Bugun TDTU Olmaliq filiali Konchilik ishi fakulteti talabalari o‘rtasida besh tashabbus yo‘nalishi doirasida shaxmat bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
Sport turlarining gultoji hisoblanuvchi – shaxmat aql gimnastikasi deb tan olingan. Sababi bu aqliy o‘yin insonning xarakter xususiyatini toblaydi, iroda kuchini oshiradi, mushohada qobiliyatini kuchaytiradi. Shaxmat doskasida olib borgan shiddatli bahslarda eng iqtidorli talabalari g‘olib bo‘lishdi.