Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshlig‘i Qudratjon Yusupov bugun TDTU Olmaliq filialidagi yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayoni bilan tanishdi.
Shuningdek, yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktorning birinchi o‘rinbosari B.Jamiyev yangi o‘quv yilida talabalarni turar joy va ijara xonadonlari bilan ta’minlash ishlari yuzasidan ma’lumot berib o‘tdi.
Q.Yusupov tomonidan talabalar turar joylaridagi yaratilgan sharoitlar, amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.