnoma asosidagi o‘zaro munosabatlar yordamida o‘rnatiladi. Markaz O‘zbekiston Respublikasi qonuniga va TDTUOF Nizomiga zid bo‘lmasa, shartnoma predmetini, majburiyatlarni va xo‘jalik munosabatlarini boshqa shartlarini aniqlashda erkin tanlash huquqiga ega.

Markaz quyidagi faoliyat turlarini ko‘rsatadi:

  • Axborot marketingni tashkil etish
  • Kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash hamda malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini yaratish va joriy qilish
  • Axborot texnologiyalar va multimedia tizimlari sohasidagi ishlarni oliy ta’lim, fan sohalariga tadbiq qilish
  • Masofaviy ta’lim va o‘qitishni rivojlantirish, uning didaktik va metodik ta’minotini tashkil etish, ma’ruzalarning elektron versiyalarini yaratish
  • Xorijiy mamlakatlar va respublikadagi tashkilotlar, kutubxonalar, ilmiy tadqiqot institutlari, korxonalar va oliy o‘quv yurtlari bilan o‘zaro axborot aloqalarni ta’minlash
  • Internet tarmog‘i va elektron pochta xizmatlarini ko‘rsatish, aniq mavzular bo‘yicha ma’lumotlarni qidirish va ular joylashgan adreslarni taklif etish
  • Hisoblash texnikasi vositalariga, kompyuterlarga servis xizmatini tashkil etish, ularni ta’mirlash va modernizatsiyalash
  • Axborot-kompyuter tarmoqlari va tizimlarini loyihalashtirish, ishga tushirish va sozlash
  • Ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash bo‘yicha programma mahsulotlarini yaratish va joriy qilish

Markazning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlab o‘tilgan masalalarni yechish uchun, TDTUOF intellektual va axborot resurslarini muvofiqlashtirish
  • O‘quv jarayonini axborotlashtirish, ta’lim sohasida axborot marketing xizmatini rivojlantirish, yangi axborot texnologiyalarni va ilmiy-tadqiqot natijalarini o‘quv jarayoniga tadbiq qilish
  • O‘zbekiston Respublikasining yagona axborot ta’lim fazosini qo‘llab quvvatlash, iqtisodiy va ma’naviy tiklanishning asosiy faktorlari hisoblangan intellektual faoliyat bo‘yicha bilimlar, g‘oyalar, ilmiy va amaliy natijalarni erkin ayriboshlash
  • Talabalar, magistrantlar, tadqiqotchilar, aspirantlar va doktorantlar, professor-o‘qituvchilar va xodimlarga informatika hamda axborot texnologiyalarni, internetdan foydalanishni o‘rgatish xizmatini tashkil qilish.

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.

Lorem ipsum dolor sit amet, consectetur adipiscing elit. Ut elit tellus, luctus nec ullamcorper mattis, pulvinar dapibus leo.

Scroll to Top