О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq 2023-2024 о‘quv yilidan boshlab xorijiy fuqarolarni oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish kvotalaridan tashqari suhbat asosida test sinovlarisiz о‘qishga qabul qilish belgilandi.
Ushbu qaror ijrosiga muvofiq joriy yilgi qabul jarayonlarida TDTU Olmaliq filialiga ham xorijiy fuqarolarning hujjatlari qabul qilinib, ular bilan test sinovlarisiz о‘qishga qabul qilish maqsadida suhbat tashkil etildi.
5 nafar xorijiy fuqaroligi bo’lgan abiturient kunduzgi, sirtqi hamda kechki ta’lim yo’nalishlari uchun maxsus komissiya tomonidan suhbatdan o’tkazildi.