TDTU Olmaliq filialiga tanishuv sayohati bilan kelgan Piskent tumanidagi 40-maktab bitiruvchi sinf o‘quvchilari o‘z oldiga aniq maqsad qo‘ygan yoshlardir.
Ular aynan tog‘-kon sanoati sohasi bo‘yicha mutaxassis bo‘lishni rejalashtirib, kuni kecha oliygoh bilan tanishish uchun Metallurgiya vakimyoviy texnologiyalar fakultetiga kelishdi.Fakultet dekani D.Mirxamitova, kafedra mudiri G‘.Po‘latov va professor-o‘qituvchilar ishtirokida suhbat tashkil etilib, o‘quvchilarga mutaxassislik yo‘nalishi bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.