Bugun Islom Karimov nomidagii TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi fakultetida tarix fanlari nomzodi A.Raxmatullayev fakultet talabalari uchun «Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari» mavzusida dars mashg‘ulotlari o‘tib berdi.
Mavzu doirasida O‘zbekistonda inson huquqlari sohasida olib borilayotgan ishlar, yangi konstitutsiyada belgilangan demokratik islohotlar, umummilliy ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilishga qaratilayotgan e’tibor hamda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi to‘g‘risida bafurja ma’lumotlar berildi.