Flat Preloader Icon Loading...

Qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun qo‘shimcha qabul kvotalari natijalari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 31-avgustdagi PF–213-son Farmonida (https://lex.uz/uz/docs/-6181114) qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun davlat granti asosida 3 000 ta, to‘lov-kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha kvota ajratilishi belgilangan.

Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan Davlat komissiyasining navbatdagi bayonida qoraqalpog‘istonlik yoshlar uchun tumanlar kesimida tarmoq sohalari bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni inobatga olgan holda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida:

  • respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga – davlat granti asosida 3 000 ta;
  • viloyatlardagi davlat oliy ta’lim muassasalariga – bazaviy to‘lov-kontrakt asosida 6 500 ta qo‘shimcha qabul parametrlari tasdiqlandi.

Bunda:

  • davlat granti asosidagi qabul parametrlari – kirish imtihonlarida 68,0 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan;
  • bazaviy to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari – kirish imtihonlarida 56,7 ball va undan yuqori ball to‘plagan, lekin talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar hisobidan shakllantirildi.
  • Qo‘shimcha qabul parametrlari doirasida talabalikka tavsiya etilgan qoraqalpog‘istonlik yoshlar tavsiya etilganlik holatini my.uzbmb.uz sayti orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Quyida TDTUOFga qo’shimcha qabul kvotasi asosida talabalikka qabul qilingan qoraqalpog’istonlik yoshlar haqida ma’lumotlar berilgan.

Scroll to Top