Flat Preloader Icon Loading...

Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi

Ergashev

Ergashev Maxmud

Lavozimi : Kafedra mudiri
Ilmiy darajasi : Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Qabul vaqti : Ish kunlari soat 9:00 dan 17:00 gacha
Telefon : +998(99) 877-00-49

TDTUOF logo1

Kafedra tarixi:

1“Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi 2022-yili tashkil etilgan. Yusupov A.A. 2023- yilgacha kafedra mudiri bo’lgan.

2. 2023 yildan hozirgi vaqtgacha Ergashev M, kafedra mudiri bo’lib faoliyat yuritmoqda.

2017-yildan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali tashkil etildi. Hozirda kafedrada asosiy shtatda 8 ta professor-o‘qituvchilar ishlamoqda. PhD Ergashev M., katta o’qituvchilar Sadullayev Z.Sh., Fazilov D.S. assistentlar Abdukaxxarov A.A., Xojibekova Sh.M., Kenjayev T.N., Mamatqulov R.Sh., Komilov I.R., kobinet mudiri Abdunazarova M.Q., o’rindoshlik asosida 11 ta professorlar Ermatov Z.D., Dunyashin N.S., dotsentlar Umarov B.T., Xudoyorov S.S. katta o’qituvchilar Raufov L.M., Saydumarov B.M., Xudaykulov N.Z., Yusupov B.D., Yo‘ldoshev X.X., Tagaev D.S., assistant Yo‘ldoshev Sh.R tashqi o’rindoshlik asosida faoliyat yuritib kelishayapti.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedrada har yili professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy ishlar chоp etiladi. Kafedra tashkil tоpgandan buyon iхtirо uchun patent va mualliflik guvоhnоmalari оlingan. So’nggi yillarda iхtirоlarga patent оlingan, ilmiy tadqiqоt ishlaridan оlingan natijalar o’quv jarayoniga tadbiq qilingan. Kafedrada o’qituvchilar PhD. Ergashev M, katta o’qituvchi Sadullayev Z.Sh., Fazilov D.S. assistentlar Abdukaxxarov A.A., Xojibekova Sh.M., Kenjayev T.N., Mamatqulov R.Sh., Komilov I.R lar tomonidan mustaqil izlanuvchi sifatida  ilmiy izlanishlar olib borilmoqda

O’quv qo’llanma:

 Kafedrada bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha quyidagi fanlardan ma’ruza, seminar, amaliy va labоratоriya mashg’ulоtlari оlib bоriladi: “Payvandlashning asosiy uslublari”, «Payvandlash materiallari», «Eritib payvandlash texnologiyasi va jihozlari»,  «Bosim ostida payvandlash», «Payvandlash sifat nazorati», “Texnologik mashinalar va jihozlarni ta’mirlash”, «Payvandlash metallurgiyasi», “Tribalogiya va tribotexnika asoslari”, “Metallurgiya sanoati asosiy jihozlari”, “Changlatish texnologiyasi va jihozlari”, “Payvandlash jarayonlar nazariyasi”. Kafedra a’zolari barcha mavjud imkoniyatlarni talabalarning ushbu fanlaridan bilim saviyasi va sifatini, xamda qobiliyatini o’stiruvchi o’quv jarayonini takomillashtirishga yo’naltirdilar. Kafedra prоfessоr-o’qituvchilari tоmоnidan 1 darslik, 4 o’quv qo’llanma, 1 mоnоgrafiya va o’nlab uslubiy ko’rsatmalar chоp etilgan.

1. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetining 2022-yil 30-dekabrdagi 01/9-05-952 sonli buyrug‘i bilan nashr qilishga ruxsat berilgan. Berdiyev D.M., Yusupov A.A., Saydumarov B.M., Ibodullayev T.N “Prokatlash va kiryalash texnologiyalari” fanidan darslik yaratilgan va nashr etilgan. Ro‘yxatga olingan raqami: 01-2022-0022.                  

2. Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali ilmiy kengashining 2021 yil 30-iyun dagi 11-sonli buyrug’iga asosan Raxmonqulov R, Sadullayev Z.Sh tomonidan Raqamli dasturda boshqariladigan dasgohlarni dasturlash asoslari fanidan o’quv qo’llanma yaratilgan va nashr etilgan.                   

3. Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali ilmiy kengashining 2022 yil 14-iyun dagi 10-sonli buyrug’iga asosan Z.Sh.Sadullayev, X.X.Boboyev, Sh.Sh.Mamirov lar tomonidan Mashinasozlikda zagotovkalarni loyihalash ishlab chiqarish fanidan o’quv qo’llanma yaratilgan va nashr etilgan.    

4.   Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali ilmiy kengashining 2022 yil 14-iyun dagi 10-sonli buyrug’iga asosan Z.Sh.Sadullayev, M. Ergashev, A.X.Abdullayev, L.M.Raufov lar tomonidan Texnologik jixozlarni  ta’mirlash yig‘ish va foydalanish fanidan o’quv qo’llanma yaratilgan va nashr etilgan.   5. Islom Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali ilmiy kengashining 2023 yil 19-iyun dagi 10-sonli buyrug’iga asosan Ergashev M., Xojibekova Sh.M lar tomonidan Payvandlashning asosiy uslublari” fanidan o’quv qo’llanma yaratilgan va nashr etilgan.

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan quyidagi uslubiy qo‘llanmalar ishlab chiqilgan:

1.Xudoykulov N.Z., Dunyashin N.S., Sadullayev Z.Sh., Abdukaxxorov A.A. “Payvand konstruksiyalarni ishlab chiqarish” fanidan kurs loyixasini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma. I.Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali 2023 yil 30-martdagi 7-sonli O‘quv- uslubiy kengashining yig`ilishi

 2.Ergashev M., Abdukaxxarov A.A., Kenjayev T.N. “Payvandlash materiallari” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun uslubiy ko‘rsatma. I.Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali 2023 yil 18 -iyundagi 10-sonli O‘quv- uslubiy kengashining yig`ilishi.s.

3. Ermatov Z.D., Raufov L.M., Kenjayev T.N., Komilov I.R. Eritib payvandlash texnologiyasi va jihozlari kurs ishi uslubiy ko‘rsatma I.Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali 2023 yil 30-martdagi 7-sonli O‘quv- uslubiy kengashining yig`ilishi.

4. N.S.Dunyashin,  E.Yo.Zairkulov,  D.S.Fozilov. Bosim  ostida payvandlash fani boʻyicha kurs loyihasini bajarish uchun uslubiy koʻrsatma I.Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali 2023 yil 30-martdagi 7-sonli O‘quv- uslubiy kengashining yig`ilishi.

5. L.M. Raufov, I.R. Komilov, D.S. Fazilov,  Nosirxoʼjaev I.А Bosim ostida payvandlash fanidan amaliy mashgʻulotlarni bajarish uchun tayyorlangan rus tilidagi uslubiy koʻrsatma I.Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali 2023 yil 31-maydagi 9-sonli O‘quv- uslubiy kengashining yig`ilishi.

6. Xudoyqulov  N.N.,  Fazilov  D.S.,  Nosirxoʼjaev  I.А. Payvand konstruksiyalarini  loyihalash  va  ishlab  chiqarish  fani  boʻyicha  kurs  loyihasini  bajarish  uchun uslubiy koʻrsatma I.Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali 2023 yil 31-maydagi 9-sonli O‘quv- uslubiy kengashining yig`ilishi.

7. Ermatov Z.D., Ergashev M.,Xojibekova Sh.M., “Payvandlashning asosiy uslublari” fanidan kurs ishini bajarish uchun uslubiy ko‘rsatmalar I.Karimov nomidagi TDTU Olmaliq filiali 2023 yil 30-martdagi 7-sonli O‘quv- uslubiy kengashining yig`ilishi.

Bakalavriat va magistratura yo’nalishining umumiy tasnifi:

Yo‘nalish 60720700–“Texnologik mashinalar va jihozlar”(mashinasozlik va metallarga ishlov berish), Magistratura O‘zbekiston uzluksiz ta’lim Davlat ta’lim standartlari, oliy ta’limning Davlat ta’lim standarti, oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritilgan.

Ta’limning kunduzgi o‘qish shaklida muddati – 4 yil.

Sirtqi ta’lim-5 yil.

Kechki ta’lim-4.5 yil.

Magistratura-2 yil.

Akademik daraja – “Bakalavr” va “Magistr”.

Scroll to Top