Bugungi kunda O‘zbekistonda inson huquqlarini rag‘batlantirish, himoya qilish va unga rioya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, 2020 yil oktyabr oyida milliy davlatchiligimiz tarixida ilk bor O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha kengashiga a’zo etib saylandi.
O‘zbekiston tarixida 2020 yilda birinchi marta Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining milliy strategiyasi va uning “yo‘l xaritasi” qabul qilinib, unda aniq ifodalangan 78 ta vazifani amalga oshirish belgilangan.
TDTU Olmaliq filiali Energetika va mashinasozlik fakultetida Inson huquqlari masalalari bilan bog‘liq yuqoridagi fikrlarni o‘zida mujassam etgan «Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari» mavzusida Ya.Muhammedov tomonidan dars mashg‘ulotlari tashkil etildi.