Joriy yil 12 iyul kuni bo’lib o’tgan TDTU Olmaliq filialining navbatdagi Kengashi yangi xushxabarlar bilan boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestasiya komissiyasi TDTU OF kengashining tavsiyasiga asosan B.Mahmudov, M.Jo‘rayev va S.Sheraliyevga dotsent ilmiy unvoni guvohnomasi hamda M.Hoshimxonova va G.Yusupovalarga texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi guvohnomalari topshirildi.
Shuningdek, shahar hokimligi tomonidan Kon-metallurgiya sanoati xodimlari kuni munosabati bilan T.Jumaqulov va Y.Shoyimovlar tashakkurnoma va sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Taqdirlash davomida 12 iyulda o‘z yubiley yoshini nishonlayotgan Yu.Isomatovning filial uchun qilayotgan mehnatlari rahbariyat tomonidan alohida e’tirof etilib, domlaga qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.
Shundan so‘ng Kengash kun tartibi bo‘yicha o‘z ishini davom ettirdi.