Bugun TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakultetida filial direktori Alisher Samadovning birinchi bosqich talabalari bilan navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat avvalida direktor talabalarga Oliy ta’lim muassasalari tarixi, TDTU faoliyati yuzasidan bir qancha ma’lumotlarni berish bilan birga, ilm tubsiz ummon ekanligi, unda bosib o‘tilgan har qadamda yangi bilimlarni zabt etish mumkinligi, uning chegarasi belgilanmagani, eng muhimi bilimli odam yo‘ldagi keraksiz buyum bo‘lib emas, jamiyat uchun ham, davlat uchun bir xazina misoli ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, talabalar tomonidan til markazi faoliyati bo‘yicha, sport musobaqalarida talabalar qay tartibda rag‘batlantirilishi, innovatsion g‘oya va loyihalarni rivojlantirish uchun markaz tashkil etish kabi takliflarni bergan talabalarga filial rahbari shu joyning o‘zida tegishli tartibda javob berish bilan birga, ayrim takliflar shu yerning o‘zida ma’qullanib, tasdiqlandi.