TDTU Olmaliq filiali xorijiy yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini davom ettirib, o‘zaro akademik xizmat safarlarini amalga oshirmoqda.
2023 yil 23-30 may kunlari TDTU Olmaliq filiali direktori A.U.Samadov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasi Ural Federal universitetida bo‘ladi. Kadrlar tayyorlash sohasida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish uchun ilmiy salohiyat va imkoniyatlarni belgilash, talabalar, tadqiqotchilar va o‘qituvchilar almashinuvini muvofiqlashtirishning amaliy jihatlari to‘g‘risida ma’lumotlar almashish, hamkorlikni yangi darajaga ko‘tarish xizmat safarining asosiy maqsadi hisoblanadi.